- Flavonoidlarning klassifikatsiyasi va ularning muhim vakillari
- Flavonoidlar klassifikatsiyasi halqarni birlashtiruvchi 3 ta uglerod (2-,3- va 4-) atomlarining turli xil tuzilishiga asoslangan. Bu guruh atomlarning farqli tomonlariga qo‘shbog‘ning bo‘lishi, karbonil yoki gidroksil guruhning mavjud bo‘lishi, shuningdek 5- yoki 6- a’zoli geterotsiklik halqa C hosil bo‘lishini kiritish mumkin. Bundan tashqari flavon molekulasidagi 2-uglerod o‘rniga 3- uglerod atomidagi vodorod atomi fenil radikaliga almashgan bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra flavonoidlarning quyidagi guruhlarini ajratish mumkin: flavonlar, izoflavonlar, flavonollar, flavanonlar, flavanonollar, katexinlar, leykoantotsianidin-lar, antotsianidinlar, xalkonlar, auronlar.
- 1. Flavonlar – flavonoidlarning yuqori oksidlangan birikmasi flavon hosilalari bo‘lib, ularning C halqasidagi 2- va 3-uglerod atomlari o‘rtasida qo‘shbog‘ bo‘ladi. Flavonlar rangsiz yoki sariq rangli birikmalardir. Flavonlar mevalar qobiqlarida, petrushka bargida ko‘p bo‘ladi. Bunday birikmalarning ko‘pchiligi antioksidant aktivligi va boshqa xususiyatlari tufayli tibbiyotda ularga qiziqish kuchaygan. Ularning eng muhim vakillari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |