Qlichev u., Mamatov sh. Jadidcilik harakati tarixi


Abdurauf Fitrat (1886-1938)


Download 0.82 Mb.
bet17/55
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196994
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-JADIDCILIK HARAKATI TARIXI

Abdurauf Fitrat (1886-1938) jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biridir. U hali 1909-1913-yillarda o'qishni Istanbulda davom ettirib yurgan kezlarida F.Xo'jayevning bergan ma'lumotiga ko'ra hamyurtlari bilan birgalikda «Вихого ta'limi (umumiy) maorif jamiyati»ni tuzgan. Bu jamiyat buxoroliklarning o'zaro moddiy-ma'naviy uyushmasi vazifasini bajargan.
Bu davrda Turkiya «Yosh turklar» inqilobidan mast davrni o'z boshidan kechirardi. Turkiyadagi bunday inqilobiy muhit albatta yosh Fitratga ham ijobiy ta'sir ko'rsatdi. U siyosat maydoniga sho'ng'ib ketdi. Bu yerda Fitrat Sharq adabiyoti, san'ati, tari­xini chuqur va atroflicha o'rganadi. Ilg'or taraqqiyparvar turk adabiyoti vakillari turk adabiyoti orqali esa G'arb adabiyoti bilan yaqindan tanishadi. G'arb va Sharq xalqlari madaniyati, adabiyotlari o'rtasida farqlarni o'z ko'zi bilan ko'radi, uning sabablarini teranroq anglaydi.
Turkistonning milliy shoiri, Andijonda jadidchilikka asos solgan Cho'lpon (1898-1938) shaharda «Turon kutubxonasi» va uning yonida katta bir qiroatxonani tashkil qilgan.
Xorijiy manbalardan birida shunday yozilgan: «Keng ma'ruza zali bo'lgan bu qiroatxonaning boshqaruv hay'atiga Turkiston Milliy birligining Andijondagi vakillari Husanxo'ja Niyoziy, Usmonxon Eshonxo'ja o'g'li, Vali Maqsudiy, Zohiriy A'lam, Fozilbek Otabek o'g'li, Abdulhay Maxsumlar saylandilar. Qiroatxona maktab vazifasini bajarar edi. Har oqshom usmoniy turk zobitlari kundalik masalalar, madaniy-siyosiy va tarixiy mavzularda ma'ruzalar qiladilar».
Jadidichilik harakatida faol qatnashib Turkiston milliy istiqloli uchun kurashgan xalqimizning ajoyib farzandlari Saidahmad SiddiqiyAjziy(1864-1927), Karimbek Sharifbek o'g'li Komiy (1865-1922), Tavallo (1883-1959), Is'hoqxon Ibrat (1862-1937), Xislat (1880-1945) va boshqalar ham o'zlaridan so'ng boy ijodiy meros qoldirganlar. Ana shu ulug' zotlar orasida o'zining betakror va ibratomuz ijodi bilan Tavallo alo­hida o'rin egallaydi. Uning ijodida jadidchilik harakati va adabiyotining ta'siri kuchli bo'ldi. Shoirning 1913-yilda «Bayoz», 1917-yilda«Ravnaqul islom» to'plamlari bosmadan chiq­qan. Tavallo asarlari asosan, Vatanni sevishga, ardoqlashga, xalqni, millatni hurmatlashga, ilm-ma'rifatni, san'atni sevishga da'vat etadi.
XX asrning boshlarida Turkistondagi demokratik harakatlarning oldingi saflarida o'zbek xotin-qizlarining vakillari ham faol qatnashganlar. Bular orasida Nozimaxonim (1869-1924) alo­hida o'ringa egadir.
Nozimaxonim o'zbek ma'rifatparvar shoirasi. U arab, fors, ozarbayjon, tatar va rus tillarini yaxshi bilgan. U 1900- yillardan boshlab she'r va publitsistik maqolalari bilan matbuotda ko'rina boshladi. 20 yoshlarga kirganda «Beshyog'ochlik Nozimaxonim» nomi bilan el-xalq o'rtasida shuhrat topdi. Nozimaxonim «Turkiston viloyatining gazeti», «Osiyo», «Shuhrat», «Sadoi Turkiston» kabi gazetalar va «Оуnа» jurnalida o'z asarlarini chop ettirdi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling