O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

 
 
 


22 
Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi va avtostoplar 
92. Avtomatik lokomotiv signalizatsiyada lokomotiv svetoforlari poezd yaqinlashib 
kelayotgan yo’l svetoforlari ko’rsatkichlariga mos keladigan ko’rsatkichlarni uzatishi kerak. 
Faqatgina lokomotiv svetoforlari ko’rsatkichlari bo’yicha harakatlanishda bu svetofor 
oldinda yotgan blok-uchastkalarning bo’shligi yoki bandligiga ko’ra tegishli ko’rsatkichlar 
uzatishi kerak. 
Lokomotiv svetoforlari lokomotiv (motorvagon poezd) larning boshqaruv kabinasida 
o’rnatilib, signal ko’rsatkichlarini bevosita mashinist va mashinist yordamchisiga etkazadilar. 
Lokomotivlar, motorvagon poezdlari va o’ziyurar harakat tarkibidagi lokomotiv 
signalizatsiyasi: harakatning belgilangan tezliklarini, poezdning o’z-o’zidan ketib qolishi va 
mashinist hushyorligini vaqti-vaqti bilan tekshirish nazoratlarini ta’minlovchi xavfsizlik 
qurilmalari bilan to’ldirilishi kerak. Lokomotiv, motorvagon poezdi, maxsus o’ziyurar harakat 
tarkibini boshqarish qobiliyatini mashinist, drezinada esa – drezina haydovchisi yo’qotgan 
hollarda ko’rsatib o’tilgan qurilmalar poezdni taqiqlovchi ko’rsatmali svetofor qarshisida 
avtomat tarzda to’xtashini ta’minlashlari kerak. 
Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomat yoki yarim 
avtomat lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan uchastkalarda joylashgan stansiyalarda 
asosiy yo’llar, yo’lovchi poezdlarni qabul qilish-jo’natish yo’llari, shuningdek, poezdlarning 
to’xtovsiz o’tib ketishi uchun qabul qilish-jo’natish yo’llari avtomatik signalizatsiyaning yo’l 
qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak. 
Ayrim stansiyalarda avtomatik lokomotiv signalizatsiya qurilmalarining mavjud 
emasligiga faqat DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. 
Yarim avtomatik blokirovkada avtomatik lokomotiv signalizatsiya qurilmalari bilan 
stansiyalarning yaqinlashish uchastkalari va asosiy yo’llari jihozlanadi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling