Fiery MosaicTemplate


Download 0.96 Mb.
bet12/12
Sana16.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1492464
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Зилзилалар ва уларнинг турлари (лекция 3)

9. Xavfli yengil alanga oluvchi suyuqliklar to‘kilgan bo‘lsa (benzin, kimyoviy moddalar va boshqalar), tezda bartaraf qiling va bu haqda boshqalarga xabar bering. 10. Vayron bo‘lgan binolar yoniga bormang, ularning ichiga kirmang. Agar sizning yordamingiz kerak bo‘lmasa, yer qimirlagan va vayron bo‘lgan joyga kirmang. 11. Yerto‘la eshiklarini ochishda ehtiyot bo‘ling, chunki ustingizga suvoq parchalari, ustunlar yoki og‘ir jismlar tushishi mumkin. 12. Telefonni keraksiz axborotlar uchun band qilib turmang, chunki telefon yordamga chaqirish, muhim hodisalar, yaradorlar va jinoyatchilar haqida axborot berish uchun kerak bo‘ladi. Yodingizda bo‘lsin, telefon tarmog‘ining band bo‘lishi qutqaruv xizmati ishlari samaradoligini kamaytirishi mumkin. 13. Yer qimirlashining takrorlanishi mumkinligi haqidagi o‘z fikringizni birovlarga tarqatmang, yoki mish-mishlarga ishonib gap tarqatmang. Rasman e’lon qilingan axborotlardan foydalaning. 14. Agar siz vayrona ostida qolgan bo‘lsangiz, iloji boricha xotirjamlik bilan sharoitni to‘g‘ri baholang. O‘zingizga birinchi tibbiy yordam ko‘rsating, agar lozim bo‘lsa qon oqishini to‘xtating va jarohatni bog‘lang. 15. Yoningizdagilarga yordam ko‘rsating, tinchlanishiga yordam bering. Vayronalardan tashqaridagilar bilan tovush orqali yoki biror narsani taqqillatish bilan aloqa o‘rnatishga harakat qiling. Kuchlaringizni tejang. Yodingizda bo‘lsin, yordam albatta keladi. 16. Yodingizda bo‘lsin, yerning qayta silkinishi – aftershoklar xavfi saqlanib qolishi mumkin. Aftershoklar, asosiy yer qimirlagandan so‘ng bir necha daqiqa, soat, ba’zi vaqtlarda kunlardan keyin ham yuzaga kelishi mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling