Fevral inqilobining turkiston o’lkasidagi siyosiy jarayonlarga ta’siri


Oʻrta osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Download 95.54 Kb.
bet6/6
Sana19.04.2023
Hajmi95.54 Kb.
#1363266
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
oraliq

Oʻrta osiyoda milliy-hududiy chegaralanish — mustabid sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining "milliy davlatlarini tashkil qilish" niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir (1924—25). Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani boʻlgan. 1918—24 yillarda mavjud boʻlgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va anʼanalari jihatidan bir-birlariga juda yaqin boʻlishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalklar: [[O'zbek]]oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirgʻizlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan oʻzlarining asl Vatani deb bilganlar.
Mustabid sovet rejimi va bolsheviklar uchun esa Turkiston oʻlkasini boʻlib tashlab, uni idora qilish qulay edi. Xususan, bu jarayon Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat 1924-yilda, asosan, magʻlubiyatga uchraganidan keyin oʻzining soʻnggi bosqichiga qadam qoʻydi. 1924-yil fevral iyun oylarida SSSRdagi markaziy organlar, Turkiston, Buxoro, Xorazm kommunistik partiyalari va RKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi milliy chegaralanish masalalari yuzasidan zoʻr berib ish olib borishdi. Turkiston va Buxoro Kompartiyalari MKlari huzurida maxsus, keyinchalik hududiy va boshqalar maxsus komissiyalar tuziddi.
1924-yil 12iyunda RKP(b)MK Siyosiy byurosi Oʻ.Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishh.ch. toʻgʻrisida maxsus qaror qabul qilgach, 15-iyulda RKP(b)MK Oʻrta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi. Hududiy komissiya tarkibiga F.Xoʻjayev, A. Rahimboyev, S. Xoʻjanov, Q.Otaboyev, R.Islomov, N.Aytoqov, yilAbdurahmonov, I. Aydarbekov, I. Vareykis, D.Manjara, I.Mejlauk, X.SaxatMuratov va boshqalar siyosiy arboblar kirgan edi.
1924-yil 16-sentabrda Turkiston ASSR ning navbatdan tashqari sessiyasi, 20-sentabrda Butun Buxoro xalq vakillarining 5qurultoyi, 2-oktabrda Butun Xorazm xalq vakillarining 5qurultoyi bu masalani koʻrib chiqib, Oʻrta Osiyoning milliyhududiy chegaralanishi toʻgʻrisida qaror qabul qildilar. Mazkur qarorlarda oʻzbek va turkman xalqlariga Oʻzbekiston SSR va Turkmaniston SSR tuzish huquqi, Turkiston ASSR ning qirgʻiz (aslida qozoq) viloyatlarini 1920-yilda tashkil qilingan Qirgʻiziston ASSR (aslida Qozogʻiston ASSR) bilan birlashtirish maqsadida qirgʻiz (aslida qozoq) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi, qora qirgʻiz (aslida qirgʻiz) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi va Qora Qirgʻiz (aslida Qirgʻiz) avtonom oblastini tashkil etish huquqi, tojik xalqiga ham Turkiston ASSRdan chiqib, Tojikiston avtonom oblastini tashkil etish huquqi berilishi kerakligi taʼkidlandi.
RSFSR (Butun Rossiya) Markaziy Ijroiya Komitetining 2sessiyasi (1924-yil 14-oktabr) Oʻrta Osiyodagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari oʻrnida Oʻzbekiston SSR (OʻzSSR) va Turkmaniston SSR, shuningdek, Tojikiston ASSR (Oʻz SSRtarkibida), Qoraqalpoq va QoraQirgʻiz (Qirgʻiz) avtonom oblastlari tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
1924-yil 18-noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qoʻshma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston SSR sovetlarining taʼsis qurultoyiga qadar ish koʻruvchi F.Xoʻjayev raisligida 31-oktabrda tashkil qilingan Oʻzbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar. Bu komitet Oʻzbekiston SSR tuzilishini boshqarib bordi.
1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Oʻzbekiston SSR sovetlarining 1qurultoyi ochildi. Qurultoy 17-fevralda "[[Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya" qabul qildi. OʻzSSR oradan koʻp oʻtmay SSSR tarkibiga qabul qilingan (1925-yil 13-may). OʻzSSR tarkibida 1929-yilgacha Tojikiston ASSR ham boʻlgan (yana qarang [[Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi).
Qoraqalpoq avtonom oblasti (1925-yil 16-fevraldan) tuzilib, u dastlab Qozogʻiston ASSR tarkibiga kirgan. Keyinchalik Qoraqalpoq avtonom oblasti (1932-yil RSFSR tarkibiga, 1936-yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) Qoraqalpogʻiston ASSR qilib qayta tuzildi (yana q. Qoraqalpogʻiston Respublikasi).
Oʻrta Osiyo xalqlari uchun bu chegaralanish va tashkil etilgan yangi "milliy davlatchilik" ularning bundan keyingi taraqqiyotiga yangi nozik farqlarni olib kirdi.
Oʻzbekiston SSRning tuzilishi "oʻzbek xalqining milliy davlatchiligi tashkil qilindi", degan fikrni anglatmaydi. SSSR tarkibidagi OʻzSSR amalda hech qanday suverenitet va mustaqillikka ega emas edi. OʻzSSR tashkil etilayotgan vaqtlardayoq uning oldiga, asosan, Markazning manfaatlariga xizmat qilish, SSSRning markaziy rayonlariga xom ashyo yetishtirib berish kabi vazifalar qoʻyilgan edi. SSSR inqirozga yuz tutgan va parchalangan paytgacha bu vazifalar oʻz kuchini yoʻqotmadi.

BUXORO AMIRLIGINING AG‘DARILISHI


O‘zbekiston hududida yuz bergan ikkita muhim tarixiy voqeaga 2020 yilda 100 yil to‘lganini alohida ta’kidlab o‘tish zarur: 1920 yil 1 fevralda Xivada xonlik, 2 sentyabrda Buxoroda amirlik tuzumi ag‘darib tashlandi. O‘rta asrlarga xos monarxik sulolalar boshqaruvidan zamonaviy respublika tuzumiga o‘tildi. 1920 yil 26 aprelda Xivada Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR), 6 oktyabrda Buxoroda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tashkil etilgani tantanali ravishda e’lon qilindi. O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixida muhim rol o‘ynagan XXSR va BXSR davlatlari mustaqil holatda 5 yilga yaqin mavjud bo‘lib, ular 1924 yil oxirida sovet rejimi va bolsheviklar tomonidan tinch yo‘l bilan tugatildi.
Xivada xonlik tuzumining ag‘darib tashlanishi va yangi rejimning o‘rnatilishi bolsheviklarning “Sharqqa doir siyosati”ning hali birinchi bosqichi edi. Bu bosqich “muvaffaqiyatli” amalga oshirilgach, sovet hokimiyati va uning harbiy kuchlari bo‘lgan qizil armiya butun e’tiborini Buxoro amirligini qulatish, uni sovetlashtirishga qaratdi.
Bolsheviklarning bosqinchilik siyosati va qabih rejalarini amalga oshirishga imkoniyat va qulay sharoit 1920 yil bahor-yozida yetila bordi. 1919 yil sentyabrda qizil armiya tomonidan “Orenburg probkasi”ning yorib o‘tilishi va Orenburg-Aktyubinsk frontining tugatilishi natijasida yangi tashkil qilingan Turkiston frontining yaxshi qurollangan harbiy kuchlari Turkistonga tashlandi. Front qo‘mondoni M.Frunze Orenburgdan Toshkentga kelib, Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilarga qarshi jang harakatlariga qo‘mondonlik qildi. 1920 yil fevralda Xiva xonligi ag‘darilishi natijasida Kaspiy orti va Yettisuv frontlari ham tugatildi. 1920 yil bahorida Farg‘ona vodiysidagi qo‘rboshilar guruhlariga qizil armiya tomonidan jiddiy zarbalar berildi. Sovet qo‘mondonligi vujudga kelgan qulay vaziyatdan foydalanib, Buxoro amirligiga harbiy tajovuz qilishga zo‘r berib tayyorgarlik ko‘ra boshladi.
1920 yil 7 yanvar va 30 martda Turkiston komissiyasi a’zolari Buxoro amiri huzuriga tashrif buyurdi. Amirni 30 martda Turkiston fronti qo‘mondoni M.Frunze va Turkiston komissiyasi raisi Sh.Eliava RSFSR hukumatining Buxoroga nisbatan tinchlik niyatida ekanligiga ishontirishga urinib ko‘rdilar. Muzokarada har ikki tomon o‘z talablarini qo‘ydi. Masalan, Buxoro amiri Yangi Buxoro (Kogon) stansiyasiga olib kelingan qizil askar qismlarini olib ketishni, Yangi Buxoro va Yangi Chorjo‘ydan jadidlarni chiqarib yuborishni, Kolesov bosqini (1918 yil, mart) davrida bosib olingan amirga qarashli paxta zavodi va Yangi Buxorodagi amir saroyini qaytarishni, Buxoro shahri ustida harbiy samolyotlar uchishini to‘xtatishni talab qildi. Turkiston komissiyasi vakillari esa amirlik tomonidan rus posyolkalariga nisbatan iqtisodiy cheklashni, sovet Rossiyasiga qarshi tashviqotni, bolsheviklarga qarshi “g‘azovot urushi”ga chaqirishni to‘xtatishni va darhol Buxoroning harakatdagi armiyasini tarqatishni talab qildi.
Buxoro amiri Turkiston komissiyasining talablarini rad etdi, ularning bu xatti-harakatini suveren davlatning ichki ishlariga aralashish, deb baholadi. Ayni vaqtda Turkiston komissiyasi a’zolari ham Buxoro tomonining iltimosi va takliflarini e’tiborsiz qoldirdi, ularni to‘la-to‘kis rad etdi.
Buxoro amirligi Turkiston ASSRga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda va uni qaytarish kerak, degan soxta bahonalar bilan sovet qo‘mondonligi 1920 yil yozida katta miqdordagi qo‘shinlarini amirlik chegaralariga yaqin keltirib qo‘ydi. Shuningdek, qizil armiya qo‘mondonligi Buxoro chegaralariga yaqin bo‘lgan sovet Turkistoni shaharlaridagi harbiy garnizonlarni ham mustahkamladi.
Moskvada Buxoro amirligiga bostirib kirish va uni tugatish rejasi zo‘r berib ishlab chiqilayotgan edi. 1920 yil 21 mayda RSFSR Tashqi ishlar xalq komissarining o‘rinbosari L.Karaxan bolsheviklar hukumati boshlig‘i V.I.Leninga yo‘llagan telegrammasida bunday deb yozgan edi: “Biz Turkiston komissiyasi bilan to‘la hamjihatlikda Toshkentdagi vakillarimizga amirlikni tugatishni va Buxoroda demokratik respublika tuzishni, unga “Yosh buxoroliklar”ni (endilikda esa kommunistlarni) boshliq qilib qo‘yishni taklif etamiz”.
Mazkur telegrammadan ko‘rinib turibdiki, Turkiston komissiyasi 1920 yil may oyidayoq Buxoro dagi mavjud tuzumni ag‘darib tashlashni yoqlab chiqqan edi. Chunki may oyi boshlarida Moskvaga kelgan Turkiston komissiyasi raisi Sh.Eliava va komissiya a’zosi Ya.Rudzutak Rossiya Tashqi ishlar xalq komissari G.Chicheringa Turkiston komissiyasining “ertagayoq Buxoroning mustaqilligini bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqarish” mumkinligi haqidagi qat’iy bayonotini topshirgan edi.
RKP(b) Markaziy Komiteti Siyosiy byurosi ham 1920 yil 22 mayda L.Karaxan taklifini qabul qildi va ma’qulladi. Sovet Rossiyasining Turkiston ASSRdagi harbiy qismlariga Buxoro amirligini bosib olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish vazifasi yuklatildi. Bu voqealardan xabar topgan Amir Olimxon vaziyatni yumshatish, intervensiyaning oldini olish maqsadida 1920 yil 8 iyunda Mirzo Ma’di Xo‘jaboy boshchiligidagi Buxoro elchilarini Moskvaga jo‘natdi. Ular G.Chicherin bilan muzokaralar o‘tkazib, har ikki davlat o‘rtasida tinch-totuv yashash, ichki ishlarga aralashmaslik, savdoni rivojlantirish masalalariga taalluqli shartnomalarni imzolab qaytdilar.
Biroq Turkiston fronti qo‘mondoni M.Frunze Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlarni tezlashtirishni so‘rab, 1920 yil 31 iyulda sovet Rossiyasi hukumati raisi V.I.Leninga telegramma jo‘natadi. RSFSR Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni S.Kamenov bu telegrammaga “qulay fursatda boshlashga ruxsat beriladi” deb qisqa javob yuborgan.
1920 yil 12 avgustda M.Frunze amirlikni tugatish maqsadida Samarqand- Buxoro frontini (4 ta zarbdor guruhdan iborat) tuzishga buyruq beradi. Shu tariqa Buxoro shahri atrofiga 7000 piyoda, 2500 otliq askar, 46 ta to‘p, 230 ta pulemyot, 10 ta broneavtomobil, 5 ta bronepoyezd va 12 ta aeroplan (harbiy samolyot) shay holatga keltirib qo‘yildi. Turkiston fronti jangchilaridan tashqari keyinchalik harbiy amaliyotlarda 5000 kishidan iborat buxorolik qo‘zg‘olonchilar guruhi (amirga qarshi muxolifat kuchlari) ham qatnashdi. Biroq so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, aslida M.Frunze qo‘mondonligidagi 70 000 nafar qizil askar Buxoro amirligi hududiga hujum qilgan. Bu harbiy qismlarning ko‘pchiligi Farg‘ona vodiysida istiqlolchilarga qarshi kurashayotgan qizil askarlar bo‘lib, ular avgust oyi oxirida amirlik chegaralariga tashlangandi. Buxoro hukumati ixtiyorida esa 8725 nafar piyoda askar (asosan navkarlar) va 7850 nafar otliq sarboz, faqat 150 ga yaqin eski pilta to‘plar, bir necha o‘nlab zamonaviy to‘plar, 20 ta pulemyot bo‘lgan. Shuningdek, amirlikning muntazam qo‘shinidan tashqari juda ham yomon qurollangan 20 000 nafar xalq lashkari ham bo‘lib, ular janglarga mutlaqo tayyor emas edi. Buxoro amirligi qushbegisi (bosh vazir) Usmonbek va hukumat a’zosi Baqo Hoji To‘qsaboning ma’lumotlariga ko‘ra, 1920 yil avgust oyi oxirida Eski Buxoro va uning atrofida qo‘shinning umumiy miqdori (xalq lashkari bilan birgalikda) 20 000 kishi atrofida bo‘lgan. Pala-partish qurollangan va yetarlicha harbiy amaliyotga ega bo‘lmagan Buxoro armiyasi tish-tirnog‘igacha qurollangan, zamonaviy harbiy texnika bilan ta’minlangan va katta jangovar tajribaga ega qizil armiyaning hal qiluvchi hujumiga dosh berolmasligi oldindan ma’lum edi.
Turkiston komissiyasi Buxorodagi amirlik rejimiga qarshi turuvchi muxolifat kuchlarini jipslashtirish va mamlakatda to‘ntarish hozirlash bilan bevosita shug‘ullandi. Aynan Turkiston komissiyasi rahbarligida 1920 yil 24 iyunda Buxoroda qurolli qo‘zg‘olon tayyorlash bo‘yicha harbiy-inqilobiy byuro tuzilgan bo‘lib, uning tarkibiga Turkiston komissiyasi a’zolari M.Frunze va V.Kuybishev, Turkiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotibi Nazir To‘raqulov, Buxoro Kompartiyasi kotibi Najib Husainov, “Yosh buxoroliklar” partiyasi markaziy byurosining raisi Fayzulla Xo‘jayev va boshqalar kirdi. Harbiy-inqilobiy byuro xitobnoma va dekretlarning loyihalarini tayyorlab, ularni “inqilob” g‘alaba qozonadigan kuni Butunbuxoro inqilobiy qo‘mitasi (revkom) nomidan e’lon qilishni mo‘ljallagan edi. 1920 yil 10 avgustda Turkiston komissiyasi, Buxoro Kompartiyasi markaziy komiteti va “Yosh buxoroliklar” partiyasi Markaziy byurosining qo‘shma majlisida Fayzulla Xo‘jayev boshchiligida Buxoro Xalq nozirlar sho‘rosi hukumati va Ahmadjon Abdusaidov (Hamdiy) raisligida Buxoro Muvaqqat inqilobiy qo‘mitasi tuzildi, ular amirlik ag‘darib tashlangandan keyin Buxoro davlatini boshqarishlari lozim edi. 23 avgustda bo‘lgan Turkiston komissiyasining navbatdagi majlisida Buxoro “inqilobiy” hukumatining dasturi muhokama etildi va qabul qilindi. Biroq qizil askarlar Buxoroni bosib olgach, bu hukumat tuzilmalarida ancha o‘zgarishlar qilindi.


Download 95.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling