O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

Poezdlarning o’ta jadal harakati (особо интенсивное движение поездов). Grafik 
bo’yicha yo’lovchi va yuk poezdlarining harakatlari (jami) miqdori bo’lib, ikki yo’lli 
uchastkalarda bir kecha-kunduzda 100 juftdan va bir yo’lli uchastkalarda 48 juftdan ortiqroq 
miqdorga to’g’ri keladi. 
Alohida yo’l belgilari (особые путевые знаки). Temir yo’l uchun ajratilgan joy 
chegaralari, strelka raqami ko’rsatkichi, yo’lovchi binosining o’qi belgisi, tarmoq yo’l 
binolaridagi belgilar, aylana egrilarining boshi va oxiri reperlari, shuningdek, o’tish egrilarining 
boshi, o’rtasi va oxiri reperlari, tuproq ko’tarmaning ko’rinmaydigan qurilmalari, suvning eng 
yuqori gorizonti va to’lqinning maksimal balandligi. 
Muhofaza strelkasi (охранная стрелка). Poezdlarni qabul qilish yoki jo’natish 
marshrutini tayyorlashda, harakat tarkibining tayyorlangan marshrutga chiqish ehtimolining 
oldini olish vaziyatiga o’rnatiladigan strelka. 
Yo’lovchilarga mo’ljallangan to’xtash punkti (пассажирский остановочный пункт). 
Yo’l rivojlanishiga ega bo’lmagan peregondagi yo’lovchilarni tushirish va chiqarishga 
mo’ljallangan punkt (bo’luvchi punkt hisoblanmaydi). 
Peregon (перегон). Temir yo’l infratuzilmasining qo’shni stansiyalar, raz’ezdlar, o’zib 
o’tish punktlari yoki yo’l postlari bilan chegaralangan qismi. 
(5-bo’lim o’ttiz ikkinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 
yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). 
Temir yo’l pereezdi (железнодорожный переезд). Temir yo’llarning avtomobil hamda 
tramvay yo’llari bilan bir sathda kesishib o’ttan joyi.
(5-bo’lim o’ttiz uchinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 
2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi). 
Temir yo’l harakat tarkibi (железнодорожный подвижной состав). Lokomotivlar
yuk vagonlari, yo’lovchi vagonlar, motorvagon harakat tarkibi va maxsus o’zi yurar harakat 
tarkibi. 
(5-bo’lim o’ttiz to’rtinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 
2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling