O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/43
Sana03.12.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1798679
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
Bog'liq
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari

Aholi va mehnat resursi omili ijtimoiy-iqtisodiy omillar ichida eng muhimi 
hisoblanadi. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchisiz sodir bo’lmaydi. 
Ammo bu o’rinda ikki holni qayd etish lozim: birinchidan, shunday korxonalar 
borki, ularga son jihatdan ko’p ishchi kerak. Masalan, tikuv fabrikasi, konserva 
zavodi, paxta yetishtirish, uni qayta ishlash korxonalarining mehnat sig’imi katta. 
Ayni bir paytda boshqa bir korxonalarga mehnat resurslarining miqdori ko’p 
bo’lishi shart emas, aksincha ularga malakali, ya’ni sifatli ishchi kuchi talab 
qilinadi. Mazkur korxonalar va tarmoqlar radio yoki priborsozlik, aniq 
mashinasozlik va shunga o’xshash odatda malakali ishchi kuchi mavjud bo’lgan 
shaharlarda joylashtiriladi. Bunday ilmtalab korxonalarni joylashtirishda ba’zi 
rivojlangan mamlakatlarda maxsus texnopolis va fan shaharlari yaratiladi. 
O’zbekistonda mahalliy aholining tabiiy ko’payishini nisbatan yuqoriligi va 
uning 
migratsion 
harakatining faolsizligi mehnat zahiralarini ko’plab 
shakllanishiga olib keladi. Shu sababli Respublikada mehnatga layoqatli aholi soni 
miqdoran juda ko’p. Ularning soni, ayniqsa qishloq joylarida va sust rivojlangan 
kichik shaharlarda yuqori. Binobarin, bunday joylarda ish o’rinlarini kengaytirish, 
yangi sanoat va boshqa korxonalar, madaniy-maishiy muassasalarni qurish, mehnat 
bozorini shakllantirish kerak. 
Aholi albatta faqat ishchi kuchi emas, u balki ko’proq darajada iste’molchi 
hamdir. Bu omilning roli esa hozirgi kunda xalqning yashash sharoiti va darajasini 
yaxshilash doirasida keskin oshib bormoqda. Muvaqqat ijtimoiy qiyinchiliklarni 
yengillashtirish uchun aholining kundalik hayoti uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat
kiyim-kechak va uning boshqa ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotni yetarli 
darajada ishlab chiqarish talab etiladi. Shu bois iste’mol omili oziq-ovqat 
korxonalarini o’ziga tortadi, ya’ni bunday zavod va fabrikalar, aholiga xizmat 
ko’rsatish tarmoqlari qishloq va shaharlarda joylashtiriladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling