O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   117
Standartlarning toifasi. Standartlar ta‘sir qilish sohasi, mazmuni va 
tasdiqlanish darajasiga qarab quyidagi toifa va turlarga bo‗linadi: 
1. Davlat standartlari – GOST 
Ko‗p miqdorda ishlab chiqariladigan hamda halq xo‗jaligining hamma 
sohasida ishlatiladigan o‗simlik mahsulotlari Davlat standarti qarori bo‗yicha 
tuziladi va tasdiqlanadi (kuchga kiritiladi, o‗zgartiriladi yoki bekor qilinadi). 
Tasdiqlangan GOST ga tegishli belgi beriladi. Bu belgi GOST indeksi, ro‗yxati 
soni va GOST ning tasdiqlangan yilidan tashkil topadi. Masalan, GOST 13.309.79. 
Bu belgida 13 GOST indeksi, 309 – shu xom ashyo standart ro‗yxati soni, 79 – esa 
GOST ning tasdiqlangan yili. 
Davlat standartlari talablariga amal qilish respbulika miqyosidagi barcha 
idoralarga, korxonalarga va muassasalarga majburiydir. 
2. Soha standartlari – OST 
OST biror sohaning korxonalarida, muassasalarida, idoralarida ishlatiladian 
hamda ularga tegishli bo‗lgan namunali texnologik jarayon, normalar, talablar, 
qoidalar, usullar va boshqalarga ishlab chiqiladi va shu sohaning vazirligi 
(boshqarmasi) tomonidan tasdiqlanadi (kuchga kiritiladi, o‗zgartiriladi yoki bekor 
qilinadi). OST talablariga itoat etish sohasining hammaa korxonalari, idoralari 
hamda shu sohada mahsulotini ishlatadigan boshqa soha idorlari va korxonalari 
uchun majburiydir. 
3. Ittifoq respublikalarning standartlari – RST 
Respublika standartdari GOST va OST ga tegishli bo‗lgan mahsulotlardan 
tashqari shu respublika hududida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun tuziladi, 
respublikaning o‗zida tegishli boshqarmalar tomonidan tasdiqlanadi (kuchga 
kiritiladi, o‗zgartiriladi yoki bekor qilinadi) hamda uning talablariga itoat etish 
ushbu hududidagi korxona, idora va muassasalar uchun majburiydir. 
4. Korxona stadarti – STP 
STP biror korxona uchun qabul qilingan norma, talablar, qoidalar, usullar 
va boshqalar uchun ishlab chiqariladi, korxona boshlihi tomonidan tasdiqlanadi 
(kuchga kiritiladi, o‗zgartiriladi yoki bekor qilinadi va uni talablaiga itoat etish shu 


82 
korxona uchun majburiydir). 
Dorivor vositalar va dorivor o‗simlik mahsulotlari uchun normativ-texnik 
hujjatlar Sog‗liqni saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlangan soha standarit OST 
42-1-71 ―Dorivor vositalar va dorivor o‗simlik mahsulotlariga normativ-texnik 
hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartiblari‖ga binoan tuziladi. 
Normativ-texnik hujjatlar dorivor vositalar sifatini doimiy ravishda yaxshilanishini 
ta‘minlashi hamda o‗z talablarini fan va texnika yutuqlari asosida doim 
mukammallashtirishi kerak. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling