Fe’l so’z turkumi
Download 154.25 Kb.
|
Fe’l so’z turkumi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars shiori
- “Aqliy hujum” o’yini
- III. Yangi mavzu. Fe’l so’z turkumi.
Mavzu: Fe’l so’z turkumiBajardi: Mahmudova Dilafruz Nig’matjon qizi3-sinf Mavzu: Fe’l Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Fe’l so’z turkumi ekanligi haqida ma’lumot berish; Shaxs va narsaning harakatiga qarab fe’llarga to’g’ri so’roq qo’yish malakasini shakllantirish; Fellarni to’g’ri yozish, nutqda to’g’ri qo’llashga o’rgatish. b) tarbiyaviy: Odob-axloq, nafosat, Vatanga muxabbat, go’zallalik fazilatlarini shakllantirish. v) rivojlantiruvchi: Harakatni bildirgan so’zlarga so’roq bera olish, mustaqil fikrlash, nutq madaniyatini, chiroyli yozish malakasini rivojlantirish. Darsning turi: Yangi bilim beruvchi. Dars usuli: Noana’naviy ”multimediya” darsi. Darsning jihozi: Darslik, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, kompyuter. Darsning rejasi: 1. Tashkiliy qism 5 daqiqa 2. O’tilgan mavzuni so’rash 3. ”Qizil qalpoqchaga yordam” o’yini 10 daqiqa 4. Yangi mavzu 5. ”Kim chiroyli yozadi?” o’yini 15 daqiqa 6. Monitoring va baxolash 3 daqiqa 7. Uyga vazifa 2 daqiqa Dars shiori:Oz-oz o’rganib dono bo’lur, Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur Darsning oltin qoidalari: 1. Faol bo’lish 2. Intizomli bo’lish 3. Fikrni aniq aytish 4. O’zaro hurmat 5. Vaqtdan unumli foydalanish Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: 1) Salomlashish; 2) Navbatchini aniqlash va axborotini tinglash; 3) O’quv qurollarini kuzatish; 4) O’quvchilarni guruhlarga bo’lish. 1-gurux: Boychechak 2-gurux: Lola 3-gurux: Binafsha “Aqliy hujum” o’yini1-gurux O’zbek tiliga davlat maqomi qachon berildi? 2-gurux Konstitutsiyamizning qaysi bob, nechanchi moddasida tilhaqida fikr yuritilgan? 3-gurux Ona tili fani bizga nimalarni o’rgatadi? Javoblari1-gurux O’zbek tiliga davlat maqomi qachon berildi? Javobi: 1989-yil 21-oktyabrda O’zbek tiliga davlat maqomi berildi. 2-gurux Konstitutsiyamizning qaysi bob, nechanchi moddasida tilhaqida fikr yuritilgan? Javobi: O’zbekiston Respublikaisi Konstitutsiyasining 1-bob, 4-moddasida ”O’zbekiston Respublikasining Davlat tili – o’zbek tilidir” debyozib qo’yilgan. 3-gurux Ona tili fani bizga nimalarni o’rgatadi? Javobi: Ona tili so’z, so’z turkumlari, gapning maqsadga ko’ra turlari, gap bo’laklari, so’z tarkibini, qo’shimchalarni, tinish belgilari, matn va hikoya tuzishni o’rgatadi. III. Yangi mavzu. Fe’l so’z turkumi.Uyga vazifa Topishmoqlarni javobini ayting. Fe’llarni aniqlang, ularga og’zaki so’roq bering. 1. Qoravoy otdan tushdi, Bolalari yugurishdi. (qozon, kabgir) 2. Suvda cho’kmaydi, O’tda yonmaydi. (muz) Monitoring va baxolash. O’quvchilar o’zlarini qatnashishiga qarab tabriknomadagi gullarni bo’yab chiqadi. Darsda necha maritaba qatnashgan bo’lsa shuncha gulni bo’yaydi. Shundan so’ng guruxlar ballari jamlanadi. 1-o’rin ……………… . guruhi 2-o’rin ……………… . guruhi 3-o’rin ……………… . guruhi G’olib gurux rag’batlantiriladi. Download 154.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling