Fikrlarning qaysi biri
Quyidagi javoblarning qaysi birida matnning eng asosiy xulosasi keltirilgan?
Download 1.37 Mb.
|
tanqidy b daraja
Quyidagi javoblarning qaysi birida matnning eng asosiy xulosasi keltirilgan?
A) Uzun muddatli ishsizlik Buyuk Britaniyaning eng katta muammolaridan biri. B) Ishsizlarning ishlashga bo’lgan munosabati turlicha. C) Barchaga birday yechim qo’llash har bir shaxsga alohida yechim qo’llashga qaraganda arzonroq bo’ladi. D) Ishsizlikni kamaytirishning yo’li bandlik markazlarida ishlovchilarning malakasini oshirishga bog’liq. 61. Odamlar avtoulov boshqarayotib mobil telefondan foydalangandagi xavflar bo’yicha xavotir ortib bormoqda. Avtomobil boshqarib borayotganda smartfondan yoki boshqa telefonlardan foydalanish juda xavfli bo’lsa ham, tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, umuman telefondan tez-tez foydalanish ham juda zararli. O’rganishlar shuni ko’rsatadiki, mobil telefonlardan foydalanish ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan insonlarda kognitiv sustkashlik kuzatiladi, bularga kelishilgan uchrashuvlarni unutib qo’yishdan atrof-muhitdagi buyumlarga urilib ketishgacha holatlar kiradi. Kognitiv sustkashlik mobil telefonlardan ko’p foydalanuvchilarda kuzatiladigan diqqat muddatining qisqarishi bilan ham bog’liq. Shunisi ravshanki, odamlar kognitiv sustkashlikni kamaytirmoqchi bo’lsalar ular telefonlarida o’tkazadigan vaqt miqdorini kamaytirishlari lozim. Quyidagi javoblarning qaysi biri yuqoridagi bahsdagi xatolikni ochib beradi? A) Mobil telefondan foydalanuvchilardagi diqqat muddatining qisqarishi telefondan ko’p foydalanish odati shakllanishidan oldin ham bo’lgan bo’lishi mumkin. B) Mobil telefondan foydalanishni cheklash kognitiv sustkashlikni kamaytirish uchun yetarli chora bo’lmasligi mumkin. C) Ko’p odamlarning kundalik vazifalarini bajarish uchun mobil telefonlar muhim o’rin tutishi mumkin. D) Smartfonlarda va boshqa mobil telefonlarda barchasi birday foydalanilmaydigan turli xil ilovalari va xususiyatlari bo’lishi mumkin. 62. Faqatgina yangi mahsulotlarni ishlatsangiz, tortingiz mazali chiqadi, ularni esa faqat bozordan olish mumkin. Siz bozorga bormadingiz, demak sizning tortingiz mazali chiqmaydi.Quyidagi javoblarning qaysi birida yuqoridagiga eng yaqin sabablash paralleli keltirilgan? A) Baxtiyor bo’lish uchun sog’lom bo’lishingiz kerak. Sog’lom bo’lish uchun esa ko’p sabzavot yeyishingiz kerak. Siz ko’p sabzavot yeysiz, demak siz baxtiyor bo’lsangiz kerak. B) U yo maktabga yo o’yin maydonchasiga ketdi. U o’yin maydonchasida emas, demak u maktabga ketgan bo’lsa kerak. C) Agar sham yoqsang, yorug’ bo’ladi, agar yorug’ bo’lsa senga kitob o’qib bera olaman. Sen sham yoqqan bo’lsang kerak, chunki men o’qiy olyapman. D) Avtomobilni ta’mirlash uchun u haqida ko’p ma’lumotga ega bo’lish kerak. Mashinamizni ta’mirlamasak, to’yga vaqtida yetib borolmaymiz. Biz to’yga kech qolishimiz aniq, chunki avtomobillar haqida ko’p ma’lumotga ega emasmiz. 63. Djuliya Londonda yashaydi. Uning uchta qizi bor; Epril Nyu Yorkda yashaydi (mahalliy vaqt Londondan 5 soat orqada). Mey Vankuverda yashaydi (mahalliy vaqt Londondan 8 soat orqada). Djun esa Tokiyoda yashaydi (mahalliy vaqt Londondan 9 soat oldinda). Ular barchasi bir-birlari bilan muntazam gaplashib turadilar. O’tgan hafta Epril Meydan “chorshanba kuni o’z vaqting bilan soat 23:30da menga qo’ng’iroq qil” mazmunidagi qisqa xabar oldi. Afsuski, bu xabar adashib yuborilgan, aslida esa Djunga yuborilishi kerak edi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling