Fayzullayev sindorning


Yerning suv qobig’i – gidrosferadagi suv miqdori


Download 1.35 Mb.
bet7/15
Sana18.03.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1282424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
sindor tabiat

Yerning suv qobig’i – gidrosferadagi suv miqdori
Butun tabiatda bo’lgani kabi gidrosferada ham suv to’xtovsiz aylanma harakatda bo’ladi.
Gidrosferaga suv mantiyada moddalarning saralanishi oqibatida kirib kelgan. Bu jarayon hozir ham davom etyapti. Gidrosferaga har yili taxminan 1 km3 miqdorda suv qo’shilib turadi. Gidrosferadagi suvning asosiy qismi sho’r. Butun suvning 2,53 % ini chuchuk suv (35029,2 ming km3) tashkil etadi. Lekin suv aylanma harakatda bo’lganligidan chuchuk suv ko’pga o’xshaydi. Aylanma harakat quyosh energiyasi hisobiga bo’ladi. Bir yilda 525 100 km3 suv yog’in bo’lib yog’adi, buni yer yuziga taqsimlansa, 1030 mm dan to’g’ri keladi.
Gidrosfera Dunyo okeanidan, quruqlikdagi suvlar - daryolar, ko’llar va muzliklardan, shuningdek, yer osti suvlaridan iborat. Yer osti suvlari esa hamma yerda - quruqlikda ham, ko’l va dengizlar ostida ham, tog’ va materik muzliklarining tagida ham uchraydi. SHunday qilib, gidrosfera - Yerning bir butun (yaxlit) suv qobig’idir. U ba’zi joylarda, chunonchi okeanlar, ko’llar, muzliklarda alohida maydonni egallab yotsa, boshqa joylarda litosferaga singgan holda, ya’ni yer osti suvlari tarzida uchraydi.
L.P.SHubaevning ma’lumotlariga ko’ra, Yer gidrosferasining umumiy hajmi 1 mlrd. 800 mln. km3 dan ortiq. Buning 1330 mln. kub kilometri okeanlar bilan dengizlarda, salkam 460 mln. kub kilometri yer po’stida, 30 mln, kub kilometri muzliklarda, 750 ming kub kilometri ko’llarda, 1,2 ming kub kilometri esa daryolardadir. Yerdagi suvning bu umumiy hajmi taxminan hisoblangan, chunki yer osti suvlarining hajmi hali unchalik aniq emas.
Hozirgacha topilgan yer osti suvlarining zapasigina hisobga olingan ma’lumotlarga ko’ra, butun sayyoramizdagi chuchuk suv 2,80% ni tashkil etadi; buning 2,15% i muz holatida bo’lib, atigi 0,65% i daryo, ko’l va yer osti suvlariga, 0,001 %i esa havodagi suvga to’g’ri keladi. Suvning asosiy qismi -97,2% i okeanlarning sho’r suvidir.
2 -Rasm



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling