O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/43
Sana03.12.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1798679
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Bog'liq
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari

Elektr energetika omili. Hozirgi zamon ishlab chiqarishini elektr 
quvvatisiz tasavvur qilish qiyin. Ushbu sohaning o’ziga xos xususiyati shundaki, u 
yaratgan mahsulotni, ya’ni elektr quvvatini jamg’arib, omborxonalarga yig’ib 
bo’lmaydi, undan ayni paytning o’zida, sinxron ravishda foydalanish kerak. 
Bundan tashqari, elektr quvvati yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari orqali uzoq 
masofalarga ham uzatilishi mumkin. Odatda elektr quvvati omilini ishlab 
chiqarishning hududiy tashkil etilishida eng avvalo uning arzon xillariga urg’u 
beriladi. Arzon elektr quvvati suv stansiyalaridan olinadi, chunki suv suvligicha 
GES dan keyin ham qolaveradi, issiqlik elektr stansiyalarida esa ko’mir, mazut 
yoki tabiiy gaz tamomila sarflanadi. 
Elektr energetika omiliga quyidagi misollarni keltirish mumkin. 1t. qalayi 
yoki titan ishlab chiqarish uchun 40-50 ming kVt/s, misni rafinatsiyalash, elektr 
pechlarida po’lat eritishda va ularning har bir tonnasiga 8-10 ming kVt/s atrofida 
elektr quvvati sarflanadi. Shuningdek, temir qotishmalari magniy, qo’rg’oshin, 
sintetik tola va kaychuk kabilarning ham elaktr energiyasi manbalariga yaqin joyda 
qurilishi kerak. O’rta Osiyo mamlakatlarida yagona bo’lgan Tursunzoda shahridagi 
alyuminiy zavodi ham Norak GES iga yaqin joyda qurilgan. Olmaliqda yirik rangli 


22 
metallurgiya va kimyo korxonalari shu yerdagi IEM hamda Yangi Angran IES 
idan, Chirchiq sanoat majmuasi Chirchiq kaskad GES quvvatlaridan foydalanadi. 
Farg’onadagi kimyo, neftni qayta ishlash va boshqa sanoat korxonalari bu 
shahardagi yirik IEM dan elektr energiyasini oladi. 
Elektr quvvati omil sifatida bir qator sanoat tarmoqlarini o’z atrofida 
yig’adi. Shu sababli, u katta yirik rayon va hududiy majmua hosil qilish qudratiga 
ega. Bizning sharoitimizda elektr quvvati yangi yerlarni o’zlashtirish uchun ham 
kerak. Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi Tolimarjondagi bir qator nasos 
stansiyalari vositasi bilan sug’oriladi. Elektr quvvati Norak-Tursunzoda-G’uzor 
orqali keladi. Hozirgi kunda esa shu yerning ozida juda yirik, mahalliy tabiiy gaz 
asosida ishlaydigan Tolimarjon IESi qurilmoqda. Respublikamizda bulardan 
tashqari Sirdayo, Angren, Toshkent, Navoiy, Taxiatosh IES lari, ANdijon,
Chorbog’, Xojikent, Tuyamo’yin va boshqa GES lar mavjud. Ular yiliga 50 mlrd. 
kVt/soatdan ko’proq elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Bu esa rangli 
metallurgiya, kimyo kabi “energiya talab” tarmoqlarni rivojlantirishga imkon 
beradi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling