O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
-boskich. Mahsulotni qabul qilish va analiz uchun o‗rtacha namuna olish 2-boskich
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„rtacha namuna olish.
1-boskich. Mahsulotni qabul qilish va analiz uchun o‗rtacha namuna olish
2-boskich. O‗rtacha namunani analiz qilish. Mahsulotni qabul qilish. Farmatsevtika zavodlari va boshqa xo‗jaliklarda hamda markazlashtirilgan omborlarda dorivor mahsulotlar odatda ko‗p miqdorda partiya qilib qabul qilinadi. 70 Og‗irligi 50 kg dan kam bo‗lmagan, har taraflama bir snfatni tasdiqlovchi bitta hujjat bilan rasmiylashtirilgan mahsulot solingan o‗rinlar to‗dasi bitta partiya deyiladi. Partiyaga ilova qilingan hujjatda quyidagi ma‘lumotlar bo‗ladi: Hujjatni nomeri, u berilgan oy, kun va yil. Jo‗natgan korxonani nomi va manzili. Mahsulotning nomi. Partiya nomeri. Partiya og‗irligi (miqdori, massasi). Yig‗ilgan yoki terilgan yili va oyi. Tayyorlangan tuman (yovvoyi holda o‗sadigan o‗simliklar), Mahsulot sifatini tekshirish natijalari. Mahsulotga normativ-texnik xujjatlarni to‗ldirish Mahsulot sifatiga javobgar shaxsning familiyasi, lavozimi va imzosi. Dorivor mahsulot qabul qilinayotganda GOST 6077-80 ga muvofiq quyidagi qoidalarga amal qilinadi: Qabul qilinadigan partiyaning tashqi ko‗rinishini umumiy tekshirish. Dorivor mahsulot solingan idishning (upakovkasining) analiz uchun ochiladigan joyini tanlash Qabul qilinayotgan partiyaning bir xilligi va nuqsonini aniklash. O„rtacha namuna olish. Dorivor mahsulotni tahlil qilish uchun har bir tovar o‗rnini uchta joyidan, ya‘ni yuqori, o‗rta va pastki qismini ochib namuna olinadi. Bu usul namuna olish deb ataladi. Olingan namunalarni qo‗shib boshlang‗ich namuna hosil qilinadi. Bir necha o‗rindan olingan boshlang‗ich namunalarni qo‗shib esa o‗rtacha namuna hosil qilinadi. Ba‘zan boshlang‗ich namuna miqdori juda ko‗p bo‗ladi. Tekshirish uchun boshlang‗ich namunadan kerakli miqdorda o‗rtacha namuna ajarib olinadi. Buning uchun sathi tekis materialga (plyonka, karton, qog‗oz, faner, taxta va boshqalar) boshlang‗iya namuna 3sm qalinlikda to‗rtburchak shaklida joylashtiriladi. Keyin diagonal bo‗ylab 4 bo‗llakka bo‗linadi. Qarma-qari bo‗laklarni ajratib aralashtiriladi va ularga ham yuqoridagi kabi shakl berilib, yana ikkiga ajartiladi. Namunani aralashtirish va bunday bo‗laklarga ajratish ishi kerakli o‗rtacha namuna miqdori qolguncha davom ettiriladi. O‗rtacha namuna miqdori har xil mahsulotlar uchun turlicha bo‗ladi. Bu miqdor Davlat farmokopeyasi (XI nashri) va GOST 24027-0-80 da ko‗rsatilgan talablarga ko‗ra quyidagicha bo‗ladi (2-jadval). Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling