Ферментлар


Download 1.11 Mb.
bet2/3
Sana21.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1375064
1   2   3
Bog'liq
Fermentlar [Alimuhamadiyon Mirabror]

Fermentlarning tarkibi

  • Barcha fermentlar oqsillardan tuzilgan.
  • Fermentlar bir komponentli va ikki komponetli tarkibga ega.
  • Bir komponetli fermentlar faqat oqsillardan tuzilgan. Ularga pepsin, tripsin, papain, ureaza va boshqa bir qator fermentlar kiradi.
  • Ikki komponetli fermentlarda oqsil qismidan tashqari prostetik gruppa ham boʼladi. Prostetik gruppa rolini mikroelementlar ioni, vitaminlar, nukleotidlar va boshqalar bajarishi mumkin. Ular kofermentlar deb nomlanadi.
  • Oqsil qismi-apoferment-feron, ikkalasi birgalikda xoloferment yoki simpleks deb ataladi.
  • Fermentlar molekulasi ikki va undan ortiq protomerdan tashkil topgan boʼlishi mumkin. Bunday fermentlar multimer fermentlar deb yuritiladi. Masalan, laktatdegidrogenaza 4ta, katalaza 8 ta protomerdan tashkil topgan.
  • Bir xil fermentativ aktivlikka ega boʼlib, turli fizik-kimyoviy hossaga ega fermentlar izomer fermentlar yoki izoenzimlar deb ataladi.

Laktatdegidrogenazaning multimer strukturasi

FERMENTLАRNING FАOL MАRKАZI

  • Fermentning faol markazi deb oksil ferment molekulasining substrat bilan birikishini va uning ximiyaviy oʼzgarishini taʼminlaydigan maʼlum qismlariga aytiladi.
  • Shakli boʼyicha faol markaz uning ichiga kiradigan substrat molekulasida komplementar mos keladi. Faol markaz fermentning spetsifikligini va katalitik aktivligini taʼminlaydigan fazoda maʼlum ravishda orientatsiyalangan bir qator funktsional gruppalardan iborat.
  • Faol markazning tashkil topishida oqsil molekulasining bir qator gruppalari alohida ahamiyatga ega. Ular qatoriga erkin karboksil va aminogruppalar, gistidinning imidazol gruppasi, serin va treoninning gidroksil gruppalari, sulьfgidril, disulьfid va tioefir, triptofan va fenol gruppalari kiradi.
  • Substratga yaqinlikni, yaʼni spetsifik bogʼlanishni taʼminlaydigan kontakt yoki aloka kismi hamda substratni ximiyaviy oʼzgarishini taʼminlaydigan katalitik faol markaz fark qilinadi.
  • Аyrim fermentlarda bir-biridan mustaqil faoliyat koʼrsatuvchi bir necha aktiv markaz boʼlishi mumkin. Masalan, jigar alkogolьdegidrogenazasida (MO-84000) 2 ta, achitqilar alkogolьdegidrogenazasida (MO-150000) 4 ta aktiv markaz boʼladi.
  • Bundan tashqari , mulьtimer fermentlarda alohida-allosterik markazlar ham mavjud. Ular spetsifik effektorlarni biriktirib olib, aktivlikni boshqarishda ishtirok etadi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling