Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-§. Jinoyat qonunini sharhlash
- NOTA BENE ! Jinoyat qonunini sharhlash
- NOTA BENE ! Analogiya
- Rasmiy sharh
- Sud sharhi
- Norasmiy sharh
- Grammatik sharhlash
- «Jinoyat qonuni» mavzusi yuzasidan yakuniy savollar
- Qo‘shimcha adabiyotlar O‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar
JK 13-moddasi 2-qismining qoidasiga muvofiq, qonunning orqaga qaytish kuchi jinoyat sodir etgan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llanadi. Bu o‘rinda ularning sudlangan-sudlanmagani, ularga belgilangan jazo tayinlangani yoki tayinlanmaganining ahamiyati yo‘q. Biroq, shuni hisobga olish kerakki, yangi qonunga muvofiq sodir etilgan jinoiy harakat yengilroq jazolanib, aslida aybdorga yangi qonun bo‘yicha o‘rnatilgan jazo doirasidan tashqari chiqqan holda ish tutilgan bo‘lsa, u holda belgilangan jazoning yuqori chegarasi yangi qonunda ko‘zda tutilgan maksimumga qadar kamaytirilgan bo‘lishi zarur 2 . Shuni ham yodda tutish lozimki, qonunning orqaga qaytish kuchi faqat jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. 1
учун жазо тайинлаш амалиёти тўғрисида”ги 1-сонли қарори // Тўплам. 2-жилд – 235-236-б. 2
Қаранг: масалан: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 2001 йил 29 августдаги “Жиноий жазоларнинг либераллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Жиноят, Жиноят-процессуал кодекслари ҳамда Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига ўзгартиришлар ва қўшимчалар киритиш ҳақида” ги Ўзбекистон Республикаси қонунини амалга киритиш тартиби тўҳрисидаги 255-II-сон қарори, 4-банд. 103
Shunga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxslarga, aytaylik, «qonunlar oralig‘i» deb atash mumkin bo‘lgan haddan ortiq yumshoq qonun qo‘llanilmaydi. Ayni vaqtda shuni ta’kidlash kerakki, qonunning orqaga qaytish kuchi jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan, ya’ni sud va tergov ishlariga jalb qilingan yoki tayinlangan jazoni o‘tayotgan shaxslarga nisbatan amal qiladi. Shu sababli jinoyat sodir qilgandan keyin qabul qilingan, lekin jinoiy javobgarlikka tortgunga qadar o‘z kuchini yo‘qotgan qonun bunday jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 5-§. Jinoyat qonunini sharhlash Jinoyat qonunini amaliyotga tatbiq etishda uni maxsus sharhlashga bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘ladi. Sharhlash jinoyat tarkiblarining baholovchi belgilarini, bir qator atamalarni, JKning Umumiy va Maxsus qism normalarining ma’nosini tushunish uchun kerak. Sharhlashga faqatgina istisno holatlarida, ya’ni elementar huquqiy amaliyotdagina ehtiyoj yo‘q.
qismlarini ulardagi atama va tushunchalarning mazmun-mohiyatini ochish orqali tegishli modda mazmunini tushunish yoki tushuntirishdan iborat bo‘lgan fikrlash jarayonidir.
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat huquqida jinoyatni analogiya asosida aniqlashga va jazolashga yo‘l qo‘yilmaydi. NOTA BENE ! Analogiya deganda, jinoyat huquqida, jinoyat qonunida to‘g‘ridan- to‘g‘ri ko‘rsatilmagan holatlarga, u yoki bu belgilariga ko‘ra o‘xshash qonunni qo‘llash tushuniladi.
Analogiya bo‘yicha qonunni qo‘llash qonuniylikni buzish, jinoyat sodir qilmagan shaxslarni asossiz repressiya qilishga olib kelgan bo‘lardi. 104
Milliy jinoyat qonunchiligida analogiyani qo‘lashdan voz kechish uning rivojlanishidagi muhim etaplardan biri hisoblanadi. Fanda turli xil sharhlash usullari ajratilib ko‘rsatiladi. Majburiy yoki majburiy emasligiga ko‘ra sharhlash rasmiy va norasmiy sharhga bo‘linadi.
Qonunlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan sharhlashga autentik sharhlash deyiladi. Yuridik adabiyotlarda sharhlashning bu turi ko‘pincha legal sharhning bir turi sifatida ko‘riladi 1 .
Konstitutsiyaviy sud tomonidan amalga oshiriladi. Konstitutsiyaning 109- moddasi 1-qismiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh berish hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlash kabi vakolatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga taqdim etilgan 2 .
Қаранг.: Уголовное право. Общая часть: Учебник / А.С. Якубов, Р. Кабулов и др. – С. 120. 2
Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24 апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX, XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93- моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига, 83-
моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110- моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109- моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган 105
Sud sharhi jinoyat ishini ko‘rib chiqishda turli instansiya sudlari tomonidan amalga oshiriladi. Sud sharhi ikkiga bo‘linadi : kazual va normativ.
yuzaga kelgan va faqat o‘sha ish uchun majburiy bo‘lgan sharh. Qonuniy kuchga kirgan sud hukmi ushbu hukm bilan bog‘liq bo‘lgan barcha fuqarolar, mansabdor shaxslar, korxona, muassasa va tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. Ba’zi hollarda sharhlashning bu turi sud pretsedenti xususiyatiga ega bo‘ladi. Advokatura, prokuratura va sud faoliyatini axborot bilan ta’minlash uchun alohida jinoyat ishlari bo‘yicha yuqori instansiya sudlarining qarorlarini o‘z ichiga olgan Oliy sud axborotnomasi chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarida o‘z ifodasini topgan sharhlash normativ sharhlashdir. Oliy sud Plenumi sud amaliyotini o‘rganadi, sud statistikasini umumlashtiradi va jinoyat ishlarini ko‘rishda sudlarga tushuntirishlar beradi. Bu tushuntirishlar sudlar, mansabdor shaxslar va boshqa organlar uchun ishlarni ko‘rib chiqishda orientir vazifasini bajarishi kerak. Bu holatda shuni ta’kidlash kerakki, Plenum qarorlari Jinoyat huquqining manbasi bo‘lib hisoblanmaydi. Plenum qarorlariga Jinoyat huquqining manbasi sifatida yondashish Konstitutsiyaning 112-moddasi 1-qismida ifodalangan «sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar» degan qoidaga va O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi Jinoyat kodeksidan iboratdir deb ifodalangan JK 1-moddasiga ziddir. Biroq o‘z navbatida, Oliy sud Plenumi tomonidan qabul qilingan hujjatlar Konstitutsiyaning 110-moddasi 2-qismiga ko‘ra qat’iy va O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir. Oliy sud Plenumining rahbariy qarorlari tavsiya qiluvchi xarakterga ega va o‘rganilgan sud amaliyotidan kelib chiqib qonunni to‘g‘ri va aniq qo‘llashga imkon beradi. Ba’zida, yuridik adabiyotlarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki advokatlar tomonidan amalga oshiriladigan professional sharh қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 62 б. 106
haqida aytilib, u ham sud tomonidan sharhlashning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Norasmiy sharh o‘z ichiga ilmiy-doktrinal va oddiy sharhni qamrab oladi.
Doktrinal (ilmiy) sharhlash jinoyat huquqi sohasidagi huquqshunos olimlar, mutaxassislar tomonidan beriladi. Majburiy ahamiyatga ega bo‘lmagan doktrinal sharhlash huquqni qo‘llash organlari xodimlariga ularning professional huquqiy ongini shakllantirgan holda JK normalarining mohiyatini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi.
fuqarolar tomonidan berilishi mumkin (masalan, jurnalistlar tomonidan ommaviy axborot vositalarida). Uning ahamiyati shundaki, bu sharhlash umumiy prevensiya masalalarini yechishda fuqarolarning huquqiy ongini oshirishda ta’sir kuchiga ega. Hajmiga ko‘ra, sharhlashning uchta turini ko‘rsatishadi: so‘zma-so‘z, cheklangan va kengaytirilgan sharh.
unda ishlatilgan atamalarga va ifodalarga so‘zma-so‘z mos bo‘lishi kerak. Normaning mazmuni uning qonundagi verbal ifodasiga to‘liq mos bo‘lishi shart. Boshqacha aytganda, qonunning formal tomoni uning mazmunini belgilaydi.
nisbatan kichikroq bo‘ladi. Masalan, JK 124-moddasida tamagirlik yoki boshqa past niyatlarda qasddan bolani almashtirib qo‘yish uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Ko‘rsatilgan moddaning tahriridan kelib chiqib, bola deganda, yangi tug‘ilgan chaqaloq nazarda tutilganmi yoki voyaga yetmagan bolami degan savolga javob berish kerak bo‘ladi 1 .
1
Бола ҳуқуқлари тўғрисидаги Конвенциянинг 1-моддасига мувофиқ, ҳар бир инсон ўн саккиз ёшга тўлгунига қадар бола ҳисобланади, агарда мазкур болага қўлланиладиган қонунга асосан у балоғатга олдинроқ етмаса (Қаранг: Бола ҳуқуқлари тўғрисидаги Конвенция (БМТ Бош Ассамблеясининг 1989 й. 20 ноябрдаги 44/25- Резолюцияси билан қабул қилинган ҳамда имзолаш, ратификация қилиш ва қўшилиш учун очилган, Ўзбекистон Республикаси учун 1994 й. 29 июлдан бошлаб Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг 1992 й. 9 декабрдаги 757-XII-сон қарорига асосан кучга кирган ). 107
onalar bolani tanib olishlari qiyin bo‘lganligi uchun) bu holatda yangi tug‘ilgan chaqaloq nazarda tutilganligini ta’kidlash mumkin. Kengaytirilgan sharhda sharh qonunning asosiy matnidan katta bo‘ladi. Masalan, JK 180-moddasi soxta bankrotlik uchun javobgarlikni nazarda tutgan, ya’ni amaldagi obyektiv haqiqatga zid ravishda xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z kreditorlari oldida iqtisodiy jihatdan nochorligini e’lon qilish va ularga ko‘p miqdorda zarar yetkazish. Bunda ko‘p miqdordagi zarar tushunchasining mohiyatini ochib berishga to‘g‘ri keladi. Bundan kelib chiqqan holda 180-modda faqatgina eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 300 baravari miqdorda zarar yetkazilganda emas, balki 300 baravar va undan ko‘p miqdorda zarar yetkazilganda qo‘llanilishi mumkinligini aytishimiz mumkin. Sharhlash usuliga ko‘ra mantiqiy, grammatik, tarixiy va tizimli sharhlash ajratib ko‘rsatiladi. Mantiqiy sharhlashda qonun normasi mantiq qoidalari asosida sharhlanadi. Shuni aytish lozimki, ba’zi olimlar mantiqiy sharhlashni mustaqil sharhlash deb hisoblashmaydi va barcha sharhlash turlari mantiq qoidalari asosida amalga oshirilishini ta’kidlashadi1.
grammatika, morfologiya, sintaksis qoidalariga muvofiq qonunning mazmunini aniqlashga yordam beradi.
normalarini ilgari mavjud bo‘lgan jinoyat-huquqiy normalarga solishtirgan holda ularning mohiyati ochib beriladi.
va boshqa jinoyat-huquqiy normalar hamda institutlar bilan solishtirish va muayyan bir normaning jinoyat qonunchiligida tutgan o‘rnini aniqlashga imkon beradi. Shuni ta’kidlash lozimki, qonunni sharhlash doimo uni amalga oshirishning usul va yo‘llari majmuasi bilan birgalikda olib boriladi. Masalan, sud tomonidan sharhlash sharhlashning grammatik, kengaytirilgan va tizimli turlari bilan birga moslashtirilgan holda amalga oshiriladi. 108
«Jinoyat qonuni» mavzusi yuzasidan yakuniy savollar 1. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi manbasi nima? Sud pretsidenti nima? 2. Xalqaro huquq normalari O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi normalaridan ustuvormi? 3. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunining konstitutsiyaviy asoslarini tavsiflab bering. 4. Jinoyat qonunining yuridik asosi nimada? 5. Jinoyat qonunining tuzilishi qanday? JK Umumiy va Maxsus qismi moddalari turlari va strukturasini tavsiflab bering. 6. Sanksiyaning qanday turlari JKda qo‘llanilmaydi? 7. Jinoyat qonuni amal qilishining hududiylik prinsipi mazmunini yoritib bering. O‘zbekiston hududi deganda nimani tushunasiz? 8. JK amal qilishining eksterritoriallik prinsipi nimani tashkil qiladi? 9. Fuqaroviylik prinsipi mazmunini yoritib bering. 10. Jinoyat qonuni amal qilishining universal prinsipini yoritib bering. 11. Ekstraditsiya deganda nima tushuniladi? 12. Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi deganda nima tushuniladi? Moddiy tarkibli, formal tarkibli va keskin tarkibli jinoyatlarni ta’riflab bering. 13. Qaysi jinoyatlarga taalluqli ravishda ularni sodir etish vaqtini tushunish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi? 14. «Jinoyat qonunining orqaga qaytish kuchi» tushunchasini yoritib bering. Qonunning orqaga qaytish kuchining ma’nosi nimadan iborat? 15. Jinoyat qonunini sharhlash deganda nimani tushunish lozim? 16. Jinoyat qonunini rasmiy sharhlash qanday turlarini o‘z ichiga qamrab oladi? Sharhlashning qanday turlari norasmiy hisoblanadi? 17. Jinoyat huquqida analogiya nima? 109
Qo‘shimcha adabiyotlar O‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar Абзалова Х.М., Неъматов З.К., Раджабова М.З. Компаративный анализ уголовного законодательства Германии, Франции, Испании, Польши и Латвии. Монография. // Отв.ред.: ю.ф.д., проф. Р.А.Зуфаров –Т. ТГЮУ, 2018 – 191 с. Беляев В.Г. Применение уголовного закона. Волгоград, 1998. – 124 Б.
Бойцов А.И. Действие уголовного закона во времени и пространстве. – СПб.: «Юридический центр Пресс», 1995. – 207 Б. Закон: создание и толкование / Под ред. А.С. Пиголкина. – М.: 1998. –
283 Б. Керимов Д.А. Законодательная техника: Научно-методическое пособие. – М.: 1998. – 127 Б. Клеонова Т.В. Основы теории кодификации уголовно-правовых норм. – Самара: 2003. – 244 Б. Коняхин В.П. Теоретические основы построения Общей части российского уголовного права. – СПб.: «Юридический центр Пресс», 2002. – 348 Б.
Салаев Н.С. Пенитенциар тизимнинг профилактик функцияси самарадорлигини ошириш. Монография. –Т.: ТДЮУ, 2017. – 310 б. Сальников В.П., Степашин С.В., Хабибулина Н.И. Государственная идеология и язык закона: Монография. – СПб.: «Юридический центр Пресс», 2001. – 208 Б.
пособие. – М.: 2000. – 112 Б. Щепельков В.Ф. Уголовный закон: преодоление противоречий и неполноты. – М.: «Юрлитинформ», 2003. – 416 Б. Якубов А.Е. Обратная сила уголовного закона. – СПб.: «Юридический центр Пресс», 2003. – 206 Б. 110
Ilmiy maqolalar Абдуқодиров Ш.Ё., Мирзаев У.М. Жиноят қонунчилиги соҳасида амалга оширилган ислоҳотлар ва уни ривожлантириш истиқболлари // Жиноят ва жиноят процессуал қонунчилигини такомиллаштириш масалалари: миллий ва хорижий тажриба. Халқаро илмий амалий конференция материаллари тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2014. – Б. 62-78.
история создания, действительность, переспективы развития // Жиноят ва жиноят процессуал қонунчилигини такомиллаштириш масалалари: миллий ва хорижий тажриба. Халқаро илмий амалий конференция материаллари тўплами. – Тошкент, ТДЮУ, 2014. – Б.14- 29.
Абдурасулова Қ.Р. Давлатчиликнинг жиноятчиликка қарши кураш сиёсатини амалга оширишда декриминализациянинг аҳамияти. // Суд-ҳуқуқ ислоҳотлари устувор йўналишларидан бири бўлган жиноят-ҳуқуқий соҳаларни такомиллаштиришда ёш олимларнинг тутган ўрни. Респблика илмий-амалий конференция материаллари тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2014. – Б.5-13. Абдурасулова Қ.Р. Жиноий қилмишларни декриминализация қилиш тушунчаси, турлари ва ривожланиш истиқболлари // Суд- ҳуқуқ ислоҳотларининг назарий ва амалий масалалари, мавжуд муаммолар ва истиқболлар. Республика илмий-амалий конференция материаллари тўплами. – Бухоро, 2014. – Б.7-12.
амалий аҳамияти. // Жиноят қонунчилигининг либераллаштириши шароитида айрим
жиноятларни декриминализация қилиш масалалари. Респубика илмий-амалий конференцияси материаллари тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2014. – Б.5-12. Абдурасулова Қ.Р., Салаев Н.С. Жиноят
ҳуқуқида декриминализация қилиш масалалари // Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратурасининг Олий ўқув курслари Ахборотномаси. – 2013. №4 (16). – Б. 35-40. 111
Абдурасулова Қ.Р., Эрматов Ғ.О. Декриминализация тушунчаси ва жиноят қонуни айрим нормаларини декриминализация қилиш масалалари // Суд-ҳуқуқ ислоҳотларини чуқурлаштириш шароитида Жиноят кодексини унификация қилишнинг назарий ва амалий жиҳатлари // Республика илмий-амалий конференция материаллари тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2015. – Б. 5-12. Жалинский А. Обратная сила уголовного закона: Правовая позиция Конституционного суда РФ // Ж. Уголовное право. 2006. № 4. –13- б.
Зуфаров Р.А. Либерализация уголовного законодательства и проблемы назначения наказания // Суд-ҳуқуқ ислоҳотларини чуқурлаштириш шароитида Жиноят кодексини унификация қилишнинг назарий ва амалий жиҳатлари // Республика илмий- амалий конференция материаллари тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2015. – Б. 20-23.
Махкамов О.М. Жиноят қонунчилиги таҳлили: амалга оширилган ислоҳотлар ва уларнинг истиқболлари // Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили. Uzbek
Law Review.
Обзор законодательства Узбекистана.Uzbek Law
Review. Обзор
законодательства Узбекистана. – 2015. №3. –Б. 26-30. Махкамов О.М. Мамлакатда жиноий жазоларни либераллаштириш соҳасидаги сиёсати: амалга оширилган ислоҳотлар ва келажакдаги истиқболлар // Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили. Uzbek Law Review. Обзор законодательства Узбекистана.Uzbek Law Review. Обзор законодательства Узбекистана. – 2016. №1. –Б. 36-40. Махкамов О.М. Суд-ҳуқуқ тизимини янада демократлаштириш ва эркинлаштириш шароитида жиноят
қонунчилигини такомиллаштиришнинг янги босқичи // Ҳуқуқ ва бурч. Ижтимоий ҳуқуқий журнал. – №10(130) 2016. – Б. 26-29.
борадаги муаммолар ва уларнинг ечимлари хусусида айрим мулоҳазалар. // Жиноят қонунчилигининг либераллаштириши шароитида айрим жиноятларни декриминализация қилиш
112
масалалари. Республика илмий-амалий конференция материаллари тўплами (2014 йил 29 март). – Т.: ТДЮУ, 2014. – Б. 63-71. Нарбутаев Э.Х. О структурных преобразованиях уголовного законодательства Республики Узбекистан // Ж. Ҳуқуқ–Право–Law. 2001. № 4. – 44–48-б.
декриминализации в уголовном законодательстве. // Сборник материалов Международной научно-практической конференции Современные тенденции развития науки и производства. – Кемерова, 2014. Том II. – C.173-178.
ислоҳоти йўлида. // Адвокат журнали. –2014. №5. – Б. 6-8. Салаев Н.С. Жамият ривожининг янгиланиш босқичида криминализация ва декриминализациянинг зарурати ва истиқболлари // Суд-ҳуқуқ ислоҳотларини чуқурлаштириш шароитида Жиноят кодексини унификация қилишнинг назарий ва амалий жиҳатлари // Республика илмий-амалий конференция материаллари тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2015. – Б. 62-66. Салаев Н.С. Пенитенциар жиноятчилик: тушунчаси, сабаблари ва уни профилактика қилиш // Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили. Uzbek Law Review. Обзор законодательства Узбекистана.Uzbek Law Review. Обзор законодательства Узбекистана. – 2016. №1. –Б. 40-43 Салаев Н.С. Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодекси Махсус қисмидаги муайян қилмишларни декриминализация қилиш масалалари // Суд-ҳуқуқ ислоҳотларининг назарий ва амалий масалалари, мавжуд муаммолар ва истиқболлар. Республика илмий- амалий конференция материаллари тўплами. – Бухоро, 2014. – Б.20- 23.
Тургунбоев Э.О. Жиноят қонунчилигини амал қилиш доирасини такомиллаштириш масалалари (ЖК 13-модда мисолида) // Жиноят ва жиноят процессуал қонунчилигини такомиллаштириш масалалари: миллий ва хорижий тажриба. Халқаро илмий амалий конференция материаллари тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2014. – Б.118-124. 113
Турғунбоев Э.О. Жиноят қонунчилигини либераллаштиришда жиноят қонунининг орқага қайтиш масалалари // Жиноят ҳуқуқининг долзарб масалалари. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари тўплами (2014 йил 22 февраль). – Т.: Ўзбекистон Республикаси Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2014. – Б.23-28. Турғунбоев Э.О. Жиноят ҳуқуқида миқдор белгилари ўзгарганда жиноят қонунининг орқага қайтиш кучи //Фан ва ёшлар. Наука и молодёжь. – 2013. №1.– Б.122-124.
Жиноят ва жиноят процессуал қонунчилигини такомиллаштириш масалалари: миллий ва хорижий тажриба. Халқаро илмий амалий конференция материаллари тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2014. – Б. 87-91. Халикулов У.Ш. Гармонизация и унификация норм уголовного законодательства Республики Узбекистан с учетом процессов глобализации // Суд-ҳуқуқ ислоҳотларини чуқурлаштириш шароитида Жиноят кодексини унификация қилишнинг назарий ва амалий жиҳатлари // Республика илмий-амалий конференция материаллари тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2015. – Б. 37-44. Шакуров Р.Р. Соотношение формы и
поощрительных норм в уголовном праве // Ж. Проблемы физического и нравственного воспитания здорового поколения студентов. 1995. № 1. – 82–84-б.
поощрения // Ж. Конституция – ҳуқуқий давлат қуришнинг асоси. 1998. № 1. – 137–139-б.
114 |
ma'muriyatiga murojaat qiling