O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


 Texnik xizmat ko’rsatish punktlari xodimlari o’z vaqtida texnologik jarayon va


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

172. Texnik xizmat ko’rsatish punktlari xodimlari o’z vaqtida texnologik jarayon va 
poezdlar harakat grafigiga muvofiq vagonlarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni 
amalga oshirishi kerak. 
DATK boshqaruvi raisi belgilagan kafolat uchastkasi chegarasida vagonlarni 
poezddan uzmasdan ketib borishi va harakat xavfsizligi uchun qayd etilgan punkt 
xodimlari javob beradi. 
 
4 BO'LIM. POEZDLAR HARAKATINI TASHKIL ETISH 
 
13-bob. Poezdlar harakati grafigi 
173. Harakat grafigi poezdlar harakatini tashkil etish asosi bo’lib, u barcha 
bo’linmalarning faoliyatini birlashtiradi va DATK foydalanish ish rejasini ifodalaydi. 
Poezdlar harakati grafigi temir yo’l transporti xodimlari uchun shubhasiz qonun bo’lib, 
uni bajarish temir yo’llar ishining eng muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. 
Poezdlar harakat grafigi DATK boshqaruvi raisi yoki uning o’rinbosari tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Poezdlar harakati grafigiga rioya qilish va uning buzilishini oldini olish poezdlar 
harakatini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan har bir xodim uchun asosiy vazifa bo’lishi 
kerak. 
Poezdlarning grafik bo’yicha harakatlanishi stansiya, depo, tortish qo’shimcha 
stansyalari, texnik xizmat ko’rsatish punktlari va kompaniyaning poezdlar harakati bilan bog’liq 
boshqa bo’linmalari ishining to’g’ri tashkil etilishi va texnologik jarayonlarning bajarilishi bilan 
ta’minlanadi. 
Poezdlar harakati grafigining buzilishiga yo’l qo’yilmaydi. Favqulotda hollarda 
texnik vositalar to’xtab qolishi yoki tabiiy ofatlar natijasida poezdlar harakati grafigi buzilsa, 
DATK xodimlari kechikib kelayotgan yo’lovchi va yuk poezdlarini grafikka kiritish va ularning 
xavfsiz harakatlanishini ta’minlash uchun tezkor chora-tadbirlar ko’rishi kerak. 
174. Poezdlar harakat grafigi quyidagilarni ta’minlashi kerak: 
yo’lovchi va yuklarning tashishlardagi talablarini qondirish; 
poezdlar harakati xavfsizligi; 
uchastkalarning o’tkazish va tashish, stansiyalarning ishlov berish qobiliyatidan samarali 
foydalanish; 
harakat tarkibidan oqilona foydalanish; 
lokomotiv brigadalarining to’xtovsiz ishlashining belgilangan davomiyligiga rioya qilish
yo’l, inshoot, SSB, aloqa va elektr ta’minot qurilmalarini joriy asrash va ta’mirlash 
bo’yicha ishlarni amalga oshirish imkoniyati. 
175. Poezdlarni tayinlash va bekor qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 
a) ikki va undan ortiq temir yo’llardan o’tuvchi uzoq yo’nalishdagi, mahalliy va shahar 
atrofiga qatnaydigan yo’lovchi poezdlar, pochta-bagaj va yuk-yo’lovchi poezdlar–shu temir 
yo’llar ma’muriyati bilan kelishilgan holda DATK boshqaruvi raisi tomonidan. 
DATK chegarasida shahar atrofida qatnaydigan poezdlarni tayinlash va bekor qilish 
DATK boshqaruvi raisi o’rinbosari ruxsati bilan amalga oshiriladi


41 
b) ikki va undan ortiq temir yo’llar chegarasida qatnaydigan harbiy, odam tashiydigan, 
tezlashtirilgan yuk va yuk poezdlarini–MDH davlatlari temir yo’l transporti bo’yicha Kengashi 
belgilagan tartibda, DATK chegarasida–DATK boshqaruvi raisi tomonidan; 
v) harakat grafigida ko’zda tutilmagan tiklash va o’t o’chirish poezdlari, qor 
tozalagichlar, vagonsiz lokomotivlar, avtomatrisalar va olib qo’yilmaydigan drezinalar, xo’jalik 
va boshqa poezdlar – YaDM yo’nalish bo’yicha navbatchisi tomonidan. 
Harakat grafigida ko’zda tutilmagan poezdni tayinlash, poezdning harakatlanish tartibini 
ko’rsatgan holda poezd dispetcheri tomonidan e’lon qilinadi. 
176. Har bir poezdga harakat grafigi tomonidan belgilanadigan raqam beriladi. Bir 
yo’nalishdagi poezdlarga juft raqamlar, bu yo’nalishga qarshi yo’nalishdagi poezdlarga toq 
raqamlar beriladi. 
Raqamdan tashqari, har bir yuk poezdiga uni tuzish stansiyasida, tarqatish 
stansiyasigacha o’zgarmaydigan indeks beriladi. 
Harakat grafigida ko’zda tutilmagan poezdlarga raqamlar ular tayinlanganda beriladi. 
177. Poezdlar quyidagilarga bo’linadi: 
A. Navbatdan tashqari poezdlar – normal harakatni tiklash va yong’inni o’chirish uchun 
tayinlanadigan tiklash, o’t o’chirish poezdlari, qor tozalagichlar, vagonsiz lokomotivlar, 
avtomatrisalar, olib qo’yilmaydigan drezinalar. 
B. Navbatdagi – ustivorlik tartibi bo’yicha: 
o’ta tezyurar yo’lovchi poezdlar
tezyurar yo’lovchi poezdlar; 
boshqa nomdagi yo’lovchi poezdlar; 
pochta-bagaj, harbiy, yuk-yo’lovchi, odam tashish tezlashtirilgan yuk poezdlari; 
yuk (o’tib ketuvchi, uchastka, terma, olib chiqib ketuvchi, uzatuvchi), xo’jalik poezdlar 
va vagonsiz lokomotivlar. 
V. Alohida talablar asosida tayinlanadigan poezdlar, ularning tartibi tayinlash vaqtida 
belgilanadi. 
178. Poezdlar harakati mahalliy vaqt mintaqasi bo’yicha 24 soatli hisobdan kelib chiqib 
amalga oshiriladi. 
Soatlardagi vaqt ko’rsatkichi DATK barcha xududida bir xil bo’lishi kerak. 
Xizmat xonalarida, stansiya yo’l parklarida, yo’lovchi platformalarida va yo’lovchilar 
uchun xonalarda soatlar o’rnatilgan bo’lishi kerak. Poezdlar harakati va yo’lovchilarga xizmat 
ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan shaxslar ish joylarida o’rnatilgan devor va tashqaridagi elektron 
soatlarni o’rnatish, ta’mirlash va asrash signalizatsiya va aloqa Markazi xodimlariga yuklatiladi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling