O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sudning arz qilingan talablar doirasidan chetga chiqish huquqi


Download 284.5 Kb.
bet107/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

254-modda. Sudning arz qilingan talablar doirasidan chetga chiqish huquqi
Sud ishni da’vogar tomonidan arz qilingan talablar doirasida hal qiladi. Biroq, agar sud da’vogarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun zarur deb topsa, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda da’vogar tomonidan bildirilgan talablar doirasidan chetga chiqishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251-moddalari.
255-modda. Hal qiluv qarorini ijro etish tartibi va muddatini belgilash, hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash
Sud hal qiluv qarorini ijro etishning muayyan tartibi va muddatini belgilagan yoki hal qiluv qarori darhol ijro etilishini zarur deb topgan yoxud uning ijrosini ta’minlashga doir choralar ko‘rgan hollarda, bu haqda hal qiluv qarorida ko‘rsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 251-moddasi ikkinchi qismi, 265 — 269-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 25-bandi.
256-modda. Bir nechta da’vogarga yoki bir nechta javobgarga nisbatan qabul qilingan hal qiluv qarori
Bir nechta da’vogarning talablari qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud ularning har biriga nisbatan uning qaysi qismi tegishliligini ko‘rsatadi.
Bir nechta javobgarga nisbatan talablar qanoatlantirilganda sud hal qiluv qarorining xulosa qismida javobgarlar zimmasiga ulushli yoki solidar javobgarlik yuklatilganligini ko‘rsatadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 45, 196, 197-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 251, 252-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 251-moddasi.
257-modda. Pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori
Sud pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorida undirilishi lozim bo‘lgan pul summalarini undirish davrini, asosiy qarzning, zararlarning, neustoykaning hamda foizlarning umumiy miqdorini alohida-alohida aniqlagan holda ko‘rsatadi.
Tashkilotlardan pul mablag‘lari undirilgan taqdirda hal qiluv qarorida undiriladigan mablag‘larning xususiyati, shuningdek undirib beriladigan summa javobgarning bankdagi qaysi hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilishi kerakligi ko‘rsatiladi.
Sud dastlabki va qarshi da’volarni to‘liq yoki qisman qanoatlantirgan taqdirda hal qiluv qarorida o‘zaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim bo‘lgan summani ko‘rsatadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251, 253-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11-moddasi birinchi qismi yettinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi xatboshilari, 14, 260 — 263, 985-moddalari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling