Har qanday fazaning tarkibini – aniqlash uchun lozim bo’lgan tarkibiy qismlarning eng kichik soni erkli komponentlar soni deyiladi. Umuman, erkli komponentlar soni muvozanat sistemasini tashqil qiluvchi tarkibiy qismlar sonidan shu qismlarni boglovchi tenglamalar sonini ayirmasiga teng. Yuqoridagi misolda 3-1=2 ga teng. Sistemaning termodinamik xossalari–temperatura, bosim, hajm, konstentrastiya bilan harakterlanadi. Sistemaning termodinamik xossasini aniqlash uchun zarur bo’lgan parametrlarning eng kichik soni – erkinlik darajalar soni deyiladi. Masalan, sistema gaz holatdagi bir komponentdan iborat bo’lsin. Gazlar holat tenglamasini (PV=nRT) nazarda tutib, bu sistemaning termodinamik holatini aniqlash uchun kamida ikki parametr qiymati ma’lum bo’lishi kerak. Demak, bu misolda erkinlik darajasi 2 ga teng. 2-misol. Ma’lum bir suyuqlik o’zining bug’i bilan muvozanatda turgan bo’lsin (T=const) . Ma’lumki, suyuqlikning bug’ bosimi faqat temperaturaga bog’liq va u o’zgarmas temperaturada o’zgarmas kattalikdir. Ya’ni ma’lum temperaturada ma’lum bosim bo’ladi. Ikki parametr ma’lum bo’lgandan so’ng uchinchi parametr (holat tenglamasi bo’yicha) ham ma’lum bo’ladi. Demak bu sistemaning erkinlik darajasi birga teng ekan. Erkinlik darajalar sonining yana bir ta’rifi mavjud. Erkinlik darajalar soni fazalar sonini o’zgartirmasdan turib ma’lum chegarada o’zgartirilishi mumkin bo’lgan mustaqil o’zgaruvchilar (parametrlar) soniga teng. Buni yuqoridagi misollarda ko’rish mumkin. Geterogen muvozanatning umumiy sharti Har qanday sistemada muvozanatning umumiy shartini komponentlarning kimyoviy potenstiallar yordamida ifodalasak quyidagicha bo’ladi: idni=0 Faraz qilaylik, muvozanat holatidagi sistemada va fazalar mavjud bo’lsin va i-komponent fazadan fazaga o’tsin. Boshqa komponentlar miqdorlari o’zgarmas bo’lsin. Bunda
Do'stlaringiz bilan baham: |