Fazliddin o‘taganov
G'ulom Nabi (kelib). Labbay!
Download 80 Kb. Pdf ko'rish
|
Punktuatsiya savol-javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olamni quyosh yoritadi, insonni – ilm.
- Sultonov X. Onamning yurti. Qissa va hikoyalar. – Т.: «Adabiyot va sanat nashriyoti», 1987.
G'ulom Nabi (kelib). Labbay!
Gapda qavslar nima sabab qoʻllangan? J: Remarka qatnashgani uchun. 50. Asablar, Asablar, Asablar() Sababsiz sochilgan g'azablar Gunohsiz chekilgan azoblar. (E. Vohidov) Bu she᾽rda qavs oʻrniga qanday tinish belgisi qoʻyilishi darkor? J: koʻp nuqta 51. Ko'p nuqta qachondan boshlab o'zbekcha matnlarda ishlatila boshlangan? J: XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab 52. Ko'p nuqta nechanchi yildan «Turkiston viloyatining gazeti»da muntazam qo'llana boshlagan? J: 1876-yildan 53. Mana shu imperiya... Miryoqub hech narsa anglamadi. (A. Cho’lpon) Bu yerda koʻp nuqta nima uchun qoʻllangan? J: Mazmunan tugallanmay qolgan gap oxirida. 54. Xoji Ahmad o'lar vaqtida Muhammadyorga qarab: – O'g’lim! Meros sen...ga...o'lturgan...joy... Vasiyatim...- o'qi.. o'..qu..o'qu..o'qi..Men..r-r-r..zomen., – deb jon taslim qildi. (A. Cho'lpon) Telegram kanalimiz: @Ona_tili_va_adabiyot_N1 Bu yerda koʻp nuqtalar nima uchun qoʻllangan? J: Fikr bo'lib-bo'lib ifoda qilinsa yoki duduqlanib aytilgan. 55. – Anovi kuni menga bir oyat aytib edingiz? – Xo 'sh, xo 'sh ? – Ilkimdin kelguncha... – deb boshlanar edi. – Ha-ha, bo'tam, lekin bu oyat emas, hazrat Navoiyning hikmatlaridur. (X. To'xtaboev) Bu yerda koʻp nuqta nima uchun qoʻllangan? J: Matn (jumla) qisqartirilsa. 56. – Manavi dub eshiklaringizni yelkamda tashib kelganman. Tushundingizmi? – … – Tushundingizmi, deyapman? (X.Sultonov) Bu oʻrinda koʻp nuqta nima sababga koʻra qoʻllangan? J: Suhbatdoshining gapi javobsiz qoldirilsa. 57. . Xayri...oh, a...loq, ...abar. Koʻp nuqtaning qoʻllanilish qoidasini yuqoridagi misoldan kelib chiqib yozing. J: Tushirib qoldirilgan harf, so'z yoki boshqalar o'rnida. 58. Asablar, Asablar, Asablar... Sababsiz sochilgan g'azablar Gunohsiz chekilgan azoblar. (E. Vohidov) Koʻp nuqtaning qoʻyilish sababini koʻrsating. J: Mazmunan tugallanmay qolgan gaplar oxirida. 59. Tireni kim, qachon kashf qilgan? J: N.M. Karamzin (XVIII asr) 60. Vaqting ketdi – baxting ketdi. Tirening qoʻyilish sababini toping. J: Zid ma'noli bog'lovchisiz qo'shma gap orasida. 61. 1996-yil 26-aprelda ta'sis etildi: – «Amir Temur» ordeni; – «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni. Bunda-chi, bunda nega tire qoʻllangan? J: Ma'lumot mazmunidagi asosiy gapdan so'ng tartib bilan sanalgan har bir gap boshida qoʻllangan. 62. O'zbek, qirg'iz, qozoq, turkman, tojik – barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz. Tirening qoʻyilish sababini toping. J: Uyushiq bo'laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so'zdan oldin. 63. Bog'lamasiz qo'llangan ot kesim bilan ega orasida tire qoʻllangan bironta gap yozing. J: Til – millatning qalbi. Yer – don, dehqon – xazinabon. Mehnating – boyliging. 64. Olamni quyosh yoritadi, insonni – ilm. Tirening qoʻllanilish sababini toping. J: Bog'lovchisiz qo'shma gapda ikkinchi gapning kesimi tushirilgan. 65. «O'zbekinvest»–O'zbekiston Milliy sug'urta kompaniyasi. Bunda-chi, bunda nega tire qoʻllangan? J: Tagiga chizilgan birikmali soʻz izohlangan. 66. Tenglik, taqqoslash va hokazo ma'nolarni bildiruvchi so'zlar orasida tinish belgisi qoʻyilgan misol yozing. J: Toshkent – Andijon avtomobil yo'li ta'mirdan chiqarilmoqda. 67. Sultonov X. Onamning yurti. Qissa va hikoyalar. – Т.: «Adabiyot va san'at nashriyoti», 1987. Qanday hollarda soʻzlar qisqartirilib, tinish belgilari esa ulardan keyin qoʻllanadi? J: Nashr, kitobot ishlarida. 68. «Turon» – birinchi o'zbek milliy teatr truppasi. Bo'taboy bularni oldinga o'tkazib orqadan yurdi. Tirening qoʻyilish sababini toping. J: Ayrim so'z yoki gaplar izohlansa, ularning o'rtasida. 69. – Xudo xudo bo’la turib avval jon beradi, undan keyin jon oladi. Sen kimsan? Xudodan zo'rmisan, taqsir? – Bay-bay! Tiling kesilsin, badbaxt! Kofir! So'fi o'sha xilda gapirganicha pirning boshiga kelib to'xtadi. – Yer jonidan ilgari beradi, keyin oladi. Yerdan ham kuchlimisan, taqsir? – Nima bo'ldi senga, so'fi? Jinni bo'ldingmi? – O'zlari jinni, taqsir, o'zlari! Eshaklari jinni, itlari! – Hay kim bor? Bolalar! – deb qichqirdi eshon o'rnidan turib orqaga tisarildi. – Qochma, taqsir! Hovuchingni och! Men gadoy bo'lsam ham xurjunimning ikki ko'zi to'ladur... Sendaqalarni necha yil boqishga yarayman. (A. Cho'lpon) Ushbu dialog aslida xuddi shu shaklda. Lekin bitta joyda punktuatsiyaviy xatolik bor. U qaysi tinish belgisi bilan bogʻliq? Telegram kanalimiz: @Ona_tili_va_adabiyot_N1 J: vergul: – Hay, kim bor? 70. Halol ish – lazzatli yemish. Erga navbat – sherga navbat. Bilim – kuchda, kuch – bilimda. Ilm – yorugiik, jaholat – zulmat. (Xalq maqollari). Bu oʻrinlarda tire nima sababga koʻra qoʻllangan? J: Bog'lamasiz qo'llangan ot kesim bilan ega orasida. 71. Qo'shtirnoqni amaliyotga rus olimi professor … kiritgan. Nuqtalar oʻrnini toʻldiring. J: A.A.Barsov 72. O'zbek yozuvida qoʻshtirnoq kiritish belgisi sifatida XIX asrning nechanchi yillaridan boshlab uchraydi? J: 80-yillaridan 73. Buyuk yozuvchimiz A. Qahhoming quyidagi gaplari halihanuz o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q: «Yozuvchi adabiyotga ikki xil kiradi: birinchi asari bilan tutab, biri yashnab kiradi. Tutab kirgan yozuvchi uzoq tutaydi, ко 'nglidan chiqarib emas, qornidan chiqarib yozadi. Yozuvchilikka cho'g'day yashnab kirgan yozuvchi asardan asarga yashnayveradi...» Bu oʻrinda qoʻshtirnoq nega qoʻllangan? J: Sitata boʻlgani uchun (Ya᾽ni, asardan parcha yoki yozuvchining biron narsa haqida fikr-mulohazasi) 74. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling