Fazilatlami oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi


Download 1.23 Mb.
bet8/8
Sana01.11.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1738543
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bola maktabgacha ta

3. Ota-onalar bilan treninglar o‘tkazish usullari. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun treninglar, munozaralar, test- lar, topshiriqlar, savol nomalar, interfaol metodlar vaqti- vaqti bilan o‘tkazilib turilsa, ayniqsa, maktab yoshidagi 6-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini aniqlashda ota-onalaming ishtirokida olib boriladigan har bir mashg‘ulotlar farzandlarining nimaga qodir ekan- ligini anglab olishlariga yaqindan yordam beradi va bolalarni mak­ tabga tayyorlashda oila a’zolarining mas’uliyati oshardi.
Ta’lim muassasalarida ota-onalar va tarbiyachilar bilan o‘tkaziladigan har bir munozaralar bolalarni maktabning ilk bosqichiga qadam qo‘yishlarini silliqlik bilan o‘tishida yordam beradi hamda sog'lom bola va mustahkam sog‘lom muhit sharoitini yaratishga imkon beradi.
Treninglar maktabgacha ta’lim muassasa uslubchisi, maktabgacha tayyorlov guruh tarb yachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ulaming ota-onalari, boshlang'ich sinif o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilishi bola rivojlanishida to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordam beradi.
Ota-onalarga: «Sizning bolangiz yaqinda yetti yoshga to‘ladi. Uning hayotida yangi tartibli, rejaga asoslangan ta’lim boshlanib, u bolangizni har tomonlama sog‘lom, tetik, mustaqil shaxs sifatida voyaga yetishida zamin yaratish bosqichlariga aylanadi» deb muro- jaat etiladi. Maktab ostonasiga birinchi qadamini qo‘yar ekan sizning bolangiz hayotida o‘chmas, esda qoluvchi damlar boshlanadi, deb savol- nomalar tarqatiladi va yozma ravishdajavob berilishini iltimos qilinadi.

  1. Sizning bolangizda maktabda o‘qishga moyillik bormi?.........

  2. Sizningcha bola maktabga tayyorgarlikni oiladan oladimi?.........

  3. Maktabda muvaffaqiyat]i o‘qib ketishi uchun nima zarur?........

  4. Jismoniy sog‘lom bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor qaratilishi lozim?.........................

  5. Shaxsan sizning bolangiz maktabgacha ta’lim muassasasidan so‘ng maktab sharoitiga moslashishi uchun nimalarga e’tibor qaratar edingiz?...........................

332

  1. Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab ta’limi o‘rtasidagi farqlami bolangiz ongiga singdira olasizmi?..............

  2. Maktab hayotidagi qonun-qoidalami bilishi va unga amal qil- ishiga yordam bera olasizmi?.....................

  3. Maktabgacha ta’lim muassasalaridan qanday talab va istak- laringiz bor?

kabi savollarga javoblar olingandan so‘ng munozarani olib borish uchun ota-onalarga topshiriqlar beriladi:

  • ota-onalaming maktab bo‘sag‘asidagi tashvishlari qay darajada ekanligini aniqlash,

  • maktabga bolalarni har tomonlama tayyorlash uchun ota-ona­ lami qiziqtirgan kitoblaming mavjudligi,

  • bolani sog‘lom muhitda tengdoshlari bilan o‘rtoqlashishga ko‘maklashishi.

  • o‘qish va sanashni bilish darajalarini aniqlashga yordam berish.

  • bolalarni intizomli, tartibli, chidamli va mustaqil fikirlashga undash.

Ota-onalar topshiriqlar yuzasidan o‘zaro munozara qilganlari- dan so‘ng ulaming fikr va mulohazalarini tinglash hamda maktab­ gacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ulami sog‘lomligiga katta e’tibor qaratish, jismonan va aqlan rivojlantirish mas’uliyatini yuklash, muassasalar bilan hamkorlikda ish olib borish vazifalarini bajarishdan iboratligi tushuntiriladi hamda ta’limning keyingi turi - boshlang‘ich sinflarda muvafFaqiyatli ta’lim olishga yo'naltiriladi. Xususan, mustahkam oilada sog‘lom bola tarbiyasi bolalarni ma’rifatli, ishbilarmon, tadbirkor, bugungi bozor iqtisodi- yoti sharoitiga o‘tishning ma’naviy-axloqiy asoslarini to‘g‘ri tushuna oladigan, halol, to‘g‘ri, birovlar haqqiga xiyonat qilmaydigan, xayr- ehson, saxovat va muruvvat kabi fazilatlaming asl ma’nosini yaxshi anglaydigan jamiyat a’zosi qilib tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalari va ota-ona avvalo, o‘zi, qolaversa, farzandlarini ham o‘rgatib bormog‘i, har biri o‘z mas’uliyatini anglab yetmog‘i, ota- ona va tarbiyachi farzand tarbiyasida mohirona bo‘lishi bugungi kun talablaridan biri hisoblanadi.
333
Muloqotni, munozarani vujudga keltirish uchun ota-onalarga ko‘p uchraydigan jumlalami tavsiya qilish mumkin. Ulami o‘qib ko‘ring va ular bolalarga qanday ta’sir etishini izohlab bering.
«Maktabga borsang, o‘shanda ko‘rasan.»
«Bilasanmi, sen a’lochi bo'lsang biz seni juda yaxshi ko‘ramiz.»
«Sen shunday o‘qiki, sen uchun biz qizarmaylik.» Natijasi:
Bu jumlalaming hammasi bolada o‘ziga bo‘lgan ishonchni, mak­ tabga borishga xohishini so‘ndiradi.
Boshqacha qilib aytganda, ota-onalaming o‘z-o‘zlariga bergan ba- ■ hosi bolasiga berilgan bahodan ustun bo‘ladi. Shuni esda tutingki, bo- lalami o‘zi bajara olmaydigan topshiriqlar bilan band qilib qo‘ymang. , Bu ulami yolg‘on gapirishiga olib keladi. «Agar diktantda xato qil- sang ko‘rasan» kabi. Bu jazolashga taqlid hisoblanadi. Jazolangan bolada ota-onasiga nisbatan dushmanlik paydo bo‘lishiga olib keladi. ;


Xulosa:
Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling