Fazliddin o‘taganov
Markaziy Osiyo madaniyati
Download 80 Kb. Pdf ko'rish
|
Punktuatsiya savol-javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja, mavzu, qaror qilindi
- To rt narsa hamma uchun kerak: salomatlik, go zal xulq, rostgoʻylik va halol mehnat.
- Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga otmabdi, odamlarga kerakli ekanman hayotda iz qoldiribman
Markaziy Osiyo madaniyati
haftalik gazetasini muntazam o'qib turaman. Berilgan gapda qayerlarda qoʻshtirnoq ishlatilishi shart? (Yozib koʻrsating) J: « Markaziy Osiyo madaniyati » 75. 1996-yilning 23–26-aprel kunlari Toshkentda to'qimachilik va ko'nchilik sanoatining birinchi xalqaro «Osiyo: gazlama, charm–96» ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Tagiga chizilgan soʻzdan soʻng ikki nuqta nega qoʻllangan? J: Uslubiy ravonlikni, muxtasarlikni ta'minlash maqsadida turli xil rasmiy ma'lumotlarda, nashr ishlarida ayrim so'zlardan keyin. 76. ... oradan у ana bir necha oy о'tib, uchinchi marta sud bo'lgan. Bu safar Botirovning «jinoyati» о'n bir yillik qamoq bilan «taqdirlandi». (T. Malik) Bu oʻrinlarda qoʻshtirnoq nima sababdan qoʻllangan? J: Kesatiq, piching, kinoya mazmunli soʻzdan soʻng. 77. «Xalq artisti», beliga o'q tekkanday erta-yu kech to'rdagi karavotga yonboshlab «Teatr» jurnalini varaqlaydi, xalq artisti bo'Imoq sirlarini axtaradi, chamasi. (E.A'zamov) Ikkinchi oʻrinda qoʻshtirnoq nega qoʻllangan? J: Jurnal nomini bildirgani uchun. 78. «Uzdunrobita» qo'shma korxonasi, « Kochxolding konserni », «Kamolot» ijtimoiy harakati, «Istiqlol» tennis sport majmuasi, «Diyor» savdo uyi, «Ekosan» xalqaro jamg'armasi, « O'zbekavtotrans Davlat aksionerlik» korporatsiyasi , «O'ZDEUavto» O'zbekiston – Janubiy Koreya qo'shma avtomobil zavodi, «Chorsu» mehmonxonasi. Necha oʻrinda qoʻshtirnoq noto’gʻri oʻrnashgan va qaysi joy(lar)da ekanligi pastga yozing. J: «Kochxolding» konserni, «O'zbekavtotrans» Davlat aksionerlik korporatsiyasi 79. Transport (mashina, samolyot, avtobus va sh.k.) larning nimasini bildirgan so'zlar qoʻshtirnoqqa olinadi? J: Markasini. 80. «Rayhon» alkogolsiz ichimligi, «Kibo» oyoq kiyimi, «Hojimatov damlamasi» Bu oʻrinlarda qoʻshtirnoq nima sababdan qoʻllangan? J: Mahsulotlarning nomini ifodalovchi leksik birliklar qo'shtirnoqqa olinadi. 81. 1995-yilning 6-may kuni «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risid ag i Qonuniga o'zgartirishlar kiritish haqida» Qonun qabul qilindi. Aslida qaysi oʻrinda yoki soʻzdan soʻng qoʻshtirnoq boʻlishi kerak edi? J: … joriy etish to'g'risid a » g i 82. Sinflarning tartibini bildiruvchi harflar, baho ballari qaysi tinish belgisi bilan bogʻliq holda beriladi? J: Qoʻshtirnoq 83. «Qozi» o'z ishiga puxta bo'lsa-da, xojasining martabasini izzat qilib, «siz buyuring» deganday qaradi. (T. Malik) Soʻzlar yoki gap nima sababdan qoʻshtirnoqqa olingan? J: Ko'chma ma'noda qo'llangan so'zlar, ishlatilishi odat tusiga kirmagan, eskirgan yoki yangi qo'llanayotgan, kesatiq, piching, do'q-po'pisa va shu kabi ma'nolarni bildiruvchi leksik birliklar qo'shtirnoq ichida yoziladi. Endi bu yerda «Qozi» soʻzi kesatiq, piching ma᾽nosida; «siz buyuring» gapi esa nutqda imo-ishora mazmunini bildirgani uchun yozuvchi uni qoʻshtirnoqqa olib ketgan. (…va shu kabi ma'nolarni…) 84. «Tanqid – kelajakning mevasi», – deydi dono xalqimiz. Bu oʻrinda qoʻshtirnoq nima sababdan qoʻllangan? J: Chunki ko'chirma gap qo'shtirnoqqa olinadi. 85. Reja, mavzu, qaror qilindi kabi so'zlardan so'ng qanday tinish belgisi qoʻyish mumkin? J: ikki nuqta 86. Shoir B. Boyqobilov Navoiynoma tetralogiyasi uchun Navoiy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofotini olish baxtiga sazovor bo'lgan. Yuqoridagi gapda qaysi soʻz qoʻshtirnoqqa olinadi? Telegram kanalimiz: @Ona_tili_va_adabiyot_N1 J: « Navoiynoma » 87. To 'rt narsa hamma uchun kerak: salomatlik, go 'zal xulq, rostgoʻylik va halol mehnat. Ushbu gapda ikki nuqtaning nima sababdan ishlatilayotganini izohlang. J: Uyushiq bo'laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so'zdan keyin. 88. Ikki nuqta o'zbek yozuvida qachondan boshlab ishlatila boshlangan? J: XIX asming oxiri va XX asrning boshlaridan 89. Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o'tmabdi, odamlarga kerakli ekanman hayotda iz qoldiribman. (A. Qahhor) Ushbu gapda ikki nuqtaning nima sababdan ishlatilayotganini izohlang. J: Shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi sanalgan bog'lovchisiz qo'shma gap boʻlganligi uchun sodda gaplar orasiga. 90. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling