O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini konsullik hisobiga olish


Download 189.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana17.06.2023
Hajmi189.81 Kb.
#1519993
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida

16-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini konsullik hisobiga olish
Konsullik muassasasi konsullik okrugi hududida vaqtincha turgan yoki doimiy yashayotgan
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari, qonuniy manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash
maqsadida ularning hisobini yuritadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarning konsullik ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi 
yo‘riqnoma 
(10.02.2020-y., ro‘yxat raqami 3218).
17-modda. Konsullikning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog‘liq funksiyalari
Konsullikning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida:
1) xorijda doimiy yashayotgan shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga
doir arizalarni qabul qiladi;
2) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizalarni asoslash uchun taqdim
etilgan faktlar va hujjatlarni tekshiradi;
3) fuqarolik masalalariga doir arizalarni zarur hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi;
4) xorijda doimiy yashayotgan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga
mansubligini aniqlaydi;
5) xorijda doimiy yashayotgan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini
yo‘qotganligini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
6) xorijda doimiy yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi.
Konsullikning mansabdor shaxslari zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan
bog‘liq masalalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
18-modda. Konsullikning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun
biometrik pasportini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatini
rasmiylashtirish, berish va almashtirish yuzasidan funksiyalari
(18-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan yoki xizmat
safari, kontrakt bo‘yicha ish, o‘qish yoxud davolanish maqsadida vaqtinchalik turgan shaxsga,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
fuqaroligini olgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun
biometrik pasportini yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bo‘lmagan shaxsining
harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish, berish va almashtirish uchun hujjatlarni qabul qiladi.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlarining chet elda
doimiy yashashga doir ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolarining hujjatlarini qabul qiladi.

Download 189.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling