Quyidagi javoblarning qaysi biri yuqoridagi bahsdagi xatolikni ochib beradi?
A) Bu bahs iste’dod kichik yoshdayoq namoyon etilishi kerak deb hisoblaydi.
B) Tabiat va tarbia haqidagi savollarda bunday aniqlikda xulosalar yasash imkonsiz.
C) Iste’dodni tarbiya bilan tushuntirishning imkoni yo’qligi, tarbiya muhim omil emasligini anglatmaydi.
D) Bu bahs iste’dod deganda nima nazarda tutilishini aytib o’tmaydi.
54. Shifoxona ovqatlari hazil emas. Bu janjal. Taomlar ro’yxati har doimgidan ham uzun, lekin unda na yegingiz keladigan biron narsa bor, na yangi tayyorlangan taom bor. Bu oddiy masala emas. Bu sababli so’nggi yilda barcha yoshdagi odamlar, ayniqsa yoshi keksalar, ovqat yetishmasligidan so’nib bo’ldi. Ovqat yedirishga qancha harakat qilinmasin, ko’plari yeyishdan bosh tortadi. Yeyishga harakat qilayotganlarning yetarlicha ozuqaviy moddalar qabul qilayotganiga ishonch hosil qilish bu boshqa masala. Hozirgi kunda agar tirik qolishga umidingiz bo’lsa, shifoxonaga yotishdan avval yaxshi oziqlangan bo’lishingiz shart.
Quyidagi javoblarning qaysi biri yuqoridagi matndan xulosa qilinishi mumkin?
A) Bemorlarning ovqat yeyishiga ishonch hosil qilish uchun yaxshiroq tizimlar o’rnatilishi kerak.
B) Shifoxonalarda bemor soniga nisbatan hamshiralar sonini orttirish kerak.
C) Shifoxonalardagi ovqatlar har bir bemorga maxsus ozuqaviy qo’shimchalar bilan to’ldirilishi kerak.
D) Shifoxonalardagi ovqatlar jozibaliroq va ozuqaviyroq qilinishi lozim.
55. Siyosiy qonuniylik, davlat hokimiyatidan foydalanishning ma'naviy huquqi, faqat boshqariladiganlarning roziligidan kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun, ushbu tamoyilni qo'llab-quvvatlaydigan demokratik mamlakatlarda siyosiy hokimiyat qonuniy bo'lishini ta'minlash uchun muntazam saylovlar o'tkaziladi. Shu sababli, ushbu holatlarda saylovlarda qancha ko'p saylovchilar qatnashsa, demokratik siyosiy tizim shuncha qonuniy bo’ladi.
Quyidagi qaysi javobda yuqoridagi bahsdan kelib chiqadigan fikr keltirilgan?
A) Demokratik siyosiy tizimlarda doim saylovga keladiganlar soni ko’proq bo’ladi.
B) Saylovlarda ovoz berish siyosiy tizimga to’laligicha rozilik bildirish degani.?
C) Hukumatga doim ehtiyoj bor.
D) Qancha ko’p odam ovoz bersa, shuncha ko’proq umumiy manfaatlar ko’zlanadi.
56. Jamiyatda so’z erkinligi yoki yig’ilishlar erkinligi bor ekan, demokratik hukumat muhaqqaq bo’ladi. Agar siz diktatorlik hukumatda yashasangiz, sizda bu ikkala erkinlik ham yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |