O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti «oliy matematika» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarqand – 2013 Yusupov A.A., Nasriddinova M.F. « Fizika» fanidan
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FIZIKA fanining O‘QUV DASTURI Bilim sohasi
- №_________________ 2011 yil «___»______
- Fanni o‘qitish maqsadi va vazifalari
- Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
- Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
- Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
- Asosiy qism Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni «Fizika» fanining predmeti va bilish usullari
- Mexanika Mexanika predmeti. Moddiy nuqta kinematiksi. Moddiy nuqtaning to‘g‘ri chiziqli harakati. Nuqtaning aylana bo‘ylab harakati.
- Atom va yadro fizikasining elementlari
- Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
- Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI «OLIY MATEMATIKA» KAFEDRASI SamISI o‘quv-uslubiy kengashida muhokama etilib nashrga tavsiya etildi. O‘UK raisi________dots.Bektemirov A. Bayonnoma № ____________ 2013 yil «FIZIKA» FANIDAN O‘QITISH TEXNOLOGIYASI Samarqand – 2013 Yusupov A.A., Nasriddinova M.F. « Fizika» fanidan o’qitish texnologiyasi, o’quv uslubiy majmua: Samarqand: 2013. ____ bet. Taqrizchilar: G’aniyev F.S. – SamDU, “Astrofizika” kafedrasining professori, f-m.f.d. Begmatov A.B. – SamISI, «Oliy matematika» kafedrasining dotsenti, f-m.f.n. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‘quv uslubiy kengashining 2013 yil ___________ №___sonli majlisida ko’rib chiqildi va nashr etishga tavsiya qilindi. Institutning “Fizika” fanini o‘rganayotgan bakalavr talabalari uchun o‘quv uslubiy majmua sifatida tavsiya qilinadi. © Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 2013 yil. 3 MUNDARIJA 1 O‘quv dastur 5 2 Ishchi o‘quv dastur 17 3 Ta’lim texnologiyasi 35 4 Masalalar va mashqlar to‘plami 247 5 Testlar 278 6 Nazorat uchun savollar 284 7 Umumiy savollar 291 8 Tarqatma materiallar 297 9 Glossariy 334 10 Referat mavzulari 338 11 Adabiyotlar ro‘yxati 339 12 Tayanch konspekti 361 13 Xorijiy manbalar 554 14 Annotatsiyalar 555 15 Muallif haqida ma’lumotlar 556 16 Foydali maslahatlar 557 17 Normativ hujjatlar 558 18 Baholash mezoni 559 4 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FIZIKA fanining O‘QUV DASTURI Bilim sohasi: 600 000 - Xizmatlar sohasi Ta’lim sohasi: 610 000 - Xizmat ko‘rsatish sohasi Ta’lim yo‘nalishi: 561010 0 - Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha) Toshkent – 2011 5 Ro‘yxatga olindi: №_________________ 2011 yil «___»______ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil «____» _________dagi «_____»-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Fanning o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv- uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2011 yil «____»_______ dagi «___»-son majlis bayoni bilan ma’qullangan. Fanning o‘quv dasturi Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ishlab chiqildi. Tuzuvchi: Yusupov A.A. – SamDU, “Astrofizika” kafedrasining dotsenti, f-m.f.n. Nasriddinova M.F. – SamISI, «Oliy matematika» kafedrasining o’qituvchisi Taqrizchilar: G’aniyev F.S. – SamDU, “Astrofizika” kafedrasining professori, f-m.f.d. Begmatov A.B. – SamISI, «Oliy matematika» kafedrasining dotsenti, f- m.f.n. Fanning o‘quv dasturi Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti o‘quv- uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2013 yil 29 avgustdagi 1- sonli bayonnoma) 6 KIRISH Zamonaviy kadrlar oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardan biri – malakali mutaxassislar sifatida o‘zligini, o‘z qobiliyatini, individualligi, shaxsiy fazilat hamda hislatlarni bilgan tarzda mehnatni oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatishdir. Hozirgi kunda ta’lim, fan va ishlab chiqarishdagi dolzarb vazifalar kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib amalga oshirilayotganiga ishonch hosil qilinadi. Ma’lumki, rivojlangan mamlakatlar taraqqiyoti eng avvalo zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida oqilona foydalanish bilan farqlanadi. Davlatning, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarining rivojlanishi yetuk kadrlarga hamda fan-texnika yutuqlaridan qanday foydalanishga bog‘liqligini bozor iqtisodiyotining shakllanishi ko‘rsatmoqda. Talabalarning mazkur fan doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarida keltirilgan materiallar, qoidalar va xulosalardan puxta o‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash fanni o‘rganish oldida turgan asosiy vazifalardir. Fanni o‘qitish maqsadi va vazifalari «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» o‘quv jarayonining ilmiyligi, zamon talablariga mosligi, turmush amaliyot bilan bog‘lanishiga asoslangan. Shuning uchun fizika fanini o‘qitishdan maqsad, talabalarga yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun yetarli darajada baza yaratish, ularni kelgusidagi mehnat faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr yuritishlariga va fizika fanining yutuqlarini bevosita tadbiq eta olishlaridan iborat. Fizika kursi talabaga xilma-xil elektrotexnik elektron asboblar va qurilmalarning ishlash prinsipini o‘rganish va tushunish uchun zarur bo‘lgan chuqur bilimlarni berishi kerak. Talabalar keyingi ish faoliyatlarida, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida ishlata bilishlari kerak. Fizika fanini o‘rganish talaba falsafiy dunyoqarashini shakllanishi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Fizika rivojlanishining butun tarixi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot dialektikasini yoritishdan, fan va texnikaning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy va ekologik muammolar bilan murakkab o‘zaro bog‘lanishini aks etishdan iborat. XXI asr xilma-xil elektron, yarim o‘tkazgichli va elektromagnit qurilmalar ishlab chiqarishni tez o‘sishi yangi texnologiyalarni rivojlanishi bilan harakterlanadi. Bunday 7 qurilmalar ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, murakkab fizikaviy hodisalarni modellashtirish, amaliy masalalarni yechish va hokazolarga yo‘l ochib beradi. Hozirgi dolzarb vazifa – talabalarning, o‘sib kelayotgan avlodni har bir fanning rivojlanish tarixi, bu fanlarga Sharq olimlari qo‘shgan hissalarini bilishga erishishlari kerak. Talabalar bizning avlod-ajdodlarimiz fanlar (mazkur fizika fani) rivojiga qo‘shgan hissalarini nafaqat bilishlari, balki uni to‘g‘ri baholashlari, asrab-avaylashlari hamda o‘zlari ham fanlarning rivojlanishigia o‘z hissalarini qo‘shishga intilishlari kerak. Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar «Fizika» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - fizika fanining asoslarini, qonunlarini; fizik hodisalar, ularning mexanizmlari, qonuniyatlari va amaliy qo‘llanishlarini; fizik tajribalar, namoyishlar va hodisalarni fizik qonun va prinsiplari asosida tavsiflashini; fizikaning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘rni va ahamiyatini bilishi kerak; - talaba tabiat qonunlarini o‘rganish va ulardan insoniyat ehtiyojlari uchun foydalanish; hodisani modelini yaratib berish; tabiat va jamiyatda yuz beradigan jarayonlar va hodisalar haqida bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy asoslarda foydalana olish; yangi materiallar va mahsulotlarni tarkibini, sifatini aniqlashda fizikaviy usullardan foydalanish; fizik asbob-uskunalardan foydalanish, tajribalar o‘tkazish, olingan ma’lumotlarni ishlab chiqish, tegishli xulosalarga erishish, texnika xavfsizligini to‘la saqlash; masalalarni yechishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish; aholini turmush darajasini ko‘tarishda xizmat ko‘rsatish sohasini, servisni yangi sifat darajasiga ko‘tarish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak; - talaba fizikaviy jarayonlarni servis va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liqligini tahlil qilish va xulosa chiqarish; ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash va ulardan foydalanish, mehnat faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr yuritish; fizika fanining yutuqlarini bevosita tadbiq eta olish; texnikani rivojlantirish; milliy mahsulotni ko‘paytirish; turmush darajasini ko‘tarish malakalariga ega bo‘lishi kerak. Fanning o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan boshqa kurslar bilan o‘zaro bog‘liqligi «Fizika» fani matematika va tabiiy fanlar turkumiga kirib, u 2-semestrda o‘qitiladi. Mazkur fan boshqa tabiiy, texnikaviy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, matematika, kimyo, biologiya, falsafa, elektrotexnika elektronika va elektruzatma, sifat ekspertizasi, nooziq-ovqat tovarlar ekspertizasi asoslari, servisdagi texnologik jarayonlar, texnologik 8 jarayonlarni avtomatik boshqaruvi, servis xizmat ko‘rsatish texnologiyasi asoslari kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni «Fizika» fani talabalarda ilmiy dunyoqarash va amaliy tafakkurni, fan-texnika yutuqlaridan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida foydalanish, ishlab chiqarish va texnika xavfsizligi qoidalarini qo‘llash, ob’ektiv tabiiy qonun va hodisalarga ongli munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantiradi. Barcha amaliy texnikaviy fanlarning nazariy-uslubiy asoslari to‘g‘risida bilim hosil qiladi. Yangi chiqindisiz texnologiyani yaratish va qo‘llashda ilmiy-texnikaviy bazani yaratib beradi. Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarning «Fizika» fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanishi, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, leksiyalar kursi, tarqatma materiallar, slaydlar, elektron materiallar, «Aqliy hujumlar», «Tanqidiy tafakkur», «Guruhlarda ishlash», «Nima uchun» texnikasi, «Klaster» texnologiyasi kabi usullar asosida o‘qitiladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘qitishning interaktiv usullari (vizual, muammoli, ikki tomonlama tahlil, Insert, Klaster, «Birgalikda o‘qiymiz» texnikasi, «O‘ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing» texnikasi)dan foydalaniladi. Asosiy qism Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni «Fizika» fanining predmeti va bilish usullari Fizika fani va uning vazifasi. Fizikaviy tekshirish usullari. Fizika va boshqa tabiiy fanlar orasidagi bog‘lanish. Predmetlararo bog‘lanish. Hozirgi zamon fizikasi va kompyuterlar texnologiyasi. Mexanika Mexanika predmeti. Moddiy nuqta kinematiksi. Moddiy nuqtaning to‘g‘ri chiziqli harakati. Nuqtaning aylana bo‘ylab harakati. Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish. Nyuton qonunlari. Impuls. Impulsning saqlanish qonuni. Mexanikadagi kuchlar. Kuchlarning bajargan ishi. Quvvat. Kinetik energiya. Konservativ va nokonservativ kuchlar. Potensial energiya. Mexanikada energiyaning saqlanish qonuni. Energiyani saqlanishi to‘g‘risida Sharq olimi Beruniyning fikrlari. Galiley-Nyuton mexanikasida nisbiylik qoidasi. Maxsus nisbiylik nazariyasi to‘g‘risidagi tushuncha. 9 Mutlaqo qattiq jism mexnikasi. Qattiq jism kinematikasi: ilgarilanma va aylanma harakat. Aylanish o‘qiga nisbatan kuch momenti. Aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi. Inersiya momenti. Jism impulsi momentining saqlanish qonuni. Aylanayotgan qattiq jismni kinetik energiyasi. Ishlash prinsiplari, qattiq jismni harakatlariga asoslangan kundalik mashina va jihozlarga misollar. Suyuqlik harakatiga mexanika qonunlarini qo‘llash. Ideal suyuqlikda statsionar oqim. Bernuliy tenglamasi. Yopishqoq suyuqlik gidrodinamikasi. Suyuqlikning laminar va turbulent oqimi. Mexanik tebranishlar. Tebranma harakat. Tebranuvchi sistemalar to‘g‘risida tushuncha. Garmonik harakat kinematikasi, energiyasi. Erkin tebranishlar. So‘nuvchi tebranishlar. Majburiy tebranishlar. Rezonans. Rezonansning amaliy ahamiyati. Mexanik to‘lqinlar. Akustika. Tebranishlarning bir jinsli muhitda tarqalishi. Yuguruvchi yassi to‘lqin tenglamasi. To‘lqinlarning superpozitsiya prinsipi. To‘lqinlar difraksiyasi. Tovush tabiati. Tovush to‘lqinlarning tezligi. Tovush tavsifnomalari. Akustik rezonans va uning qo‘llanilishi. Infratovush, ultratovushlarning texnologik jarayonlarda qo‘llanilishi. Fizika fanini rivojlanishida Abu Nasr al-Forobiy va Beruniyning qo‘shgan hissalari. Molekulyar fizika Gazlar molekulyar-kinetik nazariyasining asoslari. Makroskopik holat. Makroskopik parametrlar. Holat tenglamasi. Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi. Temperaturaning molekulyar-kinetik ma’nosi. Ehtimollik va fluktuatsiya. Maksvell taqsimoti. Erkinlik darajalari bo‘yicha energiyaning tekis taqsimot qonuni. Ko‘chish hodisalari. Hozirgi zamon texnikasi, texnologik jarayonlarda ko‘chish hodisasidan foydalanilishi. Termodinamika asoslari. Sistemaning to‘la va ichki energiyasi. Issiqlik miqdori va ish. Termodinamika qonunlari. Adiabatik jarayon. Puasson tenglamasi. Qaytar va qaytmas jarayonlar. Karno sikli. Entropiya haqida tushuncha. Qattiq jismlar. Kristallarning tuzilishi. Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishi. Qattiq jismlarning issiqlik sig‘imi, issiqlik o‘tkazuvchanligi. Amorf jismlar va polimerlar. Suyuq kristallar va ularning turlari. Suyuq kristallarning xossalari. Turmushda suyuq kristallarning qo‘llanilishi. Suyuqliklar. Suyuqliklarda molekulalarning harakati. Yaqin tartib. Sirt va kapillyarlik hodisasi. Fazoviy muvozanat va aylanishlar. 10 Elektr va magnetizm Elektr zaryadi. Zaryadlarning saqlanish qonuni. Elektr maydoni va uning tavsifnomalari. Kulon qonuni. Elektr maydonlar superpozitsiya prinsipi. Elektr maydon induksiya oqimi vektori. Ostrogradskiy-Gauss teoremasi. Elektrostatik maydonda bajarilgan ish. Dielektriklarda elektr maydoni. Dielektrik singdiruvchanlik. Qutblanish vektori. Dielektrik singdiruvchanlik, elektr qabul qiluvchanlik va atom qutblanuvchanligi orasidagi bog‘lanish. Elektr siljish vektori. Dielektriklar uchun Gauss teoremasi. O‘tkazgich va kondensatorlar sig‘imi. Kondensatorlarnig ulash. Elektr maydon energiyasi. Elektrotexnika, radiotexnika, elektronikada kondensatorlarni qo‘llanilishi. O‘zgarmas elektr toki. Asosiy tushunchalar va aniqliklar. O‘zgarmas tok qonunlari. Tarmoqlangan zanjirlar, Kirxgof qoidalari. Vakuumda elektr toki. Termoelektron emissiya. Elektron lampalar va ularni qo‘llanilishi. Hozirgi zamon elektrotexnikasi, radiotexnikasi va radioelektronika asboblarida termoelektron emissiya hodisasini ahamiyati to‘g‘risida tushunchalar. Gazlarda elektr tok. Plazma to‘g‘risida tushuncha. Plazma va uning asosiy tavsifnomalari. Plazmaning kelajagi to‘g‘risida tushuncha. Kontakt potensiallar farqi. Termoelektr toki. Termoelektr hodisalar va ularning qo‘llanilishi. Magnit maydoni. Magnit induksiya vektori. Toklarning bo‘shliqdagi magnit maydoni. Tok elementlarining o‘zaro ta’siri. Amper qonuni. Magnit maydon kuchlanganligi. Bio-Savar-Laplas qonuni. Amper kuchi. Lorens kuchi. Zaryadlangan zarrachaning elektr va magnit maydonlardagi harakati. Amper va Lorens kuchlarini texnikada qo‘llanilishi. Magnit momenti. Magnetiklarni klassifikatsiyasi: dia-, para-, ferromagnetiklar. Ferromagnetizm nazariyasi. Magnit maydon oqimi. Elektromagnit induksiya hodisasi. Elektromagnit induksiya hodisasini asosiy qonuni. O‘zinduksiya hodisasi. Magnit maydon energiyasi. Elektr va magnit maydonlarning o‘zaro aylanishi. Uyurmaviy induksion tok. Fuko toklari. Siljish toki. Maksvell tenglamalari sistemasi. O‘zgaruvchan tok generatori. O‘zgaruvchan tok zanjirlari. O‘zgaruvchan tok quvvati. Quvvat koeffitsiyenti va uning amaliy ahamiyati. Tebranish konturi. Erkin elektromagnit tebranishlar. Majburiy elektromagnit tebranishlar. Tebranish konturining sahiyligi. Optika 11 Elektromagnit to‘lqinlar va ularning asosiy tavsifnomalari. Elektromagnit to‘lqinlar shkalasi. Yorug‘likni tabiati to‘g‘risidagi tasavvurlar evolyutsiyasi. Yorug‘likni tavsiflovchi kattaliklar va ularning birliklari. Yorug‘lik interferensiyasi. Kogerent to‘lqinlar. Yupqa plyonka va plastinkalarda interferensiya. Yorug‘lik interferensiyasining amalda qo‘llanilishi. Yorug‘lik difraksiyasi. Gyuygens-Frenel qoidasi. Frenelning zonalar usuli. Fraungofer difraksiyasi. Difraksion panjara va uning spektral tavsifnomasi. Yorug‘likning qutblanishi. Tabiiy va sun’iy yorug‘lik. Yorug‘likning qaytish va sinishda qutblanishi. Optik aktiv moddalar. Qutblanish tekisligining aylanishi. Polyarimetriya usuli. Yorug‘lik qutblanishi hodisasining qo‘llanilishi. Yorug‘likning yutilishi va dispersiya. Buger qonuni. Yorug‘lik dispersiyasining klassik nazariyasi. Dispersion spektrlar. Issiqlik nurlanishi va uning tavsifnomalari. Kirxgof qonuni. Mutlaqo qora jism. Stefan-Bolsman va Vin qonunlari. Issiqlik nurlanishining kvant harakteri. Plank formulasi. Kvant optika. Fotoeffekt. Tashqi fotoeffekt qonunlari. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi. Ichki fotoeffekt. Fotoeffekt hodisasining texnikada qo‘llanilishi. Fotonlar. Yorug‘lik kvantlarining energiyasi va impulsi. Yorug‘likning to‘lqin-korpuskulyar dualizmi. Atom va yadro fizikasining elementlari Mikrozarralarning to‘lqin xususiyatlari. De-Broyl gipotezasi. Mikrozarralar to‘lqin xususiyatlarining amliy isboti. Noaniqlik qoidasi. Atom uchun Bor nazariyasi. Bor postulatlari. Frank va Gers tajribasi. Atom spektri. Ridberg doimiysi va uning fizikaviy ma’nosi. Spin to‘g‘risida tushuncha. Ko‘p elektronli atomlar. Murakkab atomlarda elektron holatlar strukturasi. Uyg‘ongan atomlarning nurlanishi. Pauli prinsipi. D.I.Mendeleevning elementar davriy sistemasi. Kvant generatori. Lazerlar va ularning qo‘llanilishi. Molekulyar spektrlar turlari. Yorug‘likning kombinatsion sochilishi spektri. Tabiiy radioaktivlik. Radioaktiv nurlanish turlari. Radioaktiv yemirilishning asosiy qonuni. Atom yadrosi. Yadroning tarkibi va tavsifnomasi. Nuklonlarning o‘zaro ta’siri. Yadro kuchlari. Massa defekti, bog‘lanish energiyasi va atom yadrolarining mustahkamligi. Yadro reaksiyalari. Yadro reaksiyalari turlari. Sun’iy radioaktivlik. Og‘ir yadrolarning bo‘linishi. Zanjir yadro reaksiyalari. Termoyadro reaksiyalarini boshqarish muammolari. Kosmik nurlanishlar. Elementlar zarrachalar. 12 Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlar masalalar yechish ko‘rinishida tashkil etilib, unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarni amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari: 1. Kinematika, dinamikaning asoslari. Ish va energiya. 2. Mutlaqo qattiq jismning mexanikasi. Tutash muhit mexanikasining elementlari. 3. Mexanik tebranishlar va to‘lqinlar. 4. Molekulyar fizika. 5. Termodinamikaning asoslari. 6. Elektrostatika. 7. O‘zgarmas toki. 8. Elektromagnetizm. 9. O‘zgaruvchan tok. 10. Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar. 11. Geometrik optikasi. 12. To‘lqin optikasi. 13. Yorug‘likning kvant optikaviy xususiyatlari. 14. Atom fizikasi elementlari. 15. Yadro fizikasi elementlari Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar O‘quv dasturidagi bo‘limlarga tegishli laboratoriya ishlarini bajarish, asboblar bilan tanishish, natijalar olish, tajriba natijalarini hisoblash, tegishli xulosalar chiqarish, texnika xavfsizligini to‘la saqlash orqali amalga oshirilib, har bir laboratoriya ishi joriy nazorat orqali tegishli ballar bilan baholab boriladi. Laboratoriya ishlarining tavsiya etiladigan mavzulari: 1. Triflyar osma yordamida jismlarning inersiya momentini aniqlash. 2. Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash. 3. Tovushning havodagi tezligini interferensiya usuli bilan aniqlash. 4. Suyuqliklarni sirt taranglik koeffitsiyentini tomchi uzilish usuli bilan aniqlash. 5. Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig‘imlarini aniqlash. 6. Metallarning chiziqli kengayish koeffitsiyentini aniqlash. 7. Psixrometr yordamida havoning namligini aniqlash. 8. Elektr tokining issiqlik ekvivalentini aniqlash. 9. Misning elektrokimyoviy ekvivalentini aniqlash. 10. Termoparani darajalash va termoEYUKni aniqlash. 11. Bir fazali transformator ishini o‘rganish. 12. O‘zgaruvchan tok uchun Om qonunini tekshirish. 13. O‘zgaruvchan tok quvvatini va tok kuchi va kuchlanish orasidagi faza siljishini aniqlash. 14. Difraksion panjara yordamida yorug‘likni to‘lqin uzunligini aniqlash. 13 15. O‘zgaruvchan tok zanjirida tok kuchi va kuchlanish orasidagi faza siljishini aniqlash. 16. Linzaning fokus masofasi va yorug‘lik kuchini aniqlash. 17. Mikroskop yordamida shisha plastinkaning sindirish ko‘rsatkichini aniqlash. 18. Refraktometr yordamida suyuqliklarning sindirish ko‘rsatkichini va eritmalarning konsentratsiyasini aniqlash. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling