Qoplama qoplashda qo'llaniladigan zamonaviy jihozlar


Download 364 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi364 Kb.
#1609872
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qoplama qoplashda qo\'llaniladigan zamonaviy jihozlar

Rx q k a v,
bu yerda, k — disk ishlov berayotgan tuprogning solishtirma qarshiligi, n/sm2;
a va v — ishlov berish chuqurligi va diskning gamrov kengligi, sm.
Sungra, Ry = nRx va Rz = mRx xisoblanib topiladi.
Bu yerdagi n va m tajriba asosida aniqlanadigan proportsionallik koeffitsientlaridir. Disksimon sayoz yumshatkich uchun n = 0,76… 1,24; m= 0,37… 0,76; tirma uchun n = 0,12...1,2; m = 0,76...1,57 bo’ladi. n ning katta miqdori kam chuqurlik va katta hujum burchagida, m ning katta qiymatlarini esa kattarok chuqurlik va xujum burchagi kamroq bo’lganda aniqlanadi.
G’ildirak va g’ildiraksimon zichlovchi qurollar
G’ildirak — insoniyatning eng qadimgi va buyuk ixtirosidir. g’ildiraksiz va g’ildirakka uxshab yumalanib ishlaydigan (g’ildiraksimon) qismlarsiz mashinani tasavvur kilib bo’lmaydi. Shu sababli, mazkur § da g’ildirak va tuproqni zichlovchi g’ildiraksimon galtaklar to’g’risida ma`lumotlar beriladi.
G’ildirakning turlari. Bajaradigan ishiga qarab, qishloq xujaligi mashinalarida yurituvchi, yetaklovchi va tayanch g’ildiraklari ishlatiladi. Yurituvchi g’ildirak mashina qismini ko’tarib yurishdan tashqari, uning qandaydir mexanizmiga harak at uzatishni ham bajaradi. yetaklovchi g’ildirak energiya manbai yordamida harakatlantiriladi va yer bilan ishqalanish kuchi hisobiga mashinani ilgarilatib yuritadi. Tayanch g’ildirak esa mashina og’irligining bir qismini ko’tarish uchun xizmat qiladi.
G’ildirakning gupchagi 1 ga kegay 2 lar yordamida to’g’in 3 ulanadi (77- rasm). Kegaylar o’rniga disk o’rnatish ham mumkin. yetaklovchi va yurituvchi g’ildiraklarning to’g’ini yer bilan tishlashish kuchini oshirish uchun unga tish (shporalar) 4, nosimmetrik kuchlar ta`sirida g’ildirak yon tomoniga burilmasdan to’g’ri yurishini ta`minlash uchun reborda 5 o’rnatiladi. Ko’pincha, qattiq to’g’inga elastik (rezinasimon) materialdan tayyorlangan shina kiydirilgan g’ildirakdan foydalaniladi, chunki ularning sudrashga qarshiligi kam bo’lib, mashinani tezroq yuritish imkonini beradi. g’ildirakning asosiy o’lchamlariga diametri va to’g’inining eni kiradi.


43-rasm. G’altak molalar
G’ildiraksimon zichlagichlar tsilindrik silliq, qovurg’ali, ponasimon, qoziq tishli, qoziqchali (43- rasm) va boshqa turlarga bo’linadi. G’altaklardan yer yuzasini tekislash, kesaklarni maydalash, tuproqni zichlash kabi ishlarni bajarish uchun foydalaniladi. Bundan tashgari, urug’ ekilgan joyni zichlash uchun zichlovchi g’ildirakchalar ham ishlatiladi.
G’ildirak (g’altak) ning yumalanish rejimlari. Ishlash sharoitiga qarab, g’ildirak uchta rejim asosida yumalanishi mumkin:
1. Ideal (sirpanmasdan va toymasdan) yumalanish.
2. Sirpanib yumalanish.
3. Toyib yumalanish.
Ideal rejimda yumalanish amaliyotda deyarli uchramaydi. Lekin ilmiy ishlarda undan foydalanishadi (79- rasm). Sirpanib yumalanish rejimida tayanch va yurituvchi g’ildiraklar harakatlanadi. G’ildirak to’liq bir aylanganida uning o’qi ilgarilab bosib o’tadigan yuli lc g’ildirak uzunligi 2r dan ko’proq (lc > 2r) yoki lc —lc q 2r bo’ladi.
Faqat yetaklovchi g’ildirak toyib yumalanish rejimida harakatlanadi. Bunday g’ildirak bir marta aylanganida lt < 2r yo’l bosib bo’ladi.
G’ildirak (g’altak) kinematikasi. To’g’in nuqtalarining absolyut tezliklarini aniqlash, ularning miqdori va yunalishlarini hisobga olish ko’p mashinalarning (masalan, seyalkaning) texnologik jarayonini asoslashda talab qilinadi.
Ideal rejimda yumalanayotgan r radiusli g’ildirak tuginidagi nugtalar ikki xil harakatda: mashina bilan birgalikda ilgarilama kuchirma va uz ugiga nisbatan aylanma harakatda ishtirok etadi. g’ildirak tuginidagi nugta kuchirma harakatda mashina tezligi V, nisbiy harakatda burchak tezligiga ega bo’ladi. V va tezliklarning migdori o’zgarmas bo’lsa hamurinma tezligining yunalishi uzluksiz o’zgarib turadi. Natijada, tugin nugtalarining absolyut tezliklari ham uzluksiz o’zgarib turadi (44- rasm). Eng yuqoridagi A nuktaning absolyut tezligi 2V ga, pastki V nuktaning absolyut tezligi nolga teng (chunki va V miqdorlar buyicha o’zaro teng, lekin bir-biriga teskari yunalgan).

44-rasm. G’altak kinematikasi sxemasi
Faol ishchi qismli kurollar
Bu turdagi mashinalarga ishchi qismi majburan aylantiriladigan rotatsion plug, tuproq frezasi, yaganalagich kabilar kiradi. Uzbekiston tuproq sharoitida tuprog frezasi juda keng ishlatiladi.
Freza tuproqni intensiv maydalab aralashtirish, begona utlarni yo’qotish maksadida foydalaniladi. Namligi optimal me`yordan ortiq bo’lgan ogir tuproqli yerni ekin ekishga tayyorlashda, ayniksa plyonka ostiga chigit ekishdan oldin tuproqni uta mayin holatga keltirish uchun frezadan foydalanish maksadga muvofikdir. yerga ishlov berish uchun frezani oldinga sudrab, barabani majburan aylantiriladi. Natijada, uning pichoqlari katta tezlikda tuproqni yupka kirindi ko’rinishda qirqib olib maydalaydi va aralashtiradi, lekin bunda quvvat sarfi kupayadi. Agar freza oldiga tuproqni 10...18 sm chuqurlikda yumshatadigan tishlar kuyilsa (aynigsa, paxtachilikda), quvvat sarfini birmuncha kamaytirish mumkin.
Freza barabani gorizontal yoki vertikal joylashgan uk atrofida aylanadi. U traktorning quvvat olish vali (ЈOV) dan aylanma harakatga keltiriladi. Frezaning aylanish tezligini keragicha o’zgartirib, tuproqni sifatli maydalashga erishiladi. U bilan yerga a q 25 sm chuqurlikkacha ishlov berish mumkin.

45-rasm Faol frezalar
Frezaning namunaviy tuzilishi 45- rasmda keltirilgan. Uning ishchi qismi: uchi bukilgan pichoq 2 lar disk 3 larga o’rnatilib, barabanni tashkil kiladi. Disk 3 lar barabanni aylantiradigan val 1 ga erkin kiydirilgan bo’lib, ularni bir-biridan ajratib turadigan friktsion disk 4 lar esa mazkur valga shponka yordamida maxkamlangan. Disk 3 va 4 larni bir-biriga sikilib turish darajasini maxsus prujina yordamida o’zgartirish mumkin. Demak, harakat val 1 dan pichogli disk 3 ga friktsion disk 4 ning ishgalanish kuchi xisobiga uzatiladi. Agar biron diskdagi pichoq tusigga uchrab kolsa, diskni toyishi xisobiga vaqtincha aylanmasdan koladi, pichoqlar sinishdan saklanadi. Pichog tusikdan utgandan sung, disk yana aylanib ketadi.

Download 364 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling