O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


-bob. Tormoz uskunalari va avtotirkama qurilmalari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

11-bob. Tormoz uskunalari va avtotirkama qurilmalari 
155. Harakat tarkibi avtomatik tormozlar bilan, yo’lovchi vagonlar va lokomotivlar, 
bundan tashqari, elektr pnevmatik tormozlar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. 
Harakat tarkibining avtomatik tormozlari DATK belgilagan me’yorlarda saqlanishi
foydalanishning turli hil sharoitlarida boshqarilishi va ishonchli ishlashi, silliq to’xtashni 
ta’minlashi, shuningdek, havo uzatish magistralining yorilishi yoki uzilishida va stop-kranning 
ochilishida poezd to’xtashini ta’minlashi kerak. 
Harakat tarkibining avtomatik va elektr pnevmatik tormozlari, DATK tasdiqlagan hisob 
ma’lumotlariga ko’ra aniqlangan tormoz yo’lidan katta bo’lmagan masofada shoshilinch 
to’xtashda poezd to’xtashiga kafolat bera oladigan tormoz bosish kuchini ta’minlashi kerak. 
156. Avtomatik tormozlar vagonning yuklanganligi, tarkib uzunligi va yo’l profiliga 
ko’ra tormozlashning turli usullarini qo’llashni ta’minlashi kerak. 
Yo’lovchi vagonlarida va motorvagon harakat tarkiblarida stop-kranlar vagonlarning 
ichida, tamburlarda o’rnatiladi va plombalanadi. 
157. Lokomotivlar, yo’lovchi vagonlar va motorvagon harakat tarkibi qo’l tormozlari 
bilan jihozlanadi. Vagonlarning bir qismi DATK me’yorlariga ko’ra qo’l tormozi va stop-kranli 
o’tish maydonchasiga ega bo’lishi kerak. 
1970 yil 1 yanvarigacha qo’l tormozlarisiz qurilgan pochta va bagaj vagonlaridan 
foydalanishga yo’l qo’yiladi. 
Harakat tarkibining qo’l tormozlari belgilangan me’yorlar bo’yicha saqlanishi va DATK 
belgilagan hisoblangan tormoz bosish kuchini ta’minlashi kerak. 
158. Ajralishi yoki buzilishi gabaritdan chiqib ketish yoki yo’lga qulashga olib keladigan 
tormoz richag uzatmasi barcha qismlari muhofaza qurilmalariga ega bo’lishi kerak. 
159. Harakat tarkibi avtotirkama bilan jihozlangan bo’lishi kerak. 
Avtotirkama o’qining rels kallaklari tepa sathidan balandligi quyidagicha bo’ladi: 
Lokomotivlarda, bo’sh yuk va 
yo’lovchi vagonlarda ko’pi bilan………………… 1080 mm 
Lokomotivlarda va ichida odamlari 
bo’lgan yo’lovchi vagonlarda kamida …………….. 980 mm 
Yuk vagonlarida (yuklanganida) kamida ………… 950 mm 
Ta’mirdan chiqayotgan harakat tarkibi uchun avtotirkama o’qining rels kallaklari tepa 
sathidan balandligi DATK yo’riqnomasi bilan o‘rnatiladi va foydalanishda (eng ko’p emirilish 
va yuklanishlarda) me’yorlarga rioya qilishni ta’minlashi kerak. 
Avtotirkama bo’ylama o’qlari orasidagi balandlik bo’yicha farq: 
Yuk poezdida 100 mm 
Yuk poezdining lokomotivi va 
birinchi yuklangan vagon orasida 110 mm 
120 km/soat gacha tezlik bilan 
harakatlanayotgan yo’lovchi poezdida 70 mm 
120-140 km/soat tezlik bilan 
harakatlanayotgan yo’lovchi poezdida 50 mm 


37 
Yo’lovchi poezdining lokomotivi va 
birinchi vagoni orasida 100 mm dan oshmasligi kerak. 
Yo’lovchi vagonlarning avtotirkamasi vertikal ko’chish cheklagichlariga ega bo’lishi 
kerak. 
160. Jo’natish oldidan tarkibga texnik xizmat ko’rsatgan vagon qarovchisi avtotirkama 
qurilmalarining texnik holati va poezd tarkibida vagonlarning to’g’ri ulanganiga mas’ul 
hisoblanadi. 
Vagon qarovchilari bo’lmagan stansiyalarda vagonlarni poezdga ulashda, shuningdek, 
manyovr ishlarida, to’g’ri ulanishga manyovr rahbari javobgar hisoblanadi. 
Lokomotiv mashinisti lokomotivning poezd birinchi vagoni bilan to’g’ri ulanishiga 
javobgar hisoblanadi. Poezd lokomotivini tarkibdan ajratish va tarkibga ulash (chunochi, tormoz 
rukavalarini ajratish, birlashtirish va osib qo’yish, so’nggi kranlarni ochish va yopish) ishlari 
lokomotiv brigada xodimlari tomonidan bajarilishi kerak. 
Elektr isitish bilan jihozlangan yo’lovchi tarkibidan poezd lokomotivini ajratish poezd 
elektrmexanigi tomonidan yuqori voltli vagonlararo elektr ulagichlar ajratilganidan so’ng 
lokomotiv brigada tomonidan bajariladi. Isitish elektr zanjirlarini ajratish pantograf pastga 
tushirilganidan keyin amalga oshiriladi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling