O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

II QISM 
 
SHAXS PSIXOLOGIYASI 
 
I BOB 
 
SHAXSNING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 
 
1 §. Shaxs haqida tushuncha. Shaxs va jamiyat 
Odam ijtimoiy munosabatlar sub'ekti sifatida, ijtimoiy ahamiyatli sifatlar 
egasi hisoblanadi. Shuning uchun, ijtimoiy munosabatlar tizimiga kirisha 
oladigan, ijtimoiy taraqqiyot mahsullarini (natijalarini) o'zlashtirgan, ijtimoiy 
hayotda o'z o'rnini anglay oladigan odam SHAXS hisoblanadi
Psixologik adabiyotlarda shaxs tushunchasi bilan bir qatorda, odam, individ 
va individuallik tushunchalari ham qo'llaniladi. Bu tushunchalarning barchasi 
o'ziga xos xususiyatlarga ega va ular bir-biri bilan o'zaro bog'liq (12-rasm). 
d

d i
O n v m
Shaxs 
i
I
d
I n d i v i d u а l l i k 
12-rasm. “Odam”, “individ”, “shaxs” va “individuallik” tushunchalari 
hajmi (miqdori)ning nisbati 


74 
Odam - bu, hayot taraqqiyotining oliy darajasini o'zida mujassam-
lashtirgan, tabiiy va ijtimoiy sifatlarning ajralmas birligi bo'lgan, ijtimoiy mehnat 
mahsuli bo'lmish mavjudoddir. Lekin, o'zida - urug'li mohiyatni namoyon qilar 
ekan, har bir odam o'ziga xos tabiiy birlik - individ ham hisoblanadi. 
Individ - bu konkret odamning homo sapiens turiga mansublik belgisidir, u 
odamzod taraqqiyoti layoqatlarini (belgilarini) tashuvchisi hisoblanadi. 
Individuallik esa - muayyan odamning o'ziga xos takrorlanmasligi, uning 
tabiiy va ijtimoiy o'zlashtirgan xususiyatlari. 
Ushbu tushunchalarning nisbati yuqoridagi rasmda (12-rasm) keltirilgan 
tarzda namoyon bo'ladi. 
Shaxs tushunchasida odamning ijtimoiy ahamiyatli sifatlari ifoda etiladi. 
Odamning jamiyat bilan aloqasida uning ijtimoiy mohiyati shakllanadi va 
namoyon bo'ladi. Har bir jamiyat o'zining shaxs namunasini (etalonini) 
shakllantiradi, asosiy psixologik tiplarni belgilab beradi.
Shaxs ko'p darajali tuzilishga ega. Shaxsni psixologik tuzilishining oliy va 
yetakchi darajasini - uning ehtiyojli-motivatsion jihatlari, shaxsning yo'nalganligi, 
uning jamiyatga va ayrim odamlarga munosabati, o'ziga va o'zining ijtimoiy 
majburiyatlariga munosabati tashkil qiladi. 
Shaxs uchun, nafaqat uning pozitsiyasi, balki o'z munosabatlarini ro'yobga 
chiqara olish qobiliyati ham xos. Bu odamning faoliyati imkoniyatlarining 
rivojlanganlik darajasiga, uning bilim va malakalari, emotsional va intellektual 
sifatlariga bog'liq bo'ladi. 
Odam tayyor qobiliyatlar, xarakter va sh.k.lar bilan tug'ilmaydi. Bu 
xususiyatlar hayot davomida, lekin ma'lum bir tabiiy asosda shakllanadi. Odam 
organizmining 
tug'ma 
asoslari 
(genotipi), 
uning 
anatomik-fiziologik 
xususiyatlarini, nerv sistemasining asosiy sifatlarini, nerv jarayonlari dinamikasini 
belgilab beradi. Odamning tabiiy, biologik tuzilishida uni psixik rivojlanishining 
imkoniyatlari berilgan bo'ladi.
Biroq, inson faqat oldingi avlodning bilimlarda, an'analarda, moddiy va 
ma'naviy madaniyat buyumlarida ifodalanadigan hayotiy tajribasini o'zlashtirishi 
tufayli shaxs bo'lib shakllanadi. Odamning tabiiy jihatlarini uning ijtimoiy 
mohiyatiga qarshi qo'yish kerak emas. Chunki ular nafaqat biologik evolyutsiya 
mahsuli, balki tarixiy ijtimoiy taraqqiyot mahsuli hamdir. Odamdagi biologik 
hislatlarni qandaydir hayvoniy jihatlar, deb hisoblash kerak emas. Odamning 
barcha tabiiy - biologik layoqatlari (sifatlari) hayvoniy emas, balki insoniydir. 
Inson faqat muayyan ijtimoiy sharoitlardagina shaxs bo'lib yetiladi (shakllanadi).
Shaxsning bir qarashda “tug'ma” (“tabiiy”) dek tuyulgan sifatlari (masalan, 
xarakteri), aslida xulqqa qo'yilgan ijtimoiy talablar asosida mustahkamlanadi.
Shaxsning rivojlanishi uni imkoniyatlarining muntazam kengayib borishi, 
ehtiyojlarining o'sishi bilan bog'liq. Shaxsning rivojlanganlik darajasi unga xos 
bo'lgan munosabatlar bilan belgilanadi. Shaxs munosabatlarini rivojlanganlik 
darajasining pastligi asosan uning manfaatdorligi, qiziqishlari doirasining torligi 
kabilar bilan belgilanadi. Yuqori darajasi esa, unda ijtimoiy ahamiyatli 
qadriyatlarning ustuvorligi, jo'shqinligi, ruhlanganligi bilan xarakterlanadi.


75 
Jamiyatda, odamlar jamoasida yashar ekan, har bir individ murakkab hayotiy 
vazifalarni yechadi. Bir xil qiyinchiliklar, muammolarni turli odamlar turlicha 
yengib o'tadilar.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling