Fayzullayev sindorning
Tabiatda suvning aylanishi
Download 1.35 Mb.
|
sindor tabiat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayrim daryolar suvi “oqimi va sarfi”
Tabiatda suvning aylanishi
Gidrosfera bir butundir. Uning bir butunligi Yer sharining hamma joyida uchrashidagina emas, balki uning ayrim qismlari o’rtasidagi suv almashinuvida aks etgan: okeanlar yuzasidan bug’langan suv troposfera orqali materiklarga kirib kelib, quruqlikdagi yer osti va yer usti suvlarini hosil qiladi va yana okeanlarga oqib ketadi. Gidrosferadagi suv doimiy ravishda aylanma harakatda bo’ladi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra suv doimo aylanma harakatda bo’lib, u okean-atmosfera-quruqlik tizimi orqali bir butun tsiklni vujudga keltiradi. Bu aylanma harakatdagi suvning miqdori quruqlik va dunyo okeanidan bug’langan suv miqdori bilan bog’liq bo’lib, u atmosfera yog’ini sifatida okean va quruqlikka qaytadi. Quruqlikda bug’langan suvning miqdorida o’simliklarning transpiratsiya jarayoni ham muhim ahamiyatga ega. Quruqlikdagi suvlar faqat daryo oqimlari sifatida dunyo okeaniga qaytmasdan, balki bug’lanish va yer ostiga shimilishiga ham sarflanadi Suv tabiatdagi haqiqiy harakatchan jismlar qatoriga kiradi. Gidrosferada suv doimo aylanma harakatda boladi. Suvning katta va kichik aylanma harakati mavjud. Gidrosfera litosfera, havo va tirik organizmlar bilan o’zaro uzviy aloqada bo’lib, o’z navbatida, yer yuzasidagi bir butun tabiatning tarkibiy qasmidir. Geografik qobiqdagi suvning 97 % ga yaqini dunyo okeanida to’plangan bo’lib, bu suvlarning minerallashish darajasi juda yuqori, ya’ni sho’r suvlar hisoblanadi. Qolgan 3 % ga yaqini chuchuk suvlardan iborat. Bu chuchuk suvlarning 75 % i muzliklarda, 25 % ga yaqini yer osti suvlarda(asosan, grunt suvlari) to’plangan. Hammasi bo’lib 0,03 % i daryolarda, 0,3 % ko’llarda to’plangan, 0,035% i atmosferada to’plangan va qolgan 0,06% i tuproqdagi namlik hisoblanadi. 2-Jadval Ayrim daryolar suvi “oqimi va sarfi” Jadvaldan ko'rinib turibdiki, Amudaryo va Sirdaryo o'ziga xos sifat — miqdor ko'rsatkichlariga ega bo'lib, Markaziy Osiyoning suvli muhitini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, ularning tabiiy ekologik ko'rsatkichlari hozir ancha o'zgargan. Bunga sabab, Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlarning ushbu daryolardan foydalanish bo'yicha amalga oshirayotgan, ko'p hollarda, noto'g'ri chora tadbirlaridir. Yer sayyorasidagi mayjud suv muhiti, undagi barcha suv manbalari, nafaqat biosfera unsurlari hayot bag'ishlaydi, shu bilan birga, kurrai zaminimizning iqlim-sharoiti, yillik ob-havo ko'rsatkichlarini uzluksiz ta'minlaydi ham. Buning negizida suvning «aylanma harakati» (bug'lanishi, yog'in-sochin ko'rinishida Yerga qaytib tushishi va hokazo) yotadi. O'z o'rnida ta'kidlash joizki, suv muhitining rnavjudligi, yuqoridagilardan tashqari, Yer sayyorasida juda ko'plab tabiiy jarayonlarning, shu jumladan, modda energiya almashinishining ham, kerakli darajada amalga oshishida eng zarur omil bo'lib xizmat qiladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling