Biz Sizlar bilan o’rtacha bosimlardagi suvning holat diagrammasini ko’rib chiqamiz. (1Mpa gacha). Suvning holat diagrammasi Bu chizmadagi egri chiziqlar ikki fazalar orasidagi muvozanatni bildiradi. OS – suyuq suvning bug’ bosimini temperaturaga bogliqligini ifodalaydi va bug’lanish egrisi deb ataladi. OV – suvni muzlash temperaturasini tashqi bosimga bog’liqlik egrisidir va uni suyuqlanish egrisi deb ham ataladi. OA – muzning bug’ bosimini temperaturaga bog’liqlik yoki sublimatlanish egrisi deb ataladi. 1 – figurutiv nuqta bilan belgilangan sistemaning erkinlik darajasi 1 – figurutiv nuqta bilan belgilangan sistemaning erkinlik darajasi S=3-1=2 Demak, ma’lum chegarada temperatura va bosimni o’zgartirish mumkin va bunda sistemada fazalar soni va xili o’zgarmaydi va sistema ikki (yoki bi) variantlik deyiladi. 2 – nuqtada sistemaning erkinlik darajasi S=3-1=1 ga teng bo’ladi. Demak, bunda yoki temperaturani yoki bosimni (faqat bittasini) ma’lum chegarada o’zgartirish mumkin va sistema bir (yoki - mono ) variantli deyiladi. OD egrisi o’ta sovitilgan suvning to’yingan bug’ bosimini temperaturga bog’liqligini ifodalaydi. Bu metastabil holat bo’lib, bir necha muz kristallari kiritilsa, butun sistema muzlaydi. O nuqtada (uchlama nuqta) uch faza muvozanatda bo’ladi va bunda erkinlik darajasi S=3-3=0 ga teng bo’ladi. Ya’ni sistema variantsiz deyiladi. Ya’ni bu holat faqat ma’lum shart – sharoitda amalga oshirilishi mumkin (r=6,1 g Pa va T=273,157 K (0,00760S) ) Uchlama nuqtadagi sistemaga issiqlik keltirilsa, bu issiqlik muzini erishiga sarf bo’ladi, lekin muz to’la–to’kis eriguncha sistemada bosim ham, temperatura ham o’zgarmaydi. Muz erigandan so’ng, sistemada ikki faza (suyuq suv va buғ) qoladi va sistema bir (mono) variantli (s=1) va bundan keyin qizdirish davom ettirilsa jarayon OS egri bo’yicha boradi. Yuqori bosimlarda har xil (6) modifikastiyadagi muzlar hosil bo’lishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |