Fikrlarning qaysi biri
Quyidagi javoblarning qaysi birida yuqoridagiga eng yaqin sabablash paralleli keltirilgan?
Download 1.37 Mb.
|
tanqidy b daraja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyidagi javoblarning qaysi birida matnda nazarda tutilgan, kosa ostidagi nimkosa fikr keltirilgan
Quyidagi javoblarning qaysi birida yuqoridagiga eng yaqin sabablash paralleli keltirilgan?
A) Agar derazalarda qulf bo’lmasa va o’g’rilardan signalizatsiya o’rnatilmagan bo’lsa, sug’urtaga berilgan ariza albatta rad javobini oladi. Sening arizang rad javobini olganiga qaraganda senda na deraza qulfi va na o’g’ri signalizatsiyasi bor. B) Agar tana o’zidan yorug’lik yoki issiqlik chiqarsa, bu tananing energiya darajasi pasayadi. Shunday ekan, agar tananing energiyasi bir maromda qolsa, undan na yorug’lik va na issiqlik chiqqan. C) 21 yoshdan oshgan va universitet diplomiga ega bo’lgan istalgan inson tanlovda qatnashishi mumkin. G’ulom 19 yoshda va talaba bo’lganligi uchun u tanlovga nomuvofiq. D) Yo ishqibozlar juda sodiq, yoki ular jamoalarining hafta ketidan hafta yutqazayotganidan xavotir olmaydilar. Hech qaysi ishqiboz sevimli jamoasining yutqazishini tomosha qilgisi kelmaydi, demak ular juda sodiq bo’lsalar kerak. 57. Mobil telefondan foydalanish va mast holatda avtomobil boshqarish bu mas’uliyatsiz haydovchi hulq-atvorining yagona misollari emas. Charchagan holda mashina boshqarish yiliga 300 ta o’limga sabab bo’lishi aytiladi. Hayratlanarlisi, erkak haydovchilarning yarmi va ayol haydovchilarning 22% rulda uxlab qolganliklarini tan oladilar. Agar biz yo’l transport hodisalarida charchoq sababli jarohatlanganlarning soni odatda o’lganlar sonidan yuqori bo’lishini inobatga olsak (va bunga barcha asoslarimiz bor), shu ravshan bo’ladiki, avtomobil boshqarishda charchoq eng katta xavf, va buning butunlay oldini olsa bo’ladi. Agar biz o’zimizning va boshqalarning hayotlarini va salomatliklarini saqlamoqchi bo’lsak, yetarlicha uyqu yoki dam olmaganligimizni bila turib rulga o’tirmasligimiz shart. Quyidagi javoblarning qaysi birida matnda nazarda tutilgan, kosa ostidagi nimkosa fikr keltirilgan? A) Charchagan holda haydashda ayol haydovchilar erkaklarga nisbatan ehtiyotkorroq. B) Haydovchilar xavfli charchaganliklarini farqlay oladilar. C) Mashina boshqarayotib uxlab qolish mobil telefondan foydalanishdan xavfliroqdir. D) Kasblari uzoq muddat mashina haydashdan iborat insonlar doimo charchab haydashdan tiyila oladilar. 58. Hozirda raxit kasalligiga uchragan bolalar soni keskin ko’paydi. Buning sababi biz o’zimiz uchun yaratib olgan havosiz, dim uylarning ichidagi dunyomiz. Raxit D vitamini yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladi, bu vitamin esa terimiz yuzasiga quyosh nuri tushganda ishlab chiqariladi. Avvallari ko’chalarda o’ynagan bolalar endilikda deyarli barcha vaqtini turli elektron media yordamida virtual olamlarida o’tkazishmoqda. Yoz oqshomlarini tashqarida uzoq sayrlar bilan o’tkazish o’rniga biz hozir ekranlarimizga quyosh nuri tushmasligi uchun pardalarni yopamiz. Texnologiyalarning jozibasining yana bir sababi yoshi kattalar tashqaridagi olamga farzandlarini yolg’iz qo’yib yuborishdan qo’rqishlaridadir, baribir ochiq havoda shug’ullanish mumkin bo’lgan joylar juda kam. Buni to’g’irlash vitamin xapdorilaridan anchagina katta mablag’ni talab etadi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling