Reja: Tabiiy geografik jarayonlar xaqida tushuncha Tabiiy omillar ta`sirida sodir bo`ladigan jarayonlar Sun’iy omillar ta’sirida sodir bo’ladigan jarayonlar Tabiiy geografik jarayonlar haqida tushuncha


Tabiiy omillar ta’sirida sodir bo`ladigan jarayonlar


Download 25.23 Kb.
bet2/5
Sana15.11.2023
Hajmi25.23 Kb.
#1776145
1   2   3   4   5
Bog'liq
Geografik taʼlim jaroyonlari

2. Tabiiy omillar ta’sirida sodir bo`ladigan jarayonlar. Endogen omillar (kuchlar) ta'sirida vulkan otilishi va zilzilalar ro'y beradi. Ular juda katta talofat, vayronagarchiliklar keltiradi, ayrim hollarda ko'plab odamlaming fojeali halok bo'lishiga olib keladi. Shuning uchun bunday hodisalar sodir bo'ladigan hududlarni aniqllash, baholash va bashorat qilish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.Quyida ularni ko’rib chiqamiz.
Zilzilalar. Sizga ma’lumki, Yer po'sti juda ulkan palaxsalardan, ya'ni litosfera plitalaridan iborat. Bu litosfera plitalari doimo harakatda, ular bir-biri bilan o'zaro to'qnashib turadi. Ikkita litosfera plitasi to’qnashgan joylarda tez-tez vulkan va zilzilalar sodir bo'lib turadi. Bunday mintaqalar seysmik mintaqalar deb ataladi.Yer yuzasida ikkita asosiy seysmik mintaqa mayjud: 1) Tinch okean seysmik mintaqasi; 2) Yevropa-Osiyo seysmik mintaqasi. Mamlakatimiz O'zbekiston Yevropa-Osiyo seysmik mintaqasida joylashgan. Shu sababli, mamlakatimizda ayrim yillari kuchli zilzilalar I sodir bo’lib turadi, Masalan, 1902-yilda Andijonda, 1932-yilda Tomdibuloqda. 1946-yilda Cholqolda, 1959-yilda Burchmullada, 1966-yilda Toshkentda, 1976-yilda Gazlida, 1980-yilda Nazarbekda va boshqa joylarda zilzilalar sodir bo’ldi
Vulqonlar. Tinch okean qirg'oqlari va unga tutashgan orollarda keng tarqalgan. Mazkur minlaqada 800 dan ortiq harakatdagi vulkanlar mavjud bolib, u "Tinch okean"olovli halqasi'" deb ataladi Bundan tashqari, Yerning ichki kuchlari ta'sirida geyzerlar va issiq buloqlar otilishi, yer yuzasi bir qismining asta cho'kishi va boshqa qismining esa asta ko'tarilishi ham sodir bo'lib turadi.
Geyzerlar va issiq buloqlar asosan vulkanlar tarqaigan mintaqalarda uchraydi. Ulardan binolarni isitishda hamda elektrenergiya olishda foydalaniladi. Bunday ishlar Islandiya, Yaponiya, Italiya. Rossiya va Yangi Zelandiya davlatlarida yo'lga qo'yilgan.
Yer yuzasining asta-sekin cho'kishi okean va dengiz qirg'oqlarida joylashgan davlatlar uchun katta zarar yetkazadi. Masatan, Niderlandiya qirg'oqlarining cho'kishi munosabati bilan u yerlarda yirik to'g'onlar qurilgan, to'g'onning balandligi har yili orttirib turiladi. Hozirgi paytda Niderlandiya hududi dengiz sathidan pastda hisoblanadi. Tashqi (ekzogen) kuchlar ta'sirida nurash, sel, eroziya, surilmalar, karst, qor ko 'chkisi va boshqa jarayonlar sodir boiadi.
Nurash deb, haroratning o'zgarishi, kimyoviy jarayonlar, atmosfera, suv va organizmlar ta'sirida tog' jinslarining yemirilishiga aytiladi. Nurash uch turga ajratiladi: fizik, kimyoviy va organik nurash
Fizik nurash asosan harorat va namlikning o'zgarishi natijasida sodir bo'ladi. Kunduzi havo haroratining ko' tarilib ketishi natijasida tog jinslarida darzlar hosil bolib, ular bo'laklarga bo’linib ketadi. Ammo tog' jinslarining kimyoviy tarkibi o'zgarmaydi. Fizik nurash cho’llarda va qoyali tog'larda keng tarqalgan.

Download 25.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling