Rashid zohid


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 0.83 Mb.
bet26/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Haydar Xorazmiy baytlarini o‘qing va sharhlang.
2. Lutfiy g‘azallarining ommalashish sabablari nimada?
3. Atoiy va Sakkokiy devonlari qo‘lyozmalari haqida gapiring.
4. Navoiy ilmiy-adabiy merosi tasnifini izohlang.
Mavzu: Eski o‘zbek tili va imlo transformatsiyasi masalasi
Reja:
1. Arab alifbosi negizidagi turkiy yozuv
2. Isloh qilingan eski o‘zbek yozuvi
3. “Chig‘atoy gurungi” jamiyati

Tayanch ibora va tushunchalar: turkiy tilga moslangan alifbo, arab va fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlarga nisbatan yozuv prinsipi, boshlang‘ich darsliklar, “Adibi avval”, “Chig‘atoy gurungi”, “Ishtirokiyun” gazetasi

Arab alifbosi negizidagi turkiy yozuv. Arab xatining O‘rta va Markaziy Osiyoga yoyilish tarixi bu o‘lkalarning musulmonlar tarafidan fatx qilinishi bilan bog‘liq. O‘rta Osiyoda arab xatida bitilgan eng qadimiy kitoblar IX asrga oid. Arab yozuvidagi turkiy yodgorliklar esa X asrdan boshlab ko‘chirilgan. Turkiy xalqlar qoraxoniylar davridan e’tiboran uyg‘ur xati bilan yonma-yon arab yozuvidan ham foydalana boshladi. Qoraxoniy hukmdorlar zarb ettirgan tangalardagi yozuvlar, xonlarning ayrim yozmalari arab xatida ifodalangan. XI asrdan e’tiboran arab xatida yirik asarlar ham ko‘chirila boshladi. YUsuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari Namangan va Qohira qo‘lyozma nusxalari, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridagi turkiy matnlar, Adib Ahmad YUgnakiy “Hibatul haqoyiq” asarining qo‘lyozma nusxalari, Shuningdek, “Turkiy tafsir” arab xatidagi ilk yirik turkiy yodgorliklardandir.
Turklar arab alifbosini o‘z tillariga moslab qabul qilgan. Shuning uchun ham asl arab alifbosi bilan turkiy tilga moslangan alifbo orasida biroz farq bor. التحفة الذكية فى اللغة التركية (“Turkiy tillar haqida noyob tuhfa”)46 asarida arab alifbosi negizidagi turkiy yozuvning imlo xususiyatlari ko‘rsatilgan. Unda aytilishicha, turkiy yozuvda cho‘ziq va qisqa tovushlarni aks ettirish muhim emas, bu yozuvda diakritik belgilarning turg‘un vazifasi yo‘q. Shuning uchun arabiy yo forsiy matnlardan farqli ravishda turkiy so‘zlarni yozishda unli harflarni matnda to‘liq berish qoidasi joriy etilgan. Masalan: قالور، بولور، ديدى، سونماق، چیکماک so‘zlarida qisqa va cho‘ziq unlilar yozuvda aks etgani kabi. Turkiy matnlarda arab va fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlarga nisbatan yozuv prinsipi amal qilgan. YA’ni, arab tilidan o‘zlashgan so‘zlardagi arab tiligagina xos bo‘lgan tovushlarni anglatuvchi harflar turkiy matnlarda ham o‘zgarishsiz yozilgan. Masalan:ضابط، اثبات، ذكر، نظر، صادق so‘zlaridagi arab tiliga xos undoshlar yozuvda aks ettirilsa ham talaffuzda turkiy til talablariga bo‘ysunilgan.
Ayrim qo‘lyozmalarda turkiy so‘zlar tarkibida ham o‘rni bilan arabchaga xos bo‘lgan harflar ishlatilgan. Masalan, “Hibatul haqoyiq” qo‘lyozmasida <ت> harfi o‘rniga <ط> qo‘llangan: بولوط → بولوت (bulut) طون → تون ، (to‘n).

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling