Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati nimada? Davlat byudjetining iqtisodiy kategoriya, moddiy tushuncha, huquqiy kategoriya sifatida amal qilishini tushuntirib bering. 2. Davlat byudjeti mamlakat moliya tizimida qanday o‘rin egallaydi, uning boshqa bo‘g‘inlari bilan qanday munosabatlarga kirishadi? 3. Unitar va federativ davlat tuzilishiga ega bo‘lgan mamlakatlarda byudjet tuzilishi modellarini tavsiflab bering. 4. Byudjet tizimiga ta’rif bering. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi qanday tamoyillarga asoslanadi? 5. Byudjetlararo munosabatlar nima va O‘zbekiston Respublikasi byudjet amaliyotida byudjetlararo munosabatlarning qaysi shakllaridan foydalaniladi? 6. Byudjet daromadlari qanday mezonlar asosida tasniflanadi? Byudjet daromadlari manbalariga ko‘ra qanday guruhlanadi? 7. Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi nimalardan iborat?Soliq tizimi deb nimaga aytiladi? 8. Davlat byudjeti xarajatlarining funksional (vazifa jihatdan) tayinlanishiga ko‘ra tarkibi va tuzilishi qanday? 150 9. Byudjet defitsiti deb nimaga aytiladi? Byudjet defitsitini keltirib chiqaruvchi omillar qaysilar? 10. Iqtisodiy rivojlanishning turli davrlarida O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan byudjet defitsitining sabablarini aniqlang. Hukumatning qanday tadbirlari byudjet defitsiti muammosining hal qilinishiga qaratildi? 11. Byudjet jarayoni nima, u qanday bosqichlarda amalga oshiriladi? 12. Xorijiy davlatlarda byudjet jarayonini tashkil etish xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi? Mavzu yuzasidan topshiriqlar 1. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning davlat byudjeti orqali qayta taqsimlash nisbatlarini xarakterlovchi ma’lumotlarni to‘plang, solishtiring va taqsimlash nisbatlarining turlicha bo‘lish sabablarini tushuntirib bering. 2. Xorijiy davlatlar byudjet tizimlari va O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi bo‘yicha taqdimot tayyorlang. 3. Byudjet qonunchiligini tashkil qiluvchi hujjatlar ro‘yxatini tuzing va har biriga qisqacha izoh yozing. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga oid ma’ruzalari asosida taqdimot tayyorlang. 5. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibi va tuzilishining tahlili asosida tahliliy ish tayyorlang va himoya qiling. 6. Davlat moliyasini sog‘lomlashtirish va byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqing va shu asosda taqdimot tayyorlang. 7. Davlat byudjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlarining so‘nggi 3 yillik ijrosi ma’lumotlari asosida tahliliy ish bajaring. 151 8. Davlat byudjetining markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlarining byudjet xarajatlari tarkibidagi hamda Davlat investitsiya dasturini moliyalashtirish manbalari tarkibidagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan ko‘rgazmali ma’lumot tayyorlang. 9. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari, xarajatlari va byudjet defitsitining dinamikasini aks ettiruvchi ma’lumotlarni to‘plang, ularni jadval (diagramma, grafik) tarzida rasmiylashtiring va qisqacha xulosa yozing. 10. Internet resurs manbalaridan foydalanib, horijiy davlatlar byudjetlarining holati to‘g‘risida taqdimot tayyorlang. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling