Temir yo’l stansiya navbatchisi (дежурный по железнодорожной станции). Stansiya
boshlig’ining almashib turadigan yordamchisi bo’lib, stansiyaning asosiy va qabul qilish-
jo’natish yo’llarida (manyovr dispetcheri yo’q yo’llarda qolgan yo’llar bo’yicha ham) harakat
tarkibining harakatlanishi, poezdlarni qabul qilish, jo’natish va o’tkazib yuborish bo’yicha yakka
o’zi buyruq beradi.
(5-bo’lim o’n to’rtinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012
yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldiirildi).
Yuk poezdining indeksi (индекс грузового поезда). 10 raqamdan iborat, barcha yuk
poezdlariga tuzilish stansiyalarida beriladi. Birinchi to’rt raqam poezd tuzilish stansiyasining
yagona tarmoq razmetkasi (ESR), keyingi ikki raqam - ushbu stansiyada tuzilgan tarkibning
tartib raqami, oxirgi to’rt raqam - poezdning etib borish stansiyasining yagona tarmoq
razmetkasini bildiradi.
Poezdlarning jadal harakati (интенсивное движение поездов). Yo’lovchi va yuk
poezdlarining grafik bo’yicha bir kecha-kunduzda ikki yo’lli uchastkalarda 50 juftdan ortiq va
bir yo’lli uchastkalarda 24 juftdan ko’p harakatlanish miqdori (jami).
Kontakt tarmoq (контактная сеть). Elektr energiyasini kuch qo’shimcha stansiyasidan
elektr bilan harakatlanadigan tarkibning pantografiga uzatishni ta’minlovchi simlar, tuzilmalar,
jihozlar majmui.
Lokomotivlar (локомотивы). Elektrovozlar, teplovozlar, gazturbovozlar, parovozlar
tegishli bo’lgan temir yo’l harakat tarkibi birliklari.
(5-bo’lim o’n sakkizinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining
2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi).
Lokomotiv brigadasi (локомотивная бригада). Lokomotivlar, shuningdek, motorvagon
poezdlarga xizmat ko’rsatish uchun tayinlanadigan xodimlar.
Kam ishlaydigan uchastkalar (малодеятельные участки). Yo’lovchi va yuk poezdlari
grafik bo’yicha (jami) bir kecha-kunduzda ko’pi bilan 8 juft miqdorda o’tadigan uchastkalar.
Manyovr tarkibi (маневровый состав). Manyovrlarni amalga oshiruvchi lokomotiv
bilan o’zaro ulashtirilgan vagonlar guruhi. Bir vagon bilan ulashtirilgan lokomotiv ham manyovr
tarkibi sifatida qaraladi.
(5-bo’lim yigirma birinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining
2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldiirildi).
Do'stlaringiz bilan baham: |