Vakolatxonasi ya. Mamatova, S. Sulaymanova
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 183-Konvensiyasiga ko‘ra, ayollar kamida 14 haftalik nafaqa to‘lanadigan onalik ta’tili olishga haqli. OAV tahririyatida bu masala qay darajada hal etilganligini o‘rganish lozim. CHunki, 183-konvensiya mazmuniga ko‘ra ham, milliy qonunchiligimiz talabiga ko‘ra ham onalik ta’tilidan o‘z lavozimiga yoki unga muqobil vazifaga qaytish kafolatlangan. Onalar go‘daklarini emizish uchun tanaffus talab qilishga haqli. Tungi smenada ishlayotgan ayollar va erkaklarga yarim tunda uyga yetib olishlari uchun badal sifatida transport vositasi ajratilishi kerak. Mazkur ta’minot OAV tahririyati Nizomi, turli jamoa bitimlari va shartnomalarida va boshqa hujjatlarda aniq ifodalanishi lozim. Ayol va erkak muxbirlar, shuningdek, muharrir yordamchilari, yangiliklar muharrirlari va dastur ijodkorlari genderga oid treninglarda qatnashishlari lozim, negaki, ular yangiliklarning nomaqbul tili va stereotiplarga barham berishda jonbozlik ko‘rsatishlari talab etiladi.
5-ilova. GENDER MANZARASI Ayrim foydali veb-manbalar
1.1.Global Media Monitoring project (GMMP)
GMMP ayni paytda dunyo bo‘ylab ayollarning OAVdagi faoliyatini monitoring qilib kelayotgan eng yirik va keng ko‘lamli loyiha sanaladi. 1995-yildan buyon uch marta chop etilgan global tadqiqotlarda dunyo OAVda gender borasidagi qarashlarni o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqdi.
GMMP
ma’lumotlar to‘plamini internetdan saqlab oling, mazkur qimmatli manba 2005-yilgi tadqiqot natijalaridan foydalangan holda, faollar malakasini oshirish, OAV va gender kampaniyalarini uyushtirishda asqotadi. Ma’lumotlar to‘plami OAVda ishlash asnosida qanday qilib gender masalasini kun tartibiga olib chiqish bo‘yicha jo‘yali tushuncha beradi.
Erkag-u ayol – barcha jurnalistlar xotin-qizlarga munosabatni o‘zgartirish hamda gender qoliplariga barham berishga o‘z hissasini qo‘sha oladi. Mazkur maqolada material tayyorlash asnosida gender tengligini qanday ta’minlash mumkinligi borasida foydali tavsiyalar berilgan.
Loyihaga Yevropa telekompaniyalari konsorsiumi, mutaxassislar hamda jurnalistlar uyushmalari asos solgan bo‘lib, u jurnalistlar hamda prodyuserlarni teledasturlarda ayol va erkak siyosatdonlar hamda ekspertlarni qay tarzda ko‘rsatish borasida o‘zaro mashvaratga chorlaydi.
Osiyo Taraqqiyot Banki mutaxassislari tomonidan tayyorlangan hisobot mazmunidagi mazkur tahliliy sharhdan O‘zbekistonda oxirgi yillarda xotin-qizlarning iqtisodiy holatini yaxshilshga qaratilgan hukumat sa’y-harakatlari ijobiy natija berayotgan bo‘lsa-da, jamiyatda gender tengligini ta’minlash masalasi hamon dolzarb
bo‘lib qolayotganini tasvirlovchi statistika ma’lumotlari va kuzatuvlari o‘rin olgan. Mamlakatda boshqa davlatlardan farqli o‘laroq gender tengligiga erishish bo‘yicha tashabbuslar bunday deb atalmasa-da, aslida ular ayollarning asosiy zahiralarga, qaror qabul qilish jarayonlariga jalb etishni, ona-bolalikni muhofaza qilishni kengaytirish hamda oiladagi zo‘ravonlik holatlarini bartaraf etish bo‘yicha dastur maqomiga ega bo‘lmoqda. Sharhda ayollarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha Bank ekspertlarining qiziqarli tavsiyalari bayon etilgan. Ular OAV uchun gender tengligiga doir material tayyorlashda jurnalistlarga amaliy ko‘makchi bo‘lishi mumkin. http://www.adb.org/sites/default/files/institutional-document/42878/files/uzbekistan- country-gender-assessment-ru.pdf
Mazkur o‘quv qo‘llanma tuzuvchilari Aidan White, Mindy Ran, Lena Calvert, Faranak Atif, Anna Noonan, Sarvesh, Judith Marloff, Oliver Money-Kyrle, Pamela Moriniere, Paco Audije va Ernest Sagagalarga “Oltin o‘rtalikni izlab” nomli qo‘llanmada keltirilgan material va ma’lumotlari uchun; shuningdek, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga, JQT Markaziga, O‘zMU jurnalistika fakulteti magistrantlari Sevara Alijonova, Tillanisa Eshboyeva, Ulug‘bek Usmonov, Aziza Kozimovalarga O‘zbekiston OAV faoliyatiga doir materiallari ucun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling