Fazliddin o‘taganov


Yomonni yaxshi dema, yaqining bo'lsa ham


Download 80 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana27.10.2023
Hajmi80 Kb.
#1725914
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Punktuatsiya savol-javob

Yomonni yaxshi dema, yaqining bo'lsa ham. 
Bunda nuqtali vergullar nega qoʻyilgan? 
J: Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi voqealar bir-biriga qiyoslangani uchun. 
99. Gerb rangli tasvirda bo'lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog'i va «O'zbekiston» degan yozuv 
tillarangda; g'o'za shoxlari va barglari, vodiylar yashil rangda; tog'lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarimoy va 
yulduz oq rangda beriladi. 
Bunda nuqtali vergullar nega qoʻyilgan? 
J: Uyushiq bo'laklar guruhlanib, o'zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda, har bir guruhni anglatuvchi so'zdan keyin. 
100. Omon Muxtorov shunday degan edi: Abdulla Qahhorning shaxsiy ko'zoynagi bo'lmaganida, u hech qachon Qahhor 
bo'lmasdi. 
Bu gapda qoʻshtirnoqning tushirilishi xato. Nega? 
J: Chunki koʻchirma gap dialog shaklida boʻlmasa, u doim qoʻshtirnoqqa olinishi kerak. 
101. I.A. Karimovning «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida() xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» 
asarini o'qib chiqib muhokama qildik. 
Qavs oʻrniga qanday tinish belgisi qoʻyilishi kerak? 
J: Ikki nuqta: uslubiy ravonlik va muxtasarlik uchun. 
102. O'zbek yozuvida nima uchun tinish belgilarini qoʻshaloq qo'llash hollari ham uchrab turadi? 


Telegram kanalimiz: @Ona_tili_va_adabiyot_N1 
J: Uslubiy aniqlik, ravonlik hamda turli xil leksik-grammatik ma'nolarni ifodalash uchun 
103. – Axir, ablah, – derdi Yunus, – birovning uyiga oyog'ingni artmasdan kirgani ibo qilasan, nega havoni bulg'atgani ibo 
qilmaysan?!(A. Qahhor) 
Ushbu koʻchirma gapli qoʻshma gapda nega qoʻshtirnoq yoʻq? 
J: Chunki u monolog emas, dialog-da! 
104. – Topdi-mm!.. Topdi-im!.. (Sh. Bo'taev). 
Bu misolda aynan nima sababdan tinish belgilari qoʻshaloq ishlatilgan? 
J: So'roq va undov mazmunini bildirgan gaplarda fikr tugallanmay qolsa, mazkur belgilardan so'ng ikki nuqta (koʻp 
nuqtaning ikki nuqtasi) qo'yiladi. 
105. Muallif gapi va ko'chirma gaplar o'rtasida tinish belgilari ketma-ket ishlatilishi mumkin. Aynan qanday tinish belgilari 
bunday holda yonma-yon ishlatilishi mumkin? 
J: vergul, tire yoki qoʻshtirnoq, vergul, tire shaklida 
«Adabiyot hunar, uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan qurtdan farq qilmaydi»,– deb yozgan edi A. Qahhor. 

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling