Refrijeratorli poezd (рефрижераторный поезд). Refrijeratorli vagonlardan tuzilgan
poezd.
Manyovrlar rahbari (руководитель маневров). Manyovrlarda ishtirok etuvchi barcha
shaxslarning harakatlariga bevosita rahbarlik qiluvchi xodim, manyovrni o’tkazayotgan
lokomotiv, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi mashinisti, uning ko’rsatmasi bo’lmasa, lokomotiv,
maxsus o’zi yurar harakat tarkibini harakatga keltira olmaydi.
(5-bo’lim ellik sakkizinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining
2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi).
Ishlar rahbari (руководитель работ). Mas’uliyatli shaxs, unga temir yo’llarda, inshoot
va qurilmalarda ishlarga rahbarlik qilish topshirilgan bo’ladi.
Signal (signal). Shartli ko’rinadigan yoki ovozli belgi bo’lib, uning yordamida ma’lum
buyruq beriladi yoki axborot yetkaziladi.
(5-bo’lim oltmishinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012
yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi).
Signal belgisi (сигнальный знак). Shartli ko’rinadigan belgi bo’lib, uning yordamida
xodimlarning ma’lum toifasiga buyruq beriladi. Signal belgilariga chegara ustunchalari, stansiya
chegarasini ko’rsatuvchi belgi, hushtak chalinishi, tok uzilishi yoki ulanishini ko’rsatuvchi
belgilar va b. kiradi.
Yo’lovchi poezdlarining tezyurar harakati. Yo’lovchi poezdlarining 141-160 va 161-
200 km|soat tezlik intervallaridagi harakati.
(5-bo’lim oltmish ikkinchi xatboshi bilan "O’zdavtemiryo’lnazorat" DI boshlig’ining
2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi).
Maxsus harakat tarkibi (специальный подвижной состав). Temir yo’lda yuradigan
olib qo’yilmaydigan harakatchan birliklar.
(5-bo’lim oltmish uchinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining
2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi).
Do'stlaringiz bilan baham: |