O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE uz (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo’naltiruvchi pasayish
- Stansiya markazlashtirish posti
Uzoqqa cho’zilgan pasayish (спуск затяжной). Tiklik va masofaning quyidagi
qiymatlariga mos keladigan pasayish: Tiklik Masofa 0,008 dan 0,010 gacha 8 km va ko’p 0,010 dan 0,014 gacha 6 km va ko’p 0,014 dan 0,017 gacha 5 km va ko’p 0,017 dan 0,020 gacha 4 km va ko’p 0,020 dan va undan tikroq 2 km va ko’p 73 Yo’naltiruvchi pasayish (спуск руководящий). Tikligi bo’yicha eng tik pasayish bo’lib (egrilarining qarshiligini hisobga olganda), uzunligi kamida tormoz yo’liga teng bo’ladi. Stansiya (станция). Yo’llari poezdlarni qabul qilish, jo’natish, kesishtirish va o’zib o’tish operasiyalarini, yuklarni, bagaj va yuk bagajni qabul qilib olish, berish hamda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish operasiyalarini bajaradigan darajada rivojlantirilgan, yo’l qurilmalari rivojlantirilgan sharoitda esa - poezdni tarqatish va tuzish bo’yicha manyovr ishlarini hamda poezdlar bilan texnikaviy operasiyalarni amalga oshirish imkonoyatini beruvchi bo’luvchi punktdir. (5-bo’lim oltmish oltinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi). Izoh. Qoidalar matnida yo’l rivojlanishiga ega bo’lgan yoki navbatchi xodimlar xizmat ko’rsatadigan (stansiya, raz’ezd, o’zib o’tish punkti, yo’l posti) bo’luvchi punktlar xaqida gapirilganda “Stansiya” yoki "Stansiya navbatchisi" kabi umumiy atamalar qo’llanilgan. Qaysi bo’luvchi punkt xaqida gap ketayotganini aniq ko’rsatish kerak bo’lgan vaziyatlar bundan mustasno. Stansiya markazlashtirish posti (станционный пост централизации). Stansiyadagi post bo’lib, unda markazlashtirilgan strelka va signallar guruhini boshqarish to’plangan. Stansiya yo’llari (станционные пути). Stansiya chegaralarida joylashgan va o’z tarkibiga quyidagi yo’llarni olgan temir yo’llar: asosiy yo’llar, qabul qilish-jo’natish yo’llari, saralash, yuk ortish, tushirish, tortish yo’llari, depo (lokomotiv va vagon xo’jaligi) yo’llari, birlashtirish yo’llari (alohida parklarni birlashtiruvchi, konteyner punktlariga, yoqilg’i omborlariga, bazalariga, saralash platformalariga, tozalash punktlariga, yuvish punktlariga olib boruvchi, vagonlarni dezinfeksiyalovchi (zararsizlantiruvchi), harakatdagi tarkibni ta’mirlovchi va boshqa operatsiyalarni bajaruvchi), tepacha yo’llari, to’xtab turish yo’llari. (5-bo’lim oltmish to’qqizinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Strelka (стрелка). Strelka o’tkazgichning bir qismi bo’lib, ramali relslar, ostryaklar va o’tkazish mexanizmidan iborat, qo’zg’aluvchan o’zakli krestovina mavjud bo’lganida strelka tushunchasiga krestovina ham kiradi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling