O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Qarshi da’vo taqdim etish


Download 284.5 Kb.
bet86/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

199-modda. Qarshi da’vo taqdim etish
Sud tomonidan ish bo‘yicha hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar javobgar dastlabki da’vo bilan birgalikda ko‘rib chiqish uchun da’vogarga nisbatan qarshi da’vo taqdim etishga haqli.
Qarshi da’vo taqdim etish da’vo taqdim etish to‘g‘risidagi umumiy qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 37-moddasi, 44-moddasi uchinchi qismi, 200-moddasi, 223-moddasi birinchi qismi 9-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi uchininchi xatboshisi.
200-modda. Qarshi da’voni qabul qilish shartlari
Sudya quyidagi hollarda qarshi da’voni qabul qilishi shart, agar:
1) qarshi da’vo dastlabki da’voni qoplashga qaratilgan bo‘lsa;
2) qarshi da’voning qanoatlantirilishi dastlabki da’voning qanoatlantirilishini butunlay yoki qisman istisno etsa;
3) qarshi va dastlabki da’vo o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish mavjud bo‘lsa hamda ularni birgalikda ko‘rish nizoning tezroq va to‘g‘ri ko‘rib chiqilishiga yordam bersa.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 37-moddasi, 44-moddasi uchinchi qismi, 199-moddasi, 223-moddasi birinchi qismi 9-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisi.
21-bob. Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-son “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori.
201-modda. Ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari
Sudya arizani qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarganidan so‘ng ishni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqish hamda hal qilish maqsadida uni sud muhokamasiga tayyorlaydi.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari quyidagilardan iborat:
taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni ko‘rishda amal qilinishi lozim bo‘lgan qonunni aniqlash;
taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal etish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni aniqlash;
ishni hal qilish uchun zarur bo‘lgan dalillar doirasini aniqlash va ularning o‘z vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini ta’minlash;
ishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan shaxslar tarkibi to‘g‘risidagi masalani hal qilish;
taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan zarur bo‘lgan dalillarni taqdim etilishi;
taraflarni yarashtirish.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 202 — 206, 207 — 268-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandi birinchi — sakkizinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling