24
Ko’rsatilgan
qurilmalarni joylashtirish, ulardan foydalanish va xizmat ko’rsatish tartibi
DATK tomonidan o‘rnatiladi.
Poezd ketib borayotgan marshrutga harakat tarkibining o’z-o’zidan chiqishini oldini olish
qurilmalari
Poezdlarning ketib borish marshrutlariga harakat tarkibining
o’z-o’zidan chiqib ketishini oldini olish uchun qurilmalar
101. Qurilmalar: muhofaza berk yo’llari, qo’riqlash
strelkalari, tushuruvchi boshmoqlar
yoki tushiruvchi strelkalar mazkur Qoidalarning ularni markazlashtirishga kiritish bo’yicha
talablariga muvofiq kelishi (muhofaza berk yo’llari uchun - berk yo’lga olib boruvchi strelka),
to’sish holati nazoratiga ega bo’lishi va harakat tarkibining poezdlarni qabul qilish, ketib borishi
va jo’natish boshqa marshrutlariga va yo’llariga o’z-o’zidan chiqishini istisno qilishi kerak.
Zarur hollarda, tushirish qurilmalari (tushiruvchi boshmoqlar yoki tushiruvchi strelkalar)
o’rnatiladigan joylar, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarni signallashtirish bo’yicha
Yo’riqnomaga muvofiq ko’rsatkichlar bilan jihozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: