O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Qo‘zg‘olonning
bostirilishi


108
Qo‘zg‘olonning 
yengilish sabablari
va oqibatlari
?
?
kishi hibsga olindi. Ular ning boshliqlari o‘lim jazosiga, qolganlari qa-
moq va surgunga hukm qilindi. Mahalliy aholining qo‘zg‘olonda ishti-
rok etganligi, qo‘zg‘olonchilarga xayrixoh bo‘lganligi va ularni tutishda 
podsho hukumatiga yordam bermaganligi uchun o‘z uylaridan cho‘lga 
haydab yuborildi.
Atamalar izohi
Jevachi (jeva – qurol­aslaha) – qurol-aslahaxona boshlig‘i.
Pulemyot (ruscha – o‘q va metall otmoq) – o‘qni tez otadigan avtomatik 
qurol.
Savol va topshiriqlar
1. Jizzax qo‘zg‘oloni qay holatda boshlandi?
2. Qo‘zg‘olon rahbarlari kimlar edi va ular qanday yo‘l tutishdi?
3. Jizzax qo‘zg‘oloni qanday bostirildi?
4. Qo‘zg‘olonchilarning yengilishiga nimalar sabab bo‘lgan?
32-§. TURKISTONDA 1916-yIlGI VOQEAlARNING
OQIBATlARI VA AhAmIyATI
Qo‘zg‘olon xarakteriga ko‘ra milliy-ozodlik ko‘ri-
nishida yuz berdi, chunki bu qo‘zg‘olonning 
asosiy harakatlantiruvchi kuchi xalq omma-
si edi. Ular mustamlakachilik tartiblariga qar-
shi qo‘lga qurol olib toptalgan haq-huquqlari, din-u diyonatlari uchun 
tengsiz kurash olib bordilar. Qo‘zg‘olonchilar Vatanning haqiqiy fi-
doyi farzandlari ekanliklarini amalda isbotladilar. Mislsiz jasoratla-
ri bilan Vatan tarixi sahifalaridan munosib o‘rin egalladilar. Mazkur 
qo‘zg‘olonlarga rus amaldorlaridan biri: «Urush frontlariga yangi bir 
Turkiston fronti qo‘shildi», – deb o‘lkadagi vaziyatga baho bergan edi.
Qo‘zg‘olonchilar mustamlakachi hukumatga qarshi oddiy ish qurol-
lari bilan jang olib bordi. Bundan tashqari ularning aksariyati dehqonlar, 
hunarmandlar bo‘lganligi va harbiy sohadan mutlaqo bexabar ekanligi 
qo‘zg‘o lonning mag‘lubiyatga uchrashiga sabab bo‘ldi. Ular Turkiston-
ning turli mintaqalarida mustamlakachilarga qarshilik ko‘rsatdilar. Shun-


109

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling