Qarshi davlat universiteti djurayev olimjon narkulovich talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga tayyorlash metodikasini
Download 2.33 Mb.
|
O. Джураев Avtorefarat 14.11.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Past daraja 12 14
- 5-rasm. Talabalarda pedagogik mehnatni ratsional tashkil eta olish ko‘nikmalarining shakllanganlik darajalari (tajriba boshida)
- 2-jadval. Tajriba-sinov ишлари o‘tkazilgan barcha oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha umumiy natijalar (tajriba oxirida
- Daraja ko‘rsatkichlari 1-mezon 2-mezon
5-rasm. Talabalarda pedagogik mehnatni ratsional tashkil eta olish ko‘nikmalarining shakllanganlik darajalari (tajriba boshida) Tajriba-sinov ishlarining asoslovchi bosqichida to‘plangan ma’lumotlar asosida nazorat va tajriba guruhlari belgilab olindi. Nazorat guruhlaridagi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar an’anaviy tarzda davom ettirildi. Tajriba guruhida esa tadqiqotimiz davomida ishlab chiqilgan “Talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish dasturi” asosida mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulotlarni tashkil etishda tajriba-sinov obyekti sifatida tanlab olingan Qarshi davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Buxoro davlat universiteti Pedagogik mahorat fani professor-o‘qituvchilari yordamiga tayanildi. Ushbu dasturni ishlab chiqishda Pedagogik mahorat hamda Korxonalarda mehnatni tashkil etish fani integratsiyasiga asoslanildi. Ya’ni, professor-o‘qituvchilarga ham zaruriy tavsiyalar hamda metodik ko‘rsatmalar berib borildi. Tajriba-sinov ishlari o‘tkazilgan oliy ta’lim ta’lim muassasalaridan olingan ma’lumotlar umumlashtirildi va tajriba boshida olingan hamda yakuniy natijalar qiyosiy tahlil qilindi. 2-jadval. Tajriba-sinov ишлари o‘tkazilgan barcha oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha umumiy natijalar (tajriba oxirida)
6-rasm. Tajriba-sinov o‘tkazilgan barcha oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha umumiy natijalar diagrammasi (tajriba oxirida) Olingan sonli ma’lumotlarni matematik-statistik tahlil qilishda Styudentning mezoni, Karl Pearsonning muvofiqlik kriteriysidan foydalanildi. Tajriba va nazorat guruhidagi baholash natijalarini mos ravishda 1 va 2-tanlanmalar deb olsak, quyidagi variatsion qatorlarga ega bo‘lamiz: 3-jadval
O‘zlashtirish darajasini quyidagi formula asosida hisoblaymiz: Foizdа Foizdа Tajriba guruhidagi o‘rtacha o‘zlashtirish nazorat guruhidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan (108–99) 9 ga yuqori ekan. Bu esa, o‘z navbatida, barobar ortiqligini anglatadi. Tadqiqot davomida o‘tkazilgan tajriba–sinov ishlari natijalari bo‘lajak o‘qituvchilari pedagogik tayyorgarligi jarayonida ularni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga tayyorlash maqsadida o‘quv jarayoniga kiritilgan o‘quv metodik ta’minot hamda metodika asosida olib borilgan nazariy va amaliy, mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari hamda ushbu mashg‘ulotlar davomida foydalanish uchun ishlab chiqilgan model, maxsus dastur hamda takomillashtirilgan metodika samarali ekanligidan dalolat berdi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari samaradorligi matematik statistik jihatdan isbotlandi. XULOSALAR Mehnat resurslari va ularning samarador faoliyati jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Kishilik jamiyatidagi har qanday yo‘nalishdagi taraqqiyot ushbu sohada faoliyat yurituvchi malakali, yetuk va barkamol mutaxassislar siyosati bilan belgilanadi hamda shu nuqtai nazardan baholanadi. Respublikamizda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlarda mehnatni tashkil etish va boshqarish borasidagi tadbirlarga alohida ahamiyat berilmoqda. Jumladan, ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarda pedagogik mehnatni tashkil etish masalasiga ham ustuvorlik berilmoqda. Talabalarni pedagik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish muammosi ham zamonaviy ta’lim muhitini yaratishning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Ushbu muammo doirasida amalga oshirilgan tadqiqotimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik: Pedagogik mehnat jarayoni pedagogik mehnat predmeti, vositalari, pedagogik mehnat predmetiga ta’sir etish usuli, pedagogik mehnatni tashkil etish hamda pedagogik faoliyat kabi tarkibiy qismlaridan iborat bo‘lib, pedagogning mehnat faoliyati va uni ratsional tashkil etishda jismoniy mehnatni qisqarishiga, mehnat jarayonini tashkil etishda qulaylik yaratishga, keragi bo‘lmagan va takroriy harakatlarning oldini olishga yordam beradigan muayyan operatsiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan usullar bilan ta’minlanadi. Mehnat jarayonining tasnifi korxonada bajarilayotgan amalda qo‘llaniladigan ilg‘or usullar va texnologiyalar bilan uzviy bog‘liqdir. O‘qituvchi mehnatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari pedagogning sifatli ta’lim berish mahorati, yosh avlodni tarbiyalay olish mahorati, o‘quv-tarbiya faoliyatida inson omilini o‘zida aks ettiruvchi shaxsiy fazilatlari, ta’lim sifatini obyektiv baholash va nazorat qilish mahorati bilan belgilanadi. Pedagogik mehnatni ratsional tashkil etish vaqtdan unumli foydalanish; Pedagogik mehnat va dam olish uchun yaratilgan qulay sharoitlardan oqilona tashkil etish hamda foydalanishi; barcha imkoniyatlaridan foydalangan holda mehnat qilish uchun sog’lig’i uchun har tomonlama g’amxo'rlik qilish kabi belgilarga ega bo‘ladi. Modellashtirish pedagogik jarayonni tizimli tashkil etish usullaridan biri hisoblanadi. Talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish jarayonining funksional modeli maqsad bloki, mazmun bloki, strategik blok, baholash va natija bloklaridan iborat tarzda tuzildi. Mazkur modelning mazmun va strategik bloklari jarayonning zamonaviy tashkiliy shakllari hamda innovatsion metodlar asosida takomillashtirildi. Pedagogik ta’lim jarayonida talabalarni mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish metodikasi uch bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirildi: birinchi bosqich – nazariy tayyorgarlik; ikkinchi bosqich – amaliy tayyorgarlik; uchinchi bosqich – refleksiya. Nazariy tayyorgarlik jarayonida innovatsion modellardan, amaliy tayyorgarlik jarayonida kouching strategiyadan, refleksiv tayyorgarlik jarayonida esa tadqiqot muammosiga doir ishlab chiqilgan keyslardan foydalanilishi nazarda tutildi. Talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga tayyorlash jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida pedagogik dasturiy vositalar ishlab chiqildi. Ya’ni, pedagogika-psixologiya yo‘nalishi o‘quv rejasiga kiritilgan Pedagogik mahorat o‘quv kursini o‘qitishda menejment, psixologiya, iqtisodiyot hamda sotsiologiya fanlari bilan mazmunan integratsiyalashtirilgan maxsus dastur hamda elektron dasturiy vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotimiz davomida pedagogik ta’lim jarayonida talabalarni mehnatni ratsional tashkil etishga doir ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligini aniqlash maqsadida pedagogik eksperiment o‘tkazildi. Mazkur tajriba-sinov ishlari davomida talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatishga doir takomillashtirilgan metodika samarador ekanligi aniqlandi. TAVSIYALAR Talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish uchun Pedagogik mahorat kursidan tegishli mavzularni o‘qitishda menejment, iqtisodiyot, sotsiologiya hamda psixologiya fanlari bilan uyg‘unlashtirib o‘qitishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bakalavriat pedagogik yo‘nalishlar o‘quv rejasiga talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatishga doir maxsus kursni kiritish kelajakda bo‘lajak o‘qituvchilarning samarali mehnat faoliyatlarini tashkil etishlari hamda salomatliklarini saqlashlari uchun xizmat qiladi. Zamonaviy pedagogik faoliyatning samaradorligi ushbu jarayon subyektlarini pedagogik dasturiy vositalardan unumli foydalanishga tayyorlash hamda ularni ergonomik me’yorlar bilan tanishtirishga bog‘liqdir. Shu sababli bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish kompetentligini tarkib toptirish maqsadga muvofiqdir. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling