Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат


 Texnologik sxemani bayoni


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/56
Sana04.11.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1746883
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
Bog'liq
KURS

2.3 Texnologik sxemani bayoni 


26 
Ўзг. 
 
Вароқ 
 Вароқ 
Хужжат 
Имзо 
Сана 
Omixta yemni rejalashtirilgan assortimentda ishlab chiqarish va korxona ishining 
uzluksizligini ta’minlash uchun xom ashyoning barcha turlari bо‘yicha ma’lum zahira 
tashkil qilinadi hamda sistematik ravishda tо‘ldirilib boriladi. Ishlov beriladigan 
xomashyoning asosiy miqdori temiryо‘l transportida va faqat unchalik kо‘p bо‘lmagan 
qismi avtomobilda yetkazib beriladi.
Zamonaviy omixta yem zavodlari bir maromda ishlash uchun temiryо‘l transporti 
va avtomobil uchun yо‘llar, temir va avtomobil yо‘llaridan xomashyoni qabul qilish 
uchun mexanizatsiyalashgan qurilmalar va xomashyoni sochma hamda tara kо‘rinishida 
saqlashga mо‘ljallangan omborlar bо‘lishi kerak. Idishlardagi xomashyo oddiy 
omborlarda, sochiluvchan kо‘rinishli xomashyo, asosan, silos tipidagi omborlarda va 
zaruriyat tug‘ilganda oddiy omborlarda saqlanadi. Sun’iy yо‘llarda xomashyoni idishsiz 
holda yetkazib berish ortib borayapti, buning natijasida idish uchun, shuningdek, ishlab 
chiqarish joyida xomashyoni idishlarga joylashtirish va iste’mol joyida idishsizlantirish 
uchun ketadigan harajat kamayadi. 
Zavodda mavjud bо‘lgan omborlarga xomashyoni tо‘g‘ri joylashtirish uchun, ya’ni 
ishlab chiqarishga xomashyoning barcha turlarini uzatish imkonini yaratish
shuningdek, uni saqlashnita’minlash maqsadida xomashyoning joylashtirishning oylik 
tezkor rejasi tuziladi. Xom ashyoni joylashtirish sxemasi tuzilganda mavjud omborlar 
sig‘imidan ratsional foydalanish zaruriyati, xomashyoning sifatini (masalan, xо‘l 
proteinning turlicha miqdorga ega bо‘lgan baliq uni partiyalari alohida shtabellarga 
joylashtiriladi) e’tiborga olgan holda joylashtirish, saqlash jarayonida xomashyoni 
minimal darajada tashish zaruriyati e’tiborga olinadi. Xom ashyoni joylashtirish rejasini 
tuzishda ombor maydonining 10 % ombor yumushlari uchun saqlanadi, elevatorlarda 
esa har bir silos osti konveyeri uchun bitta silos zaxira uchun saqlanadi. 
Saqlanayotgan xom ashyo uchun doimiy kuzatuv о‘rnatiladi. Saqlashga 
chidamsizlari ishlab chiqarishga birinchi navbatda uzatiladi. Sifatining 
yomonlashuvi yoki saqlashda о‘z-о‘zidan qizish holati kuzatilganda, uning 
chidamliligini ta’minlovchi va xomashyoni omixta yem ishlab chiqarishga qо‘llash 
uchun zaruriy chora tadbirlar о‘tkaziladi.


27 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling