Vakolatxonasi ya. Mamatova, S. Sulaymanova


Vaqtinchalik qo‘shimcha maxsus choralarni


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana06.11.2017
Hajmi0.6 Mb.
#19518
1   2   3   4   5   6   7   8

Vaqtinchalik qo‘shimcha maxsus choralarni  qabul qilish va ularning bajarilishini 

nazorat qilishga chaqirgan. Bunda ayol-rahbarlar uchun rahbarlik mahorati bo‘yicha 

kasbiy tayyorgarlik dasturlarini tashkil etish, bacha darajalarda qaror qabul qilish 

jarayonlarida ayollarning ishtirok etishi ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha axborot-

ma’rifiy faoliyat olib borilishi zarurligiga e’tibor qaratadi. 

Qo‘mita respublikamizda Oliy Majlis hamda mahalliy kengashlar deputatligiga  

siyosiy partiyalardan ayol-nomzod ko‘rsatishda 30-foizli kvota amaliyotga kiritilgan 

bo‘lsa-da, xotin-qizlarning barcha darajadagi rahbarlik lavozimlarda faoliyat yuritishi  

yuqori darajada emasligini hamda milliy ma’ruzalarda diplomatik xizmatda 

ishlayotgan ayollar xususida axborot mavjud emasligini alohida qayd etgan.  Bundan 

tashqari, Qo‘mita hukumat tuzulmalariga samarali ta’sir etish, xotin-qizlar huquqlari 

kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyani hayotga 

tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston Xotin-qizlar Qo‘mitasi  mavqeini  oshirishga 

da’vat qiladi. Bu borada u davlat va nohukumat  tashkilotlari hamkorligini 

mustahkamlash, ularni moliyalashtirishda ko‘mak ko‘rsatishga e’tibor qaratdi. 

Qo‘mita yana ayollarning bandligi, ular mehnatiga haq to‘lashdagi tafovutlarni 

bartaraf etish, ularning norasmiy mehnat bozoridagi holatini yaxshilash masalalariga 

ham o‘z  e’tiborini qaratdi.   

                                                 

6

 



Cовершенствование  организационно-правовых  основ  реализации    прав  женщин  в  Узбекистане.  Авт.  колл.: 

Асьянов Ш.М., Бакаева Ф.Х., Гасанов М.Ю., Тошбаев С. О.-Т., 2008.-С.4. 

 


O‘zbekistonda xotin-qizlar  haq-huquqlarining to‘la ta’minlanishi, salohiyatlari 

to‘la-to‘kis namoyon  etilishi  quyidagi masalalar  yechimini topishi vositasida amalga 

oshirilishi mumkin: 

-hokimiyat va boshqaruv sohasida ayollar vakilligining cheklanganligi, 

siyosatda ishtiroki  yetarlicha emasligi; 

- ayollarning mavqei baland bo‘lmagan sohalarda, kam ish haqi to‘lanadigan  

kasb va faoliyat turlarida yuqori darajada  band bo‘lganligi; 

- ayollarning maishiy ishlarda va jamiyat tomonidan qadrlanmaydigan mehnat 

turlari bilan mashg‘ulligi; 

- ayollarning mulkchilik munosabatlariga, milliy boylik zahiralariga cheklangan 

tarzda jalb etilganligi, va buning natijasida, erkaklarga nisbatan kambag‘alligi; 

- jamiyatda gender madaniyatining yetarlicha shakllanmaganligi; 

- ijtimoiy ongda ”xotin-izlar masalasi” hal etib bo‘lingani xususidagi 

qarashning mavjudligi. 

 Bu o‘rinda erkak va ayolni teng ko‘rish; bir xil qiymatga ega  ish uchun teng 

maosh tayinlash; ish bilan ta’minlash, boshqaruv va vakillik  organlariga saylash, 

pensiya, sog‘liqni saqlash, mansabga tayinlash, onalik va otalik nafaqasini berishda 

erkaklar bilan birdek imkoniyat yaratish nazarda tutilmoqda. Jumladan, jurnalistikada 

gender masalasini xolis yoritish, genderga urg‘u berilmaydigan betaraf tildan 

foydalanish va ayollarning faqat maishiy mavzular yoki “yengil” yangiliklar muxbiri 

sifatida qolib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik ko‘zda tutiladi. 

OAV ham o‘z faoliyatida hamda ayollarga munosabatda gender tengligini 

ta’minlashi muhimdir. OAV bu mavzuda munozaralar uyushtirishi, jamiyatni 

xabardor qilishi, gender bo‘yicha eskicha qarashlarga barham berish maqsadida 

mazkur masalani kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri sifatida talqin etishi lozim. 

Ushbu jarayonda jurnalistlar uyushmalari ham hal qiluvchi o‘ringa egaki, ular barcha 

OAV xodimlari uchun bir xil mehnat sharoiti ta’minlanishini kafolatlashi maqsadga 

muvofiq.   

Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi (XJF), Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), 

YUNESKO va BMTning boshqa muassasalari mazkur tamoyillar ro‘yobi yo‘lida 

faoliyat yuritib kelmoqda, ammo hozircha dunyoning biror mintaqasida chinakam va 

to‘laqonli tarzda  gender tengligiga erishilganicha  yo‘q. “Manzilga yetish uchun hali 

uzoq yo‘l bosish kerak, – deydi BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun. –  Ayollar hali-hanuz 

kamsitish, iqtisodiy imkoniyat va manbalarning yo‘qligi, boshqaruv organlariga qabul 

qilishdagi cheklovlar va jinsiy zo‘ravonliklardan aziyat chekmoqda”. 

O‘zbekiston OAV tahririyatlari va jurnalistlar faoliyatini kuzatib, xotin-qizlar 

tengligiga erishish uchun ko‘p ishlar qilish lozimligiga amin bo‘lamiz.  

Ushbu qo‘llanma jurnalistlar va ijodiy uyushmalar faollariga gender tengligini 

kasbiy faoliyatimizning asosiy mezoniga aylantirish yo‘llari haqida saboq beradi. 

Qo‘llanma to‘rt bobdan iborat. “O‘zbekistonda ayollar ommaviy axborot vositalari va 

ayol jurnalistlar: xorijiy va milliy tajriba” deb nomlangan birinchi bobda 

mamlakatimizda ayol jurnalistlarning maqomi, ayollarga mo‘ljallangan OAV 



faoliyati,  sohada gender tengligiga erishish borasidagi chora-tadbirlar haqida so‘z 

yuritiladi. 

“O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari tizimidagi gender stereotiplari” deb 

nomlangan ikkinchi bobda O‘zbekiston OAVda ayol siymosi qay alfozda 

tasvirlanayotgani, mavjud stereotiplarni kuchaytirish yoki yo‘qotishga urinishlar 

tadqiq etilgan, jurnalistlar voqelikni yoritishda yo‘l qo‘yayotgan ayrim kasbiy xatolar 

xususida fikr yuritiladi.   

“O‘zbekiston xotin-qizlarining turli jamoat uyushma va tashkilotlaridagi 

ishtiroki” deb atalgan uchinchi bobda gender tengligini targ‘ib etish va boshqaruv 

tizimida ayollarning munosib ishtirokini ta’minlashda turli uyushmalar va ayollar 

tashkilotlarining roli haqida so‘z yuritiladi.   

“Manba va manzillar” deb nomlangan to‘rtinchi bobda mavzuga doir manbalar, 

OAV va tahririyatlarda gender tengligini ta’minlashga oid adabiyotlar, shuningdek, 

OAVda ayollar huquqlari va gender tengligi targ‘iboti yo‘lida faoliyat yuritayotgan 

tashkilotlar manzillari ko‘rsatilgan. 

“Ilovalar” bo‘limida turli xalqaro tashkilotlar, xorijdagi taniqli xotin-qizlar 

NNT tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar, bitimlar, O‘zbekistonda faoliyat 

yuritayotgan xotin-qizlar matbuoti xususidagi ma’lumotlar keltirilgan. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


1-bob. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA AYOL 

JURNALISTLAR: XORIJIY VA MILLIY TAJRIBA 

 

O‘zbekiston OAVda bugungi kunda avvalgi davrlarga qaraganda ko‘proq 

xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda. Mamalakatimiz OAV tarkibida ayollar bosh 

muharrir, muharrir o‘rinbosari,  tahririyat mas’ul kotibi, bo‘lim rahbari  va  muxbir 

lavozimlarida ishlab kelmoqda. Ayni chog‘da  ular asosan maishiy yoki ko‘ngilochar 

mavzularni yoritish bilan band. Bunday manzara nafaqat O‘zbekiston matbuoti, balki 

Yevropa mamlakatlari OAVda ham kuzatiladi. Masalan, Shvetsiyada jurnalistika 

sohasida mehnat qilayotganlarning ko‘pchilik qismi ayollardan iborat. Biroq jamiyat 

hayotini, kundalik voqealarni yoritishda ular erkak jurnalistlar bilan teng imkoniyatga 

ega bo‘lish uchun kurash olib borishmoqda.  BMTning OAV monitoringi borasidagi 

global loyihasi (GMMP) 1995-yildan buyon har besh yilda o‘tkazib kelayotgan 

tadqiqotlariga ko‘ra, 2005-yilda yangiliklar dasturi boshlovchilarining 57 foizi 

ayollardan iborat bo‘lgani holda, yangiliklarning 29 foizi ayol muxbirlar tomonidan 

yozilgani ma’lum bo‘lgan.  

Ayni chog‘da, 32 foiz dolzarb yangiliklar ayollar tomonidan yozilgan yoki 

yoritilgan. Xotin-qizlar asosan (40 foizgacha) ijtimoiy masalalar, oila, san’at, maishiy 

hayot kabi “yengil” mavzularda materiallar tayyorlagan. 2000-2005-yillarda ayol 

boshlovchi va muharrirlar soni quyidagicha bo‘lgan: 

 Diagramma v svete so s. Kirilicheskoy 3 

Gazeta 


muxbiri  

 

Radio 



muxbiri 

Telemuxb


ir 

Radiobos


hlovchi 

Telebosh


lovchi 

000 


26 28 

 

 



36  44 

56 


005 

28 46 


42 

47 


57 

 

DAT TABLITSU  V FORME DIAGRAMMЫ KAK V ORIGINALE (S.3) 

GMMP  aniqlashicha, ko‘p sonli ayollar o‘z malakasini oshirib, sohaga kirib 

kelmoqda, ammo prodyuser, rahbar, bosh muharrir va noshirlar orasida ular soni  

kamligicha qolmoqda. Kanada gazetalar uyushmasining 2002-yilgi tadqiqotida qayd 

etilishicha, bosh muharrirlarning atigi 8 foizi, noshirlarning bor-yo‘g‘i 12 foizi 

ayollardan iborat.  

Sharqiy Afrika jurnalistlari uyushmasi (EAJA) 2008-yilda mintaqalardagi 

tahririyatlarning 20 foizini ayollar tashkil etgani haqida ma’lumot bergan. Doimiy 

mehnat bilan shug‘ullanib kelgan onalar  ishxonadagi stress, qo‘rqitish va ta’qib 

holatlari, nomaqbul mehnat taqsimoti va noqulay ish vaqti tufayli to‘liqsiz, vaqtincha 

yoki jamoatchilik asosida ishlashga o‘tgan. Bu esa, o‘z navbatida, ish ta’minoti, 

lavozimga ko‘tarilish, yuridik maqom va shartnomadagi erkak hamkasblar ega 

bo‘lgan huquqlardan foydalanish borasida ularning ahvolini murakkablashtirmoqda.  



 Janubiy Afrika mamlakatlarida jinsiy zo‘ravonlik ochiq muhokama 

etilmaydigan muammo bo‘lib qolmoqda. Tegajog‘lik qilish, nomaqbul elektron 

maktub, xat-xabar yo‘llash, ishxonada pornografik suratlar namoyish qilish, axloqsiz 

gap-so‘zlar va h.k. xatti-harakatlar jinsiy zo‘ravonlik shakllari sanaladi va bu 

jabrdiydaning shaxsiyatiga, ishchanlik qobiliyatiga va xulq-atvoriga salbiy ta’sir 

ko‘rsatadi.    

Ba’zi mamlakatlarda esa trening va ta’lim imkoniyatining pastligi, oshkora yoki 

yashirin kamsitish amaliyoti (komendantlik soati, bolalarga g‘amxo‘rlikning yo‘qligi), 

zo‘ravonlik va ishga yollashda ochiqdan-ochiq tegajog‘lik qilish singari muammolar 

kun tartibida turibdi.   

  Ilgari erkaklar “qo‘riqxona”si sanalgan harbiy muxbirlar klubiga so‘nggi 

yillarda ayollarning dadil kirib kelishi muhim yutuq sanaladi. Ayni chog‘da, xayrixoh 

ish beruvchilar ayollar qurolli to‘qnashuvlar kechayotgan hududlarda qo‘shimcha 

xatarga yuzma-yuz kelishini ham unutmasligi kerak. Ular erkak hamkasblari boshdan 

kechiradigan xavfga ro‘baro‘ bo‘lib qolmay,  zo‘ravonlik, qo‘rqitish va kamsitish 

singari tahdidlar bilan ham yuzma-yuz bo‘ladilar. Qolaversa, ayollar o‘z jonini 

qutqarish uchun erkaklar bichimi va o‘lchamida ishlab chiqarilgan xavfsizlik 

vositalaridan foydalanishga majbur bo‘ladi. Xalqaro axborot xavfsizligi instituti 

(INSI) 2005-yilda chop etgan Urushni yorituvchi ayollar haqidagi hisobotida savolga 

tutilgan ayollarning 82 foizi ixtiloflarni yoritish chog‘i jismoniy hamla yoki qo‘rqitish 

qurboni bo‘lganini aytgani qaid etilgan.    

Ko‘plab mamlakalarda haligacha “pay gap” (erkaklar va ayollar uchun turlicha 

maosh to‘lash) amaliyoti mavjud. Aksariyat davlatlarda “yopishqoq pol” (sticky 

floors), “oynavand shift” (glass ceilings) kabi istilohlar ayollarning yoshi o‘tgani sari 

noteng maosh farqi oshib borayotgani, ular lavozim borasida erkak hamkasblariga 

yon berishga majbur bo‘layotganini ifodalaydi. Xodim manfaatiga zid ravishda qat’iy 

belgilangan ish soati yoxud farzand tarbiyasi uchun ta’til olgan ayollarning jarimaga 

tortilishi kabi nobop ish amaliyoti noteng maosh to‘lashga doyalik qilmoqda.       



 

 

 



 

 Jahon jurnalistikasi doirasida ayollar harakati kuchayishi bilan jurnalistlar 

uyushmalarining ayol a’zolari soni oshdi. Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi (XJF) 

ayol-jurnalistlar maqomi bo‘yicha 2001-yilda o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra, ularning 

ijodiy uyushmalarga a’zolik ko‘rsatkichi – 28,75 foiz va mintaqalardagi uyushmalar 

boshqaruvida qatnashayotgan ayollar soni OAV boshqaruvidagilardan ko‘ra ko‘proq. 

Umuman olganda,  uyushmalar boshqaruv idoralarining 17 foizi ayollar hissasiga 

to‘g‘ri kelgan. XJFning 2008-yilgi hisobotiga ko‘ra, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va 

Eronda uyushmalar boshqaruvining 11,7 foizinigina ayollar egallagan. 

Jurnalistika uyushmalari va birlashmalarida ayol a’zolar sonini oshirish shunisi 

bilan ham muhimki, bu qalam ahli orasida gender tengligi istiqbolini kafolatlashga 

xizmat qiladi. Ijodiy uyushmalarda ularning o‘rni mustahkamlanishi bilan 

uyushmalarning gender masalasiga munosabati ham tubdan o‘zgaradi. “Boshqaruvda 

ayollar yetarli miqdorda bo‘lmas ekan, uyushmalar na bo‘lajak ayol a’zolari 

ishonchini oqlaydi, na ishchi ayollarning tashvishlariga teng sherik bo‘la oladi”, deb 

hisoblaydi Xalqaro Mehnat Tashkiloti. 

Kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bir talay. Hali-xamon “biz erkaklar 

klubimiz” degan eskicha qarashda qolayotgan ko‘plab uyushmalarda ayollar soni 

kamligicha qolmoqda. Shubhasiz, ayrim mintaqalarda urfga kirib qolgan yanglish 

odatlarga barham berish muhim vazifa bo‘lib turibdi. Erkak va ayolga turlicha maosh 

to‘lash, ish va oila hayotini uyg‘unlashtirishdagi qiyinchiliklar, malaka oshirish va 

lavozimga tayinlanish imkoniyatining kamligi, ishxonalarda ayollarga bepisand 

bo‘lish, ularni qo‘rqitish,   kaltaklash va OAV yangiliklarida gender masalasining bir 

tomonlama yoritilishi bilan bog‘liq tashvishlar - bularning barchasi jurnalistlar 

uyushmalari ko‘tarishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalardir.  


 

Jurnalistlar uyushmalarida ayollarning ishtiroki (XJFning ayol jurnalistlar 

maqomiga oid hisobotidan,  foizda(uyushmalarning ayol a’zolari  va uyushmalar 

boshqaruvidagi ayollar),  2001) 



Illyustratsiya s originala –tablitsa v svete. 

Mintaqalar 

10 % 

20% 

30% 

40% 

50% 

60% 

 

Osiyo-Tinch 

okeani 

davlatlari 

12 

     

7      

Evropa 

  37

  

 

 

19 

 

 

 

Amerika 

   49 

  

  

30

  

Afrika 

17 

     

8

 

 

 

 

 

 



Uyushmaning erkak va ayol faollari OAVda gender tengligi borasidagi 

yondashuvga ta’sir ko‘rsatish uchun bir qator usullarga murojaat etishlari mumkin: 

- ma’lumot to‘plash: uyushma doirasida gender tengligi borasida xabardorlikni 

oshirish aniq ma’lumotlar to‘plashni talab etadi. O‘zgarishlarni amalga oshirishda 

ayollarning uyushmalarga a’zoligi, boshqaruvdagi ishtirokiga doir raqamlar, 

shuningdek, OAVga ishga qabul qilish va maosh to‘lash, OAVda ayollar uchun ish 

vaqti, onalik nafaqasi va boshqa shart-sharoitlarga doir ma’lumotlar muhim 

ahamiyat kasb etadi. Raqamlar  vaziyatni chuqur tahlil qilish, munozaralarda yutib 

chiqish va gender tengligi tamoyilini uyushma yoki birlashmaning ustuvor 

maqsadi sifatida belgilashda yordam beradi.    



 

 

 

 

 

 

 

Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Eron ijodiy uyushmalari boshqaruvida ayol 

jurnalistlar. XJF, 2008 

 

Mamlakat Uyushma  Boshqaruv 

a’zolarining 

umumiy soni 

Boshqaruvdagi 

ayollar 

Foizda 

Jazoir  


 

 

  



 

SNJ 

9 

0 0 

Bahrayn  

 

 

BJA 11  1 

Misr    


 

 

 

EJS 

13 1  7,7 

Eron AOIJ 10  1 

10 

Iroq    


 

IUJ 


11 



Quvayt  

KJA 


7

1

14,3 



 

 

 



Livan  

 

 



 

LPO 12  0 

Marokash    



 

SNPM 19 


26,3 


Falastin  

 

 



 

PJS  




Sudan  

 

 



SJU 30  4 

13,3 


Tunis SNJT 9 

33,3 



BAA UAE 

JA 


22,2 



Yaman YJS 

13 


7,7 


 

 

 

 

 

 

 

 

O‘zbekistonda Milliy matbuot markazining 2003-yilda o‘tkazgan tadqiqotiga 

ko‘ra, 1397 nafar ro‘yxatga olingan jurnalistlarning 407 nafarini, ya’ni 29,1 foizini 

ayollar tashkil etgan

7

. O‘sha yili ro‘yxatga olingan 691 ta gazeta va jurnal 



muharrirlaridan 77 nafari, ya’ni 11 foizi ayollar bo‘lgan

8

. Xotin-qizlar nashrlari soni 



ko‘paygan. Ularga muharrir sifatida ayollar tayinlangan bo‘lsa-da, jamiyatdagi gender 

ziddiyatlarini bartaraf etishdagi ahamiyatini, jurnalistlar materiallarining sifati  va 

ta’sirchanligini, ijodiy xodimlarining kasbiy malaka va gender madaniyatini 

muntazam oshirib borish zarur bo‘ladi. 

 

 

 Xalqaro 



Jurnalistlar 

Federatsiyasining (XJF) GENDER KENGASHI 

 

 

XJFning ayollar va erkaklar tengligini ta’minlash  bo‘yicha sa’y-harakatlarini 



tashkilotning o‘zida tuzilgan Gender kengashi kuzatib boradi. XJFning Gender 

kengashi dunyoning turli mintaqalaridagi bo‘limlari tomonidan nomzod sifatida 

ko‘rsatilgan ayol va erkak a’zolardan tashkil topgan 

(

http://www.ifj.org/assets/docs/140/127/30eb48c-5edec7f.doc



). Kengash XJFning 

gender siyosatini rivojlantiradi, mazkur siyosatning bo‘limlar tomonidan qabul 

qilinishi va amalga tatbiq etilishini ta’minlaydi hamda milliy uyushmalar faoliyatiga 

ko‘maklashadi. Kengash – teng huquqlilikni targ‘ib etuvchi va XJF maqsadlariga 

xizmat qiladigan trenerlarni tarbiyalovchi yetakchi mutaxassislarning jamoasi hamdir. 

Kengash yilda bir marta yig‘iladi, XJFning tenglikni ta’minlash  kampaniyasi 

                                                 

7

 Ўзбекистон оммавий ахборот воситалари ва журналистлари.-Т.:МММ, 2003.-Б.5-39 



8

 Ўша манба-Б.40-138. 



faoliyatiga baho beradi, kelgusi yil dasturi va byudjet taqsimotini hamda XJF Ijroiya 

qo‘mitasi faoliyatiga doir hisobotlarni tasdiqlaydi. Bu boradagi batafsil ma’lumotlarni 

XJFning gender masalalari bo‘yicha quyidagi elektron manzildan olish mumkin: 

pamela.moriniere@ifj.org 

 

 

Endi bevosita milliy OAV faoliyatiga nazar tashlasak.  O‘zbekistonda milliy 



matbuot, xususan, bosma nashrlarning paydo bo‘lishini 1906-yilning 27-iyun 

sanasidan  chiqa boshlagan “Taraqqiy” gazetasi bilan bog‘laymiz. O‘sha davr ehtiyoji 

mevasi o‘laroq bu gazeta nafaqat ziyolilarni, balki aholini ham o‘z ortidan ergashtirdi, 

ularning junbushga kelishiga turtki berdi, desak xato bo‘lmas. Ikki oy o‘tar-o‘tmas 

tashkil etilgan “Xurshid” (1906-yil 6-sentabr), “Shuhrat” (1907-yil 1-dekabr), 

“Tujjor” (1907 -yil 21-avgust), “Osiyo” (1908-yil 9 aprel), “Turon” (1912-yil 11-iyul) 

gazetalari sahifalaridagi “o‘tli” maqolalar, fel’etonu-tanqidga yo‘g‘rilgan hajvlar 

o‘sha davr kishisining hayoti, tafakkuri va maqsadlariga ta’sir ko‘rsatishda mayoq 

bo‘ldi. Mazkur nashrlarning milliy g‘urur, iftixorga tegadigan yoki aksincha, ularni 

ko‘taradigan hodisalarga dadillik bilan munosabat bildirgani hali-hanuz jasorat 

sanalmoqda.  

O‘sha davrda, ayni jaholat jahli murakkab bo‘lgan pallada ayollar mavzusi, 

ularning huquqlari va taqdiriga doir chiqishlar ham mazkur nashrlar sahifalaridan 

o‘rin oldi.  1906-1913-yillar oralig‘ida chop etilgan “Samarqand”, “Sadoi Turkiston”, 

“Sadoi Farg‘ona” gazetalari, “Oyina”, ulamolarning “Al-isloh” jurnallari sahifalarida 

xotin-qizlarga doir maktub va maqolalar berila boshlangan. Biz e’tiborimizni ayniqsa, 

“Sadoi Turkiston” gazetasiga qaratmoqchimiz. Zero, mazkur nashr xotin-qizlar 

turmushiga doir materiallarni eng ko‘p va hayotiy yoritgan gazeta bo‘lgan.  



Gazetaning 11-sonida “Toshkandlik bir muallima” imzosi ostida “Turkiston 

muallimalari tarafidan bir sado” sarlavhali material e’lon qilingan. Unda o‘lka 

musulmon xotin-qizlarini o‘qitmaslik oqibatida ular johila bo‘lib qolayotganlari o‘tkir 

hissiyot bilan izhor etiladi. “...Biz Turkiston muslimalari ahvoliga nazar qilinsa, – 

deydi muallima, - ochinmiy mumkin emas. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: rushdiy, e’dodiy 

va oliy maktablar bir tarafda tursun, butun Turkistonimizda muslimalarga maxsus 

Alloi taoloni tanitub din hukmlarini o‘rgatadirgon, Qur’oni karimni tajvid qoidalariga 

muvofiq suratda o‘qutadirgon, ba’zi kitoblarni durust o‘qub ma’nilarin onglatub xat-

savod bildiradirgon va past darajada bo‘lsa ham jug‘rofiya, hisob, tarix va til qoidalari 

kabi foydali dunyoviy ilmlarni bildiradirgon birgina bo‘lsun, ibtido’iy maktablarimiz 

bormi?”

9

 Maqola muallifi otalarga murojaat etib, qizlaringiz uchun olib boradigan 



foydasi yo‘q taqinchoqlarga ketadigan mablag‘larni ular uchun maktablar ochishga 

sarflang, deb yozadi. “Yetar bizni orzu-havasimizni tugallagoningiz! Endi bizni 

o‘qiturga va kishi qatoriga kiriturga g‘ayrat qilingiz! G‘ayrat!” deya maqola tugaydi.  

No‘shiravon Yovushev “Xotin-qizlarimizga bir nazar” (15-son) maqolasida 

o‘qigan ayollar farzandlariga yaxshi tarbiya bera oladi, shu bois ham ularni o‘qitish 

lozim, deb hisoblaydi. Hamzaning “Bid’atmi, majusiyatmi?” sarlavhali maqolasida 

xotin-qizlar orasidagi eng yomon rasmlardan biri – chaqirdi qilguncha vafot etgan 

kelinchakning mayiti ustida “chaqirdi marosimini o‘tkazish” keskin tanqid qilingan 

(11-son). 

Gazeta publitsisti Rauf Muzaffar “Ong umidlari” maqolasida Turkiston xotin-

qizlarining kundalik turmushlarini keng tasvirlagan (36, 39 va 42-sonlar). Bu maqola 

qalam ahllarining xotin-qizlar hayotiga e’tiborini kuchaytirdi. Gazetaning 26-sonida 

chop etilgan “Xonimlar tovushi” sarlavhali materialda toshkentlik Podshoxonim 

Jalilovaning ota-onalarga murojaati keltirilgan. Unda ham xotin-qizlarni o‘qitish, ular 

uchun maktablar ochish talabi aks etgan”

10



“Sadoi Turkiston”ning 1914-yil 23-avgust sonida Sora Muzaffariyaning “Ayb 

o‘zimizda” sarlavhali maqolasida ham dolzarb masala ko‘tarilgan. Muallifning 

yozishicha, tatar xotin-qizlari ham musulmondirlar. Lekin ular o‘z haq-huquqlarini 

talab qilib maktablar, kutubxonalar, qiroatxonalar, jamiyatlar ochdilar, 

dorilfununlarga kirib o‘qimoqdalar, hatto xorijdagi oliy o‘quv yurtlarini 

bitirmoqdalar. Shunday bir holda, Turkiston muslimalari g‘aflat uyqusida yotibdi, 

ulardan sado chiqmaydi. Bu jihatdan ularning o‘zlarida ham muayyan ayb bor, deb 

o‘lka xotin-qizlarini harakatga da’vat etadi. Bu da’vatga javob tariqasida 

Podshoxonim Jalilovaning “Turkiston xotun-qizlarig‘a bir sado” sarlavhali murojaati 

gazetaning 45-sonida e’lon qilingan. 44-sonida esa, Toshkentdagi tatar xonimlari 

tomonidan tashkil qilingan komitetning Birinchi jahon urushida majruh bo‘lgan 

soldatlarga yordam uchun uyushtirgan ilk  tadbirining natijasi keltirilgan.  

                                                 

9

 Б.Дўстқораев. Ўзбекистон журналистикаси тарихи.- Т.: Ғ.Ғулом номидаги НМИУ, 2009. – B. 222. 



10

 O‘sha manba,-B. 223. 



“Sadoi Turkiston” birinchi bo‘lib mahalliy xotin-qizlardan chiqqan shoira 

Nozimaxonimning “Faryod” she’rini 1914-yil 18-iyul sonida e’lon qildi. Bu bilan u 

mahalliy xotin-qiz ijodkorlarning asarlarini dadillik bilan chop etishni boshlab berdi

deyish mumkin.  Xullas, bu kabi materiallar Turkiston o‘lkasida asriy g‘aflatda 

bo‘lgan musulmon xotin-qizlarida ham milliy uyg‘onish sodir bo‘lishiga katta ta’sir 

ko‘rsatdi. Bu mavzuga hatto ulamolar ham befarq turolmadilar. Ular shariat ahkomlari 

bo‘yicha ayollar qanday huquqlarga egaligi haqida yozdilar (47 va 51-sonlar)

11

. Bir 



gazeta misolida o‘sha davr ayollarining dardi, turmushi,  ruhiyati ko‘z oldimizda 

yaqqol namoyon bo‘ladi. Garchi u vaqtlar bu mavzuda juda kam axborot e’lon 

qilingan esa-da, aksar materiallarning kinoya va tanqid ruhidaligi kishi e’tiborini 

tortadi. Ijtimoiy zarurat tufayli vulqonday portlab chiqqan maqolalar ayollarning o‘z 

haq-huquq va qadr-qimmatlarini bilishga chorlabgina qolmay, boshqalarga ham buni 

isbotlashga intilgan.  

Mustaqillik yillarida milliy matbuot tarkibida xotin-qizlar nashrlarining 

ko‘payishini axborot bozoridagi bunday turdagi gazeta-jurnallarga bo‘lgan ehtiyoj 

o‘sishi hamda jamiyatda xotin-qizlar ijtimoiy faolligi oshgani  bilan izohlasa bo‘ladi. 

Aynan ayollar uchun mo‘ljallangan nashrlar soni respublika miqyosida 30 taga 

yaqinlashdi. Ularning tashkil topish davriga nazar solsak, asosan 2006-2010-yillarga 

to‘g‘ri kelmoqda. Milliy matbuotda ayollar mavzusiga siyosat darajasida yondashish 

ham ayni shu yillarga to‘g‘ri keladi. Ularning kattagina qismi Respublika xotin-qizlar 

Qo‘mitasi hamda uning viloyatlardagi bo‘limlari tomonidan ta’sis etildi. Ular bilan bir 

qatorda axborot bozorida  nodavlat nashrlarining ham faolligi oshmoqda. Bu esa 

nashrlar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirib, milliy  jurnalistikaga yangi g‘oyalar, 

yondashuvlar va janrlar xilma-xilligi kirib kelishini ta’minlamoqda.  

Avval O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, uning barcha viloyatlar, poytaxt va 

Qoraqalpog‘istonda chop etiladigan nashrlariga to‘xtalamiz. O‘zbekiston matbuot va 

axborot agentligining 2014-yil sentyabr oyida o’tkazgan monitoringi quyidagi 

ma’lumotlarni to‘plashga imkon berdi. 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling