Quyidagi javoblarning qaysi birida bahsning eng asosiy xulosasi keltirilgan?
A) Tarixiy janglarni qayta jonlantirish bu dabdabali va rangorang tomosha xolos.
B) Tarixiy voqeani qayta jonlantirish u yerda bo’lganlik hissini berolmaydi.
C) Tarixiy janglarni qayta jonlantirishdan biron naf yo’q.
D) Qayta jonlantirish orqali tarixiy jang haqida tushunchaga ega bo’linmaydi.
51. Beshta konteynerga suv bir maromda to’lganicha quyildi. Har bir konteyner uchun suv chuqurligi va vaqt nisbatini ko’rsatuvchi grafik chizildi.
Grafiklardan biri yo’qolib qolgan.
Quyidagi konteynerlardan qaysi birining grafigi yuqorida yo’q?
A) B) C) D)
52. Ba’zi davlat muassasalari – Markaziy Bank va Konstitutsion sud kabi – ko’p davlatlarda nominal ravishda erkin bo’lsada, aslida siyosiy manfaatlarga asir. Bunday muassasalarning raislari hukumat tomonidan tayinlanadi va bu tayinlovlar doim siyosiy kuchlarning o’yini natijasidir. Bundan tashqari, jamoat tomonidan saylanmagan odamga bunchalik ko’p kuch qudrat berilishi demokratiyaga ziddir. Shuning uchun bu muassasalarga haqiqiy erkinlik va demokratik mohiyat berish uchun, eng muhim davlat amaldorlari umumiy saylovda saylanishi kerak.
Quyidagilarning qay biri, agar haqiqat bo’lsa, yuqoridagi fikrni eng zaiflantiradi?
A) Tayinlangach, mustaqil davlat muassasalari raislari o’zlarini tayinlaganlarning siyosiy maqsadlariga mos kelmaydigan strategiya bo’yicha ish tutadilar.
B) Fikr so’rovnomalari shuni ko’rsatdiki, odamlarning mustaqil davlat muassasalari raislarini saylashga qiziqishlari yo’q.
C) Siyosatchi Markaziy Bank raisining mustaqil ekanini kafolatlaydi.
D) Konstitutsion sudning sobiq sudyasi yaqinda saylov bilan bog’liq firibgarlik uchun qamoqqa olindi.
53. Iste’dod haqida gap ketganda, u faqatgina odamda tug’ma bo’lishi yoki tarbiya orqali rivojlantirilishi mumkinligi aytiladi. Bolani tarbiyalab o’qitish orqaligina uni Motsart yoki Shekspir yoki Einshteynga aylantirish mumkinligiga ishonish qiyin. Axir Motsart juda kichik yoshdayoq murakkab musiqa yozgan; besh yoshga yetgan bolada muhit qanday qilib bunday muhim ta’sir o’tkazganini tushuntirish qiyin. Bundan chiqdi iste’dod butunlay tug’ma bo’lsa kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |