O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE uz (1)
Poezdlarning jo’natilishi
246. Stansiya navbatchisiga poezd jo’natilayotgan stansiya navbatchisining ruxsatisiz bir yo’lli uchastkalarga va ikki yo’lli uchastkalarga noto’g’ri yo’l bo’ylab poezdlarni jo’natish man etiladi. Avtoblokirovka bilan jihozlanagan bir yo’lli uchastkalarda to’g’ri yo’nalishdagi poezdlar poezd dispetcherining ko’rsatmasi bo’yicha qo’shni stansiya navbatchisining oldindan roziligisiz birinchi blok-uchastka bo’shaganidan so’ng jo’natiladi. Ikki yo’lli uchastkalarda yarim avtoblokirovka va elektr-jezl tizimida poezdlarning jo’natilishi avval jo’natilgan poezdning etib borishi xaqida xabar kelgandan so’ng poezdlar to’g’ri yo’ldan jo’natiladigan stansiya navbatchisining ko’rsatmasiga ko’ra amalga oshiriladi, avtoblokirovkada esa birinchi blok-uchastkaning bo’shaganidan so’ng poezd jo’natiladi. Poezd jo’natilayotgan stansiya navbatchisining oldindan roziligi talab etilmaydi. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida poezdlarni jo’natish faqatgina poezd dispetcherining ko’rsatmasi bilan amalga oshiriladi. 247. Stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan dispetcherlik uchaskalarida esa poezd dispetcheri poezdni jo’natishdan avval quyidagilarni bajarishi shart: peregonning, avtomatik blokirovkada esa birinchi blok-uchastkaning bo’shligiga ishonch hosil qilishi; poezdni jo’natish marshrutiga chiqish bilan bog’liq bo’lgan manyovrlarni to’xtatish; jo’natish marshrutini tayyorlash; 58 chiqish svetoforini ochish yoki mashinistga peregonni egallash uchun boshqa ruxsatnoma berish. Stansiya navbatchilari va poezd dispetcherlarining poezdni jo’natish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni bajarishdagi hatti-harakatlari poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi. 248. Stansiya navbatchisiiing ruxsatisiz poezdni peregonga jo’natish man etiladi. Chiqish svetoforining ruxsat ko’rsatkichi, uning nosozligi yoki yo’lda chiqish svetoforining mavjud bo’lmaganida, belgilangan shakldagi yozma ruxsatnoma, stansiya navbatchisining radio aloqa orqali yuborilgan buyrug’i yoki jezl, jo’natilayotgan poezd mashinistiga peregonni egallash uchun ruxsatnoma bo’lib xizmat qiladi. Yo’lovchi, pochta-bagaj poezdi mashinistiga jadvalda ko’rsatilgan vaqtdan ilgari stansiyadan jo’nab ketish, shuningdek, yo’lovchilar chiqishi va tushib qolishi uchun jadvalda ko’rsatilgan stansiyada to’xtamay o’tib ketish taqiqlanadi. Yo’lovchi va pochta-bagaj poezdlarining to’xtashi texnologik operasiyalarni (uchrashish va o’zib o’tish) bajarish uchun ko’zda tutilgan va yo’lovchilarni chiqarish va tushirib qoldirish, bagaj va pochtani ortish, tushirishga mo’ljallanmagan bo’luvchi punktlarda to’xtash vaqti, poezd dispetcheri tomonidan mashinist yoki stansiya navbatchisiga uzatilayotgan ko’rsatmaga binoan qisqartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Poezdlar harakatining xizmat jadvallarida bunday to’xtashlar alohida belgi bilan belgilanadi, yo’lovchilar uchun bosib chiqariladigan e’lon va jadvallarda bu to’xtashlar ko’rsatilmaydi. 249. Stansiya navbatchisiga, markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan uchastkalarda esa poezd dispetcheriga poezd jo’natish marshruti tayyorligi, strelkalar yopiqligi, jo’natish marshruti strelkalarida manyovrlar to’xtatilgani, tarkibning tijorat ko’rigi va texnik xizmatdan o’tganiga ishonch hosil qilmasdan chiqish svetoforlarini ochish yoki peregonni egallashga boshqa ruxsat berishi taqiqlanadi. Poezdlarni ularni tuzish stansiyalaridan, poezd tarkibiga vagonlar ulangan yoki uzilgan stansiyalardan yoki poezd oxirgi qismini belgilovchi signal disklarini almashtirish ko’zda tutilgan stansiyalardan jo’natilishida stansiya navbatchisi chiqish svetoforni ochishdan yoki lokomotiv, maxsus o’ziyurar tarkib mashinistiga peregonni egallashga ruxsatnoma berishdan avval so’nggi vagonda poezd signalining mavjudligiga ishonch hosil qilishi kerak. Chiqish svetofori shaxsan stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasiga binoan markazlashtirilgan post operatori tomonidan ochilishi kerak. Markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan uchastkalarda chiqish svetofori poezd dispetcheri tomonidan ochiladi. Poezdlar harakat jadvali buzilganda stansiya navbatchisi yo’lovchi, pochta-bagaj, odam tashuvchi yoki yuk-yo’lovchi poezdidan keyin kelayotgan poezdga chiqish sfetoforini ochishdan avval mashinistni yo’lovchi poezdidan keyin kelayotgani xaqida ogohlantiradi. Chiqish sfetofori jo’natilayotgan poezdning birinchi g’ildirak jufti o’tgani zahoti avtomatik tarzda yopilishi kerak, elektr rels zanjirlari bo’lmagan stansiyalarda stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan post operatori yoki strelka posti navbatchisi tomonidan jo’nagan poezdning butun tarkibi o’tib ketgandan so’ng yopiladi. 250. Chiqish svetoforining man etuvchi ko’rsatkichida stansiya yo’llaridan yoki chiqish svetoforlari mavjud bo’lmagan yo’llardan poezdning jo’natilishida etakchi lokomotiv mashinistiga peregonni egallashga ruxsat berilganda radio aloqa orqali uzatilgan stansiya navbatchisining ko’rsatmasisiz, stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasiga binoan post, park navbatchisi, markazlashtirilgan post operatori, strelka posti navbatchisi, signalchi yoki bosh konduktor (poezd tuzuvchi) tomonidan uzatilgan jo’natish signalisiz poezdni harakatga keltirish man etiladi. Jo’natish signalini uzatish tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling