O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Poezdlar harakatida signalizatsiya va aloqa vositalari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

Poezdlar harakatida signalizatsiya va aloqa vositalari 
257. Avtomatik va yarimavtomatik yo’l blokirovkalari poezdlar harakatida asosiy 
signalizatsiya va aloqa vositalari hisoblanadi. 
Bir yo’nalishdagi avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo’lli va ko’p yo’lli peregonlarda 
ikki taraflama harakatni tashkil etish poezdlarning qarama-qarshi harakatlanishi (noto’g’ri yo’l 
bo’ylab) lokomotiv svetofor signallari bo’yicha amalga oshiriladi. Ayrim uchastkalarda mustaqil 
signalizatsiya va aloqa vositasi sifatida avtomatik lokomotiv signalizatsiya qo’llanishi mumkin. 
Kam faoliyatli uchastkalarda va shahobcha yo’llarda poezdlar harakatida aloqa vositalari 
sifatida elektr-jezl tizimi va telefondan foydalanishga yo’l qo’yiladi. 
Favqulotda holatlarda DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i 
ko’rsatmasi bo’yicha vaqtni chegaralab poezdlarni jo’natishga yo’l qo’yiladi. 
Stansiyalararo peregonning har bir yo’lida bir vaqtning o’zida bitta signalizatsiya va 
aloqa vositasi faoliyat ko’rsatishi mumkin. 
Mustaqil signalizatsiya va aloqa vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv 
signalizatsiyasida, lokomotiv svetofor signallari bo’yicha harakat qilishda, elektr-jezl tizimi va 
telefon aloqa vositalarida poezdlar harakatini tashkil qilish tartibi, shuningdek, vaqtni chegaralab 
poezdlarni jo’natish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada 
o‘rnatiladi. 


61 
258. Ayrim kam faoliyatli uchastkalarda va shahobcha yo’llarida poezdlar harakati 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
poezd radio aloqasi orqali bevosita etakchi lokomotiv mashinistiga uzatiladigan poezd 
dispetcheri buyrug’i asosida; 
bitta jezl vositasi bilan
bitta lokomotiv vositasida. 
Uchastka va shahobcha yo’llarning ro’yxati va ushbu aloqa vositalari yordamida poezdlar 
harakatini tashkil etish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 
259. Avtomatik blokirovkada: 
a) poezdning blok-uchastkani egallashiga ruxsat bo’lib, chiqish va o’tish svetoforining 
ruxsat beruvchi ko’rsatishi xizmat qiladi; 
b) mustasno sifatida uzoqqa cho’zilgan ko’tarilishlarda joylashgan o’tish svetoforlarida 
(kirish svetoforlaridan oldin joylashganlaridan tashqari) har bir alohida vaziyat uchun DATK 
boshqaruvi raisining ruxsati bilan shartli ruxsat signali - T harfi shaklidagi belgi aks etgan shit 
o’rnatish mumkin. 
Bu signal yuk poezdiga svetoforning qizil chirog’i yonib turganda to’xtamasdan o’tib 
ketishiga ruxsat bo’lib xizmat qiladi. 
Bunda mashinist poezdni shunday boshqarishi kerakki, qizil chirog’i yonib turgan 
svetoforni 20 km/soat tezlik bilan ehtiyotkorlik bilan bosib o’tishi va keyingi harakatiga to’siq 
uchrab qolganda zudlik bilan poezdni to’xtatishga shay bo’lishi kerak; 
v) poezd o’tish svetoforining qizil chirog’ida to’xtaganidan keyin, shuningdek, chirog’i 
o’chgan yoki noaniq bo’lsa, agarda mashinist oldindagi blok-uchastka boshqa poezd bilan 
egallanganini ko’rib yoki bilib tursa, blok-uchastka bo’shamaguncha harakatini davom ettirishi 
man qilinadi. Agarda mashinist oldindagi blok-uchastkada poezd bor-yo’qligini bilmasa, u 
to’xtatgandan so’ng avtotormozni qo’yib yuborishi kerak, ana shu vaqt ichida svetoforning 
ruxsat beruvchi chirog’i yonmasa, poezdni keyingi svetoforgacha 20 km/soat tezlik bilan alohida 
e’tibor bilan boshqarishi va harakatida biron-bir to’siq uchraydigan bo’lsa, poezdni zudlik bilan 
to’xtatishga shay bo’lib turishi kerak. 
Keyingi o’tish svetofori ham shu ahvolda bo’lsa, poezd harakati to’xtagandan keyin yana 
o’sha tartibda davom ettiriladi. 
Belgilangan tartibda man etuvchi ko’rsatkichli o’tish svetofori o’tib bo’lingandan so’ng 
lokomotiv svetoforida ruxsat ko’rsatkichi paydo bo’lsa, mashinist lokomotiv svetoforining 
ko’rsatkichiga amal qilib, lekin 40 km/soat tezlikdan oshmagan holda keyingi svetoforgacha 
borishi mumkin. 
Lokomotiv svetoforida ruxsat chiroqlari yonib turganida lokomotiv svetofori 
ko’rsatkichiga amal qilib o’tish svetoforlarining o’chgan chiroqlarida to’xtamay o’tib ketishga 
ruxsat etiladi. 
260. Yarim avtomatik blokirovkada: 
poezdning peregonni egallashiga ruxsat bo’lib, chiqish va o’tish svetoforlarining ruxsat 
beruvchi ko’rsatkichlari xizmat qiladi; 
bir yo’lli uchastkalarda chiqish svetoforini ochish uchun poezd jo’natilayotgan qo’shni 
stansiya navbatchisidan blok-apparat orqali blokirovka rozilik signali olinishi kerak yoki blok-
tizimni tegishli harakat yo’nalishiga o’zgartirish kerak. 
261. Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik 
lokomotiv signalizatsiyada: birinchi blok-uchastkani egallashga ruxsat bo’lib, chiqish 
svetoforining ruxsat ko’rsatkichi xizmat qiladi; lokomotiv svetoforining ruxsat beruvchi 
ko’rsatkichi keyingi blok-uchastkani egallashga xizmat qiladi. 
Signalizatsiya va aloqa barcha vositalari ishining tanaffus (to’xtash) paytida poezdlar 
harakati bir yo’lli uchastkalarda yozma xabarnomalar orqali, ikki yo’lli uchastkalarda - 
stansiyalar orasidagi peregonda poezdning o’tishiga ketadigan vaqt bilan chegaralash orqali 
amalga oshiriladi. 


62 
Signalizatsiya va aloqaning barcha vositalari ishining to’xtagan paytida poezdlar 
harakatini tashkil qilish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma bilan 
o‘rnatiladi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling