O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

Temir yo’l stansiya navbatchisi (дежурный по железнодорожной станции). Stansiya 
boshlig’ining almashib turadigan yordamchisi bo’lib, stansiyaning asosiy va qabul qilish-
jo’natish yo’llarida (manyovr dispetcheri yo’q yo’llarda qolgan yo’llar bo’yicha ham) harakat 
tarkibining harakatlanishi, poezdlarni qabul qilish, jo’natish va o’tkazib yuborish bo’yicha yakka 
o’zi buyruq beradi. 
(5-bo’lim o’n to’rtinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 
yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldiirildi). 
Yuk poezdining indeksi (индекс грузового поезда). 10 raqamdan iborat, barcha yuk 
poezdlariga tuzilish stansiyalarida beriladi. Birinchi to’rt raqam poezd tuzilish stansiyasining 
yagona tarmoq razmetkasi (ESR), keyingi ikki raqam - ushbu stansiyada tuzilgan tarkibning 
tartib raqami, oxirgi to’rt raqam - poezdning etib borish stansiyasining yagona tarmoq 
razmetkasini bildiradi. 
Poezdlarning jadal harakati (интенсивное движение поездов). Yo’lovchi va yuk 
poezdlarining grafik bo’yicha bir kecha-kunduzda ikki yo’lli uchastkalarda 50 juftdan ortiq va 
bir yo’lli uchastkalarda 24 juftdan ko’p harakatlanish miqdori (jami). 
Kontakt tarmoq (контактная сеть). Elektr energiyasini kuch qo’shimcha stansiyasidan 
elektr bilan harakatlanadigan tarkibning pantografiga uzatishni ta’minlovchi simlar, tuzilmalar, 
jihozlar majmui. 
Lokomotivlar (локомотивы). Elektrovozlar, teplovozlar, gazturbovozlar, parovozlar 
tegishli bo’lgan temir yo’l harakat tarkibi birliklari. 
(5-bo’lim o’n sakkizinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 
2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). 
Lokomotiv brigadasi (локомотивная бригада). Lokomotivlar, shuningdek, motorvagon 
poezdlarga xizmat ko’rsatish uchun tayinlanadigan xodimlar. 
Kam ishlaydigan uchastkalar (малодеятельные участки). Yo’lovchi va yuk poezdlari 
grafik bo’yicha (jami) bir kecha-kunduzda ko’pi bilan 8 juft miqdorda o’tadigan uchastkalar. 
Manyovr tarkibi (маневровый состав). Manyovrlarni amalga oshiruvchi lokomotiv 
bilan o’zaro ulashtirilgan vagonlar guruhi. Bir vagon bilan ulashtirilgan lokomotiv ham manyovr 
tarkibi sifatida qaraladi. 
(5-bo’lim yigirma birinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 
2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldiirildi). 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling