Vakolatxonasi ya. Mamatova, S. Sulaymanova


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana06.11.2017
Hajmi0.6 Mb.
#19518
  1   2   3   4   5   6   7   8

 YUNESKONING 

O‘ZBEKISTONDAGI 

VAKOLATXONASI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 YA.MAMATOVA, 

S.SULAYMANOVA 

 

 

 

  OLTIN 

O‘RTALIK 

SARI: 

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida gender 

munosabatlari 

 

 



     O‘quv 

qo‘llanma 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Toshkent-2015 

 

 

Ya.Mamatova, S.Sulaymanova,  tuzuvchilar. Oltin o‘rtalik sari: O‘zbekiston 

OAVda gender munosabatlari. O‘quv qo‘llanma.- T. 

 

Taqrizchilar: 



 

 

O‘zbekistonda tub islohotlarni amalga oshirish, fuqarolik jamiyati, kuchli 



huquqiy davlat barpo etish jarayonida inson huquqlari va manfatlarini himoya qilish, 

erkaklar va ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalasi kun 

tartibidagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.  Mazkur o‘quv qo‘llanma 

O‘zbekiston OAV faoliyatida gender munosabatlari mazmuni, tahririyatlardagi 

mavjud gender vaziyati, ayol-jurnalistlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, matbuot, 

televideniye, radio hamda Internet-jurnalistika materiallarida gender ziddiyatlar va 

stereotiplar, respublikamiz xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati 

tahliliga bag‘ishlangan. Mamlakatimiz OAVning bu boradagi faoliyatiga  xorijiy 

OAV tajribasiga  tayangan holda baho berilgan. 

 Qo‘llanma 

amaliyotchi-jurnalistlar, OO‘YU jurnalistika fakultetlari 

magistratura va bakalavriyat talabalari, OAV va ommaviy kommunikatsiya sohasi 

tadqiqotchilari, jurnalist kadrlar malakasini oshirish va qayta  tayyorlash tizimi 

tinglovchilari uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanma O‘zR OO‘MTVning 

Muvofiqlashtiruvchi kengashida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan 

(2015-yil “___”_________ dagi ......... -sonli bayonnomasi). 

 

 

 Birlashgan 



Millatlar 

Tashkilotining 

fan, 

ta’lim va madaniyat ishlari bo‘yicha 



tashkiloti tomonidan …..-yilda nashr etildi. 

7, Place de Fontenoy, 75352 Paris 07 SP,France 

va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi. 

O‘zbekiston,100037, Toshkent sh.,Ergashev ko‘chasi,9. 

 

Mazkur nashr Attribution-ShareAlike 3.0 IGO (CC-BY-SA 3.0 IGO) 



(http://creativecommons.org/licenses/by-sa/3.0/igo/) litsenziyasi ostida erkin 

foydalanish uchun mavjud. Ushbu nashrdan foydalanuvchilar YUNESKO 

kutubxonasidan erkin foydalanish qoidalariga rioya qilishlari shart (

www.unesco.org/open-

access/terms-use-ccbysa-rus

). 


 

 

Ushbu nashr YUNESKO tomonidan 2009-yilda chop etilgan “Oltin oraliqni 



ko‘zlab: jurnalistikada gender tengligi” o‘quv qo‘llanmasi”ning lokallashtirilgan 

ko‘rinishi.  

 

 

Mazkur nashrda keltirilgan nomlar va berilgan ma‘lumotlar, biror bir 



mamlakatning huquqiy maqomi, hududi, chegaralari, shahar va tumanlari yoki 

ularning tegishli boshqaruv organlariga nisbatan fikr-mulohazalar  YUNESKOning  

nuqtai nazarini ifoda etmaydi. 


 

 

Ifoda etilgan fikr va qarashlarga tuzuvchilar mas’uldir. Ularning nuqtai nazari 



YUNESKOning rasmiy pozitsiyasiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin hamda Tashkilotga 

hech qanday majburiyat yuklamaydi.  

 

  Mazkur nashr YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasining 



“O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” 

dasturi doirasida Estoniya Respublikasi va Shveytsariyaning O‘zbekistondagi 

elchixonalari moliyaviy ko‘magida chop etildi. 

 

Muqovadagi tasvirlar:  



Grafika: ………. 

Muqovani rasmiylashtirish: …….  

Tasvirlar: ……….. 

Maket: …………….. 

Chop etildi:………………  

Toshkentda chop etildi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 



      MUNDARIJA 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

bet 

SO‘ZBOSHI ………………………………………………………………… 

MUQADDIMA...................................................................................................... 

KIRISH ............................................................................................... . . . . . . . . 

1-bob. Ayollar ommaviy axborot vositalari va ayol jurnalistlar: xorijiy va 

milliy tajriba . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . .  

2-bob.O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida 

gender stereotiplari............................................................................................. 

3-bob. O‘zbekiston xotin-qizlarining turli  jamoat 

uyushmalaridagi ishtiroki........................................................... . . . . . . . . . . . .  

4- bob: Manba va manzillar................................................................ 

Xulosa............................................................................................................ 

Glossariy. . . .  .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  

Ilovalar .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .    

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 



 

 

SO‘Z BOSHI 



 

Gender tengligi YUNESKOning 2008-2013-yillarga mo‘ljallangan O‘rta 

muddat Strategiyasida ikki global ustuvor maqsaddan biri sifatida belgilangach

mazkur dolzarb masala tashkilot strategik faoliyatining eng qizg‘in jabhasiga aylandi. 

Mazkur ustuvor maqsadga erishish uchun ikki jihatga: gender bo‘yicha dasturlar va 

YUNESKO vakolatiga kiruvchi ta’lim, fan, madaniyat, kommunikatsiya va axborot 

kabi barcha sohalarga – strategik taraqqiyot, xabardorlikni oshirish, himoya va 

tadqiqotlardan tortib, ilmiy salohiyatni o‘stirish va ta’lim jabhalariga qadar – gender 

tengligi strategiyasini tatbiq etishga e’tibor qaratiladi.   

YUNESKO ushbu dolzarb maqsadga sodiq qolib, O‘rta muddat Strategiyasiga 

ilova sifatida o‘zining Gender tengligi bo‘yicha 2008-2013-yillarga mo‘ljallangan 

ustuvor Harakatlar Rejasini ishlab chiqdi. Mazkur reja O‘rta muddat Strategiyasida 

ko‘zda tutilgan olti yil davomida YUNESKOning gender tengligi bo‘yicha ezgu 

g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda – amaliy va samarali faoliyatda yo‘l xaritasi 

vazifasini o‘taydi.  

YUNESKO odamlarni jinsiy mansubligiga ko‘ra kamsitishning har qanday 

shakllarini inson huquqlari buzilishi hamda tinchlik, barqaror taraqqiyot va xalqaro 

hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan rivojlanish marralariga yetish yo‘lida ulkan 

g‘ov deb biladi.   

BMTning Ayollar ahvoli bo‘yicha IV umumjahon anjumanida (1995-yil 4-15-

sentabr) bir ovozdan ma’qullangan Pekin Deklaratsiyasi hamda Harakat Platformasi 

hamisha e’tiborimizda. Deklaratsiyada muammoli boshqa jabhalar qatori ommaviy 

axborot vositalari (OAV) ham xotin-qizlarning qadr-qimmatini oshirishga munosib 

hissa qo‘shishi mumkinligi ochiq e’tirof etilgan. Ushbu hujjatda hukumatlar hamda 

xalqaro taraqqiyot tashkilotlari xotin-qizlarga nisbatan nopisand va noteng 

munosabatga barham berish, ularning kommunikatsiya tizimlari, xususan, OAVdagi 

ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha amaliy choralarga da’vat etilgan. 

Mazkur qo‘llanma sodda tilda yozilib, suratlar bilan boyitilgan, OAVda chop 

etilgan ijodiy materiallar tahlili berilgan  va jurnalistlar uchun foydali ma’lumotlarga 

boy. Ushbu risola jurnalistlarga gender masalalarida ko‘proq axborot taqdim etish, 

maxsus bilimlar yetkazish, mazkur dolzarb masala mohiyatini teran ochib berish 

maqsadida yaratildi.  

YUNESKO o‘z hamkorlari bilan birgalikda jurnalistlarni OAVda gender 

masalalarini yoritishda ushbu qo‘llanmadan unumli foydalanishga chorlaydi. Risola 

OAV xodimlariga gender tengligi bo‘yicha natijalarni baholash, muammolarni 

aniqlash, shuningdek, dunyo bo‘ylab xotin-qizlarning maqomini oshirish va gender 

tengligini ta’minlashga doir aniq siyosatni shakllantirish bo‘yicha mintaqaviy va 

global munozaralar uyushtirishga ko‘maklashadi.  



Abdul Vohid Xon, YUNESKO Bosh direktorining kommunikatsiya va axborot 

masalalari bo‘yicha o‘rinbosari 

 

 

 

 

 

MUQADDIMA 

 

Kundalik faoliyatimizda  bot-bot uchraydigan stereotiplarga qarshi kurashish 



erkagu-ayol jurnalistlar zimmasidagi asosiy vazifalardan sanaladi.  

OAVni xotin-qizlar haqidagi noto‘g‘ri fikr va siyqasi chiqqan iboralar bosib 

ketgan bir vaziyatda bu vazifani amalga oshirish oson emas. OAV goh yashirin, goh 

oshkora ayollarni erkaklarning ovunchog‘i – sarvqomat dilbar, mushfiq ona, tili 

achchiq “jodugar” yoki siyosiy rutba uchun har ishga tayyor sovuqqon mansabparast 

sifatida tasvirlaydi.     

Bu borada har bir mamlakat va madaniyatda odamlar qon-qoniga singib ketgan 

chigal tasavvur, uydirma va soxta qarashlar mavjudki, ular jurnalistlar va OAVga 

jiddiy g‘ov bo‘lmoqda. Ushbu risola bizni yanglish tasavvurlarga barham berish 

yo‘lida tahririyat va uyushmalarimiz bilan bir yoqadan bosh chiqarib jiddu jahd 

etmoqqa undaydi.    

So‘nggi yillarda erishilgan yutuqlarga qaramay – ayni paytda jahon OAVda 

ayol xodimlar va rahbarlar soni avvalgi davrlarga nisbatan oshgan bo‘lsada, OAVda 

xotin-qizlarga nisbatan eskicha qarashlar saqlanib qolmoqdaki, bu jamiyatda nozik 

xilqat egalari huquqini hali-hamon cheklayotir. Dunyo bo‘yicha o‘tkazilgan bir 

tadqiqotga ko‘ra, taraqqiyot hozirgi sur’atda davom etsa, OAVda gender tengligiga 75 

yildan keyingina erishilar ekan. 

Xotin-qizlarni kamsituvchilarni jazolash, ayollarning siyosiy va ijtimoiy 

huquqlarini kafolatlash, ularga teng maosh va ishlash huquqini berish to‘g‘risida 

qonunlar qabul qilinganidan 40 yil keyingi manzara bu!  

Yanglish tasavvurlarni qonun ahlining amr-u farmoni bilan ham yo‘qotish 

mushkul. Tenglik yo‘lidagi kurash har bir mamlakatda qizg‘in davom etayotir. 

Qanday shaklda bo‘lmasin, kamsitishga qarshi jo‘yali raddiya, sog‘lom munozara, 

nazariy va amaliy sa’y-harakatlar ila kurashmoq lozim. Bu ishda mazkur risola 

asqotadi. Bu – jurnalistika standartlari himoyasiga ko‘kragini qalqon qilib, 

kamsitishlarga qarshi kurashayotgan jurnalistika fidoyilari uchun qo‘shimcha 

ma’naviy quroldir.      

Ko‘plab mamlakatlar OAV tahririyatlarida ayollar soni salmoqli, ammo yuqori 

rahbarlik lavozimlariga hamon asosan erkaklar tayinlanmoqda. Xotin-qizlarning 

axborot va tahlil yo‘nalishida faoliyati yetarli qadrlanmayotir, kasb-u kori orqali 

muayyan marralarga yetish imkoniyati ham bir xil emas.  Hatto ular manfaatlarini 

himoya qiluvchi uyushmalarda ham shu holni ko‘rish mumkin. 

Adolatli gender talqini aniqlik, xolislik va haqqoniylik kabi kasbiy va axloqiy 

qadriyatlar sirasiga kiradi. Bu tanganing ikkinchi tomoni deyish mumkin, ya’ni 

ayollarga yangiliklar biznesida – ham tahririyatlar, ham uyushmalar faoliyatida 

yanada yuqori mavqe berilishi kerak. Dunyo bo‘ylab muhim voqealar erkak 

jurnalistlar tomonidan yoritilayotgan va taqdim etilayotgan bir paytda gender tengligi 

dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tenglikka erishishdan faqat ayollar manfaatdor emas, 

kamsitishga barham berishdan jamiyatning har bir a’zosi naf ko‘radi.  


Ushbu risola har bir tahririyat, OAV va ijodiy uyushma qizg‘in ishtirok etishi 

lozim bo‘lgan jarayonni yanada jonlantiradi, unga shiddat baxsh etadi. Ezgulik, 

taraqqiyot va o‘zgalar haqqini himoya qilish jurnalistikaning azaliy qadriyatlaridan 

sanaladi. Risoladan o‘rin olgan g‘oya, maslahat va yo‘riqlarni hayotga tatbiq etish ana 

shu azaliy qadriyatlarga sadoqat hamda kasbga hurmat ko‘rsatish demakdir.  

 

Aidan Whayt, Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi Bosh kotibi 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

 

 

 

 

 

KIRISH 

Ayolni e’zozlash o‘zbek xalqining azaliy qadriyati hisoblanadi. Tariximizda 

buyuk sarkarda, davlat arboblari hayotida, buyuk sulolalar tarixida ayollarning o‘rni 

beqiyos bo‘lgan. Markaziy Osiyo xalqlari tarixida o‘chmas iz qoldirgan ayollardan 

Sitora bonu (Abu-Ali Ibn Sinoning onasi), Gavharshodbegim (Mirzo Ulug‘bekning 

onasi), Saroymulkxonim (Amir Temur xotini),  Qutlug‘nigorxonim (Bobur Mirzoning 

katta onasi), Gulbadanbegim (Bobur Mirzoning qizi), Valiy Orifaxon (Bahouddin 

Naqshbandning onasi), Robiya Balhiy, Qurbonjon Dodho, Zebuniso, Nodirabegim, 

Anbar otin Uvaysiy kabi muqaddas ayollarning ma’naviy dunyosi, o‘sha davrlarning 

ijtimoiy,  siyosiy va harbiy jarayonlarida tutgan o‘rni haqida yuzlab tadqiqot va 

izlanishlar qilingan. Yaqin o‘tmishimizda o‘zbek xalqi ovozini dunyoga tanitgan 

Zulfiyaxonim, Sora Eshonto‘rayeva, Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unboyeva, 

Saodat Qobulova, Fozila Sulaymonova, Muzayyana Alaviya, Bo‘ritosh Shodiyeva 

kabi mashhur ayollarimizni fahr va g‘urur bilan tilga olamiz. O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “.. dunyoda davlat va 

jamiyatning nufuzi, madaniy darajasini ko‘rsatadigan mezonlar ko‘p. Lekin har qaysi 

millat va xalqning ma’naviy kamolotini yaqqol aks ettiradigan shunday bir mezon 

borki, u ham bo‘lsa jamiyatning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabati, hurmati bilan 

belgilanadi. Shu ma’noda, ayollarni ulug‘lab, ardoqlab, boshiga ko‘tarib yashaydigan 

xalq o‘zining yuksak madaniyati va olijanob qadriyatlarini amalga namoyon qiladigan 

va tasdiqlaydigan xalq sifatida obro‘-e’tibor qozonadi desak, yanglishmagan 

bo‘lamiz”

1



Xotin-qizlarning erkaklar bilan tengligi ko‘pgina demokratik davlatlarning 



asosiy qonunlarida, shu jumladan, O‘zbekistonning  Konstitutsiyasi bilan ham, ayni 

vaqtda inson huquqlariga dahldor bo‘lgan bir qator xalqaro hujjatlar, bitimlar, 

konvensiyalar, deklaratsiyalar bilan ham kafolatlanadi. Bularga BMT Ustavi(1945- 

yil 26- iyun), Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948- yil 10-dekabr), 

Fuqarolik va va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi paktlar, BMT tomonidan 1966-yilda 

qabul qilingan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktlar, 

inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tizimini tashkil etuvchi ko‘pdan-ko‘p xalqaro 

bitimlarni kiritish mumkin. Ularda erkak va ayollar uchun yagona bo‘lgan inson 

huquqlari umumiy konsepsiyasini tashkil etuvchi salkam 70 ta xalqaro standartlar 

qayd etilgan

2



Mustaqil O‘zbekistonda ayollar masalasi davlat siyosati  darajasiga ko‘tarilgan. 



Bu ma’noda ayollar huquq va manfaatlari 80 dan ortiq turli huquqiy-me’yoriy 

hujjatlarda aks etgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 

“O‘zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini 

oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 2-martdagi  farmoni 

asosida 

                                                 

1

 Каримов И.А. Ўзбекистон хотин-қизларига байрам табриги.2013 йил 7 март.//Мамлакатимизни янада обод 



этиш ва модернизация қилишни қатъият билан давом эттириш йўлида.21-том.-Т.:Ўзбекистон, 2013. – Б.218. 

2 Гендер муносабатлари: назарияси ва амалиётига кириш. Илмий мақолалар тўплами.- Т.: ЎзР Х-ҚҚ, 

БМТРД,ШЎЭГД, 2007.-Б.407. 


O’zbekiston Xotin-qizlar Qo‘mitasi raisiga Bosh vazirning o‘rinbosari, 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari, Toshkent shahri va viloyatlar 

hamda tuman-shahar Xotin-qizlar qo‘mitalari raislariga hokim o‘rinbosari maqomi 

berildi.

  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining



 

2004-yil 25-mayda qabul qilingan 

“O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi 

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  farmoniga binoan mahalla qo‘mitalari 

tarkibiga diniy-ma’rifiy va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi 

lavozimiga ayollar tayinlanmoqda.  

O‘zbekiston 1995-yilda  BMTning Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining 

barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi (CEDAW), Onalikni himoya qilish  

to‘g‘risidagi, ayollarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi, erkaklar va xotin-qizlarning 

teng qimmatdagi mehnati uchun teng rag‘batlantirish to‘g‘risidagi xalqaro 

Konvensiyalarni, Pekin platformasi va Harakatlar Dasturini imzolagan. Mazkur 

xalqaro me’yoriy hujjatlarning asosiy mazmuni milliy qonunchilik tizimiga tatbiq 

etilgan. 

Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish  

to‘qrisidagi Konvensiya  erkak va ayollarning siyosat sohasidagi teng huquqligini  

quyidagi asosiy shartlar bilan bog‘laydi. Ishtirokchi davlatlar zimmasiga erkaklar 

bilan teng ravishda ayollarga: 1) barcha saylovlarda  va ommaviy referendumlarda 

ovoz berish hamda  barcha  ochiq saylanadigan organlarga saylanish; 2)  hukumat 

siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda  ishtirok etish hamda davlat 

boshqaruvining barcha darajalarida davlat fun‘iyalarini amalga oshirish; 3) nodavlat 

tashkilotlar va assotsiatsiyalar faoliyatida ishtirok etish, mamlakat ijtimoiy va siyosiy 

hayotidagi masalalar bilan shug‘ullanish; 4) o‘z hukumatining  halqaro darajada 

vakilligini amalgam oshirish hamda xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish 

huquqini kafolatlash majburiyati yuklanadi . 

Xotin-qizlarning Pekin Umumjahon konferentsiyasida qabul qilingan Pekin 

Deklaratsiyasi  va Harakatlar Platformasida 12 ta asosiy muammoli sohalar, shu 

jumladan, hokimiyat bo‘linishi va barcha darajalarda direktiv qarorlar qabul qilish  

sohasida ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tengsizlik aniq qayd etilgan. Harakatlar 

Platformasida ko‘plab siyosiy partiyalar va davlat tuzilmalari hali-hamon ayollarni 

ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishlariga to‘sqinlik qilayotgani e’tirof etilgan. 

Ba’zi mamlakatlarda qonun chiqaruvchi organlarda xotin-qizlar vakilligi sezilarli 

qisqargani kuzatilmoqda. Mazkur hujjatda xotin-qizlar holati yuzasidan quyidagilar 

tavsiya etildi: 

- ayollar va erkaklar vakilligining tengligiga erishish, bu maqsadda barcha 

davlat-ma’muriy lavozimlarda, zarur holatlarida kvota kiritish yo‘li bilan, ayollar 

sonini oshirish; 

- saylov tizimlari doirasida siyosiy partiyalardan saylanadigan va 

tayinlanadigan davlat lavozimlariga erkaklarga qo‘yiladigan shart va proportsiyalar  

asosida xotin-qizlarni jalb etishga qaratilgan choralarni qabul qilish; 


- saylanadigan organlarda ayollarning siyosiy vakilligiga saylov tizimlarining 

diffrensiallashgan ta’sirini e’tiborga olish va zarur holatlarda ularni takomillashtirish 

yoki isloh qilish masalasini ko‘rib chiqish; 

- siyosiy faoliyatda ishtirok etish hamda assotsiatsiyaga, shu jumladan,siyosiy 

partiyalar va kasaba uyushmalarga a’zo bo‘lish erkinligini ta’minlashda ayollar va 

erkaklar teng huquqligini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash. 

Bundan tashqari Harakatlar Platformasida siyosiy partiyalarga o‘z siyosiy 

dasturlariga gender masalalarini kiritish hamda ayollarga erkaklar bilan teng ravishda 

siyosiy uyushmaga rahbarlik qilishda ishtirok etishini ta’minlash tavsiya qilingan. 

 

Boshqaruv tizimida erkak va ayollarning teng ravishda ishtirok etishi   



jamiyatni modernizatsyalashning yorqin belgilaridan biri. Bu ma’noda O‘zbekiston 

xotin-qizlarining siyosiy maydondagi faolligi ham kengayib bormoqda. 1992-1998-

yillarda xotin-qizlarning siyosatdagi ishtiroki 9,4 foizni tashkil etgandi. Keyinchalik 

esa saylov qonunchiligiga siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarning kamida 

30 foizini xotin-qizlar tashkil etishi lozimligi to‘g‘risidagi norma kiritildi.  2003-yilda 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga 

saylovlar jarayonida 30 foizli kvota amaliyotga joriy etildi. 2004-2005-yillardagi 

saylovlar natijasida ayollar Qonunchilik palatasida 17,5%, Senatda 15 % joyga ega 

bo‘ldilar. 2009-yil saylovlari natijasida esa senatorlar safida  15 %, quyi palata 

deputatlari safida  22 % xotin-qizlar ishladi.  

2014-yilgi saylovlarning nomzod ko‘rsatish jarayonlarida ushbu kvota to‘liq 

bajarildi. Xususan, xotin-qizlar saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish ishlarida asosiy 

sub’ektlar sifatida o‘z qiziqishlarini namoyon etib, saylov komissiyalari ishida ham 

faol ishtirok etishdi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga  saylangan  150 nafar 

deputatdan 24 nafari xotin-qizlardir, ya’ni ular  yangi saylangan deputatlarning  16 

foizini tashkil etdi

3

. Ulardan 9 nafari fan nomzodi, 7 nafari huqushunos ayollardir. 



 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari orasida ayollar soni kam foizni 

tashkil etgan bo‘lsada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, 

tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylangan ayol 

deputatlarga oid natijalar o‘tgan yillarga nisbatan oshishiga erishildi. 

Mahalliy vakillik organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar  bugungi kunda 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar 

kengashlarida jami deputatlar sonining 23,5 foizidan ortig‘ini, shahar va tumanlar 

kengashlarida esa 22 foizini tashkil etmoqda. Xalq deputatlari viloyatlar kengashi 

deputatligiga Samarqand viloyatida - 36,6%, Toshkent viloyatida -31,7%, Navoiy 

viloyatida -30%, Farg‘ona viloyatida-30% xotin-qizlar saylandi.  

 

Kvota tizimi qabul qilingandan boshlab  siyosiy partiyalarning 



tarkibidagi xotin-qizlar soni 37 foizdan 50 foizgacha ko‘tarilgan. Barcha siyosiy 

partiyalarning ayollar qanoti mavjud bo‘lib, ular  saylovoldi jarayonlarida xotin-

qizlarni saylovga tayyorlash masalasi bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga  gender 

                                                 

3

 Халқ сўзи, 2015, 6 январь. 



muvozanatiga  erishish  g‘oyalarini  o‘z ichiga olgan siyosiy platforma ishlab chiqish 

yoki partiya dasturlariga o‘zgartirish kiritish siyosiy  partiyalar oldida turgan dolzarb 

masalalardan biri hisoblanadi.  

 

Yana shuni  ta’kidlash zarurki, mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini 



himoya qilishning ham davlat, ham nodavlat tizimi shakllangan. Bu yo‘nalishda 

davlat siyosatini amalgam oshirish Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, 

sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi hamda  oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Vazirlar 

Mahkamasining ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya  masalalari bo‘yicha 

Axborot-tahlil departamenti kabi tulilmalar zimmasiga yuklatilgan. Shu bilan birga  

fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan, 530 ta  xotin-qizlar nodavlat-notijorat 

tashkilotlarining bu boradagi  faoliyatini  ta’kidlash lozim. 

 

2012-yilning “Mustahkam oila yili”  deb e’lon qilinishi munosabati bilan 



yosh oilalarning moddiy ahvolini yaxshilash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish 

maqsadida 100 ta oilaviy korxonani barpo etish  uchun Tadbirkor ayol 

Assotsiyatsiyasi tomonidan katta ko‘mak ko‘rsatildi. Tadbirkorlik bilan 

shug‘ullanayotgan  yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun uchta mintaqaviy 

biznes-inkubator faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Respublikaning ishchi o‘rinlarga yuqori 

talab  mavjud bo‘lgan 32 ta tumanida  “O‘z tadbirkorligingni boshla”  deb nomlangan  

turkum seminarlar o‘tkazilib, 1,3 mingdan ziyod  xotin-qizlar turli tadbirkorlik 

faoliyati va kasbiy ko‘nikmalarni egallashga erishdilar. Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi,  Sirdaryo, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari tadbirkor 

ayollariga jami 218 ming yevro miqdoridagi mikrokreditlar ajratildi

4



Shunga qaramay, xotin-qizlarning huquqlarini, onalik va bolalikni himoya 



qilish, ayollarning ijtimoiy-siyosiy  faolligini oshirishda O‘zbekistonda qilinadigan 

ishlar hali ko‘p. Xususan, jamiyatning ba’zi vakillari fikrlashining “patriarxal usuli, 

ayrim rahbarlar va mansabdor shaxslarning gender  bilimsizligi”, jamiyatda ba’zi 

“gender stereotiplarining saqlanib qolganligi kamsitish hollariga yo‘l 

 

qo‘yilayotganligining sababidir”



5

. Mana shunday ko‘rsatmalar, me’yorlar va 

stereotiplar ma’lum ma’noda xotin-qizlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, 

fuqarolarning tinchligi va ijtimoiy totuvligiga, demokratiyaning mustahkamlanishiga, 

yangi ruhiy-ma’naviy turmush tarzini qaror topishiga to‘siq bo‘lib qolmoqda. 

O‘zbekistom halqaro munosabatlarning mustaqil sub’yekti sifatida  inson 

huquqlariga doir asosiy halqaro shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini  bajarib

bu sohada BMTning tegishli organlari va muassasalari bilan faol hamkorlik olib 

bormoqda. O‘tgan davr  mobaynida  respublikamiz BMTning konvension organlariga  

inson huquqlari bo‘yicha BMT konvensiyalarining asosiy qoidalarini bajarish 

borasida 18 ta milliy ma’ruza taqdim etgan. Jumladan, o‘z muddatida Xotin-qizlar 

huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi 

                                                 

4

 



Равные права, равные возможности. // Правда Востока, 2013, 19 

февраля. 

5 Гендер муносабатлари: назарияси ва амалиётига кириши.Илмий мақолалар тўплами.- Т.: ЎзР Х-ҚҚ, 

БМТРД,ШЎЭГД, 2007.-Б.409.  



Konvensiyaning bajarilishi xususida 2 ta milliy ma’ruza taqdim etilgan. Mazkur 

milliy ma’ruzalarning

6

 muhokamasi natijasida BMTning tegishli Qo‘mitasi o‘z 



Xulosalarida O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash 

borasida amalga oshirilayotgan ijobiy chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi. Shu bilan 

birga, mamlakatimizda ayollar holatini  yanada yaxshilashga qaratilgan va CEDAWda  

aks etgan  choralarni hayotga tatbiq etish lozimligini e’tirof etgan. Bunda barcha 

davlat va nodavlat tizimlarining yaqindan hamkorlik qilishi talab etiladi. 

BMTning xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham 

berish bo‘yicha Qo‘mitasi O‘zbekistonda  erkak va ayollarning teng huquq va 

imkoniyatlarini ta’minlash, odam savdosi, shu jumladan, ayollar va bolalar 

savdosining, oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish  to‘qrisidagi qonunlar qabul 

qilinishini tezlashtirish, ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida 

jinoyiy qonunchilikka tegishli o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritishga da’vat etadi.  

Qo‘mita yana mamlakatimizda erkak va ayollar o‘rni va majburiyatlariga doir  

stereotiplar hayotning turli jabhalarida xotin-qizlar bevosita va bilvosita 

kamsitilishining saqlanishiga katta ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etadi. Shu bois 

Qo‘mita ayollarni davlat hayotining barcha jabhalari va darajalarida saylanadigan  

hamda tayinlanadigan lavozimlarga  tavsiya etishni kengaytirish bo‘yicha 

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling