Fevral oy mavzusi: ajoyib olam kirish
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Феврал 1- ҳафта ривожлантириш pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- TIL VA NUTQ MARKAZI 1.8
TIL VA NUTQ MARKAZI
1.7 “QO‘SHNI DAVLATLAR” RASMLARI ASOSIDA TASVIRIY HIKOYALARNI TUZISH Maqsad: qo‘shni davlatlarni bilish, ko’rgazmali materiallar yordamida o‘z ona shahrini bila oladi, “diqqatga sazovor joy” so‘zi ma’nosini tushunadi. Vazifa: 1. qo‘shni davlatlar haqidagi bilimlarni shakllantirish; 2. o‘z davlatimizning diqqatga sazovor joylari haqidagi bilimlarni mustahkamlash; 3. o‘qishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish; 4. rasm asosida tasviriy hikoya tuzish qobiliyatini rivojlantirish. Kerakli jixozlar: qo‘shni davlatlar shaharlari tasvirlangan ko’rgazmali materiallar, mamlakat nomi, qo‘shni davlatlarning poytaxtlari nomi ko‘rsatilgan belgilar, ona shahar va davlatning diqqatga sazovot joylari tasvirlangan rasmlar. Faoliyat jarayoni: 1. Ona shaharning diqqatga sazovor joylari rasmlarini tomosha qilish; 2. Qo‘shni davlatlarga oid bo’lgan ko’rgazmali materiallarini tomosha qilish; 3. Mamlakat va poytaxt nomi yozilgan kartalarni tanlash; 4. Qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik haqida hikoya tuzish. Qo‘shimcha ravishda: do‘stlik va tinchlik haqidagi she’rlarni eslash. E’tibor qaratish: so‘zlar, ularning oxiri, to‘g‘ri talaffuz qilish, jumlalarni tuzish, bolalar nutqining grammatik tuzilishiga e’tiborni qaratish. TIL VA NUTQ MARKAZI 1.8 MASHHUR KO‘PRIKLAR BILAN TANISHISH Maqsad: ko‘prik turlarini ajrata olish va ularning nomlarini bilish. Vazifa: 1. ko‘priklardan foydalanish maqsadi haqida bilimlarni shakllantirish; 2. o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish; 3. suhbatga jalb qilish va savollarga to‘liq javob berishga o‘rgatish. Kerakli jixozlar: tematik rasmlar, bosma so‘zlar bilan ko‘priklar ko‘rinishi tasviri,dunyoning mashhur ko‘priklarining rasmlari. Faoliyat jarayoni: 1. Ko‘priklar tasvirlangan tematik rasmlarni ko‘rib chiqish: temir yo‘l ko‘prigi, osma ko‘prik, piyodalar ko‘prigi, viaduk, estakada, ikki qavatli ko‘prik; 2. Ko‘priklarning nomini o‘qish va tegishli so‘zlardan iborat kartalarni tanlash; 3. Dunyoning mashhur ko‘priklarining rasmlarini tomosha qilish. 4. Inson hayotidagi ko‘priklarning maqsadi haqida pedagog bilan suhbat qurish. Qo‘shimcha ravishda: konstruktorlash markazida qurilish jarayonida ko‘priklar haqidagi bilimlardan foydalanishni taklif qilish. E’tibor qaratish: bolalar nutqi, suhbatni o‘tkazish va savollarga javob berish qobiliyati, jumlalarni to‘g‘ri tuzish. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling